Mavzu: Psixik rivojlanish va ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 18,83 Kb.
səhifə1/12
tarix29.04.2022
ölçüsü18,83 Kb.
#86187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlan-hozir.org


Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar

Mavzu: Psixik rivojlanish va ONTOGENEZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR

Reja;

1.Psixik rivojlanish muammosi.

1.Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar.

2.Go‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi.

3.Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish.

4.Ilk уoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti.

 

Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.

Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan eng keksa nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan so‘z bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.

E. Gekkel va F. Myuller biologiyada ontogenez filogenezni qisqacha takrorlaydi degan “biogenetik qonun” ni ta’riflab berishdi. Bunga muvofiq individning taraqqiyot tarixi avlodning taraqqiyot tarixini qisqacha va tez takrorlaydi. Biologiyada bu qonun tariflab berilishi bilanoq uni amerikali psixolog Stenli Xoll, Bolduin bolalar psixologiyasiga ko‘chirishdi. Bu qonunga muvofiq yangi tug‘ilgan bolaning hamma harakati ongsiz reflekslar asosida bo‘lib, bu davrda unda kishilarga xos bo‘lgan xususiyatlar bo‘lmas emish. Bola 6 oydan 1 yoshgacha maymunlar davrini (er kovlash) kechirib, ularga o‘xshab narsalarga ergashar emishlar va 4 oyoqlab yuradilar deb uqtiradilar. 1-2 yoshgacha 2 oyoqlab tikka yuradilar va unda bola ibtidoiy insonlar hayotini kechiradilar, 3-7 yoshgacha afsonalar davrini, maktab yoshiga etganda qadimgi asr davrini, o‘smirlar esa xristianlik davrini, o‘spirinlar “irqlar o‘tmishining kashfiyotchilari” bo‘lishda davom etadi, ya’ni 15 yoshgacha o‘rta asrlar davrini, 15 yoshdan keyin hozirgi zamon madaniyatiga o‘tishi boshlanadi deb qaraydilar.

Bolani psixik taraqqiyoti qanday shakllanishidan qat’iy nazar, u mo‘ayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Lekin muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar (keng ma’noda olganda) ikkilamchidir. CHunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatiga va tarbiyaga bog‘liqdir.

Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga:



  • Notekistlik qonuni.

  • Psixika integratsiyasi qonuni.

  • Plastiklik va kompensatsiya qonuni kiradi.
    1. Psixik rivojlanishning notekistligi shundan iboratki, har qanday sharoitda, xatto ta’lim tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari rivojlanishining bitta darajasida to‘xtab turmaydi. Bolalarga bir xil tarbiya berilsa ham bolalar uni turlicha qabul qiladilar. CHunki ularning o‘ziga xos individual xususiyatlar mavjud, nerv tizimining xususiyatlari, tiplari turlicha, yashasha sharoiti tarbiyaviy ta’sirlar turlicha bo‘lgani uchun ham psixik taraqqiyot yo tezlashib, yo sekinlashib ba’zan to‘xtab tutilib qolishi mumkin. SHu sababli psixik taraqqiyotni notekis rivojlanishi mumkin deb e’tirof etiladi.

. Integratsiya qonuni – inson psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot davomida bora -bora kishining asosiy xususiyatiga, yoki xarakter xislatiga aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik xolatlarning asta-sekin o‘sib, shaxs xislarlariga aylanishdan iborat bo‘lgan qonundir.



. Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. YOsh bola ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga o‘zlashtiradi, tahlid qiladi. Natijada u ham aqliy tomondan shakllanadi. Ta’lim–tarbiya sharoitida bolani, maktab o‘quvchisining psixikasini maqsadga muvofiq o‘zlashtirishning boy imkoniyati asab tizimining ana shu plastikligiga asoslanadi.

Yüklə 18,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə