Mavzu: Psixik rivojlanish va ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 18,83 Kb.
səhifə3/12
tarix29.04.2022
ölçüsü18,83 Kb.
#86187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlan-hozir.org

Zigota bosqichi (1-2 haftalik)

Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi.

Embrion bosqichi (3-8 hafta)


  • Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakqizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Tashqi qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O’rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi.

Yüklə 18,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə