1-Mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari va hozirgi davrdagi
ahamiyati.
Reja:
1. Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyati.
2. Fuqaro muhofazasida oldindan ogohlantirish: tahlil va
xarakatlar tizimi
3. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari.
Tayanch sо‘z va iboralar:
fuqaro muhofazasi, hudud, xavf, qutqaruv, qaror,
farmon, munosabat, kuch va vositalar, vaziyat, terrorizm.
Hozirgi davrda Sayyoramizda ro„y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik,
ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish,
talofatlar ko„lamini toraytirish, insonlar hayoti va
ular tomonidan yaratilgan
moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni
ta‟minlash o„ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
O„zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda ishtirok etadigan barcha
xizmatlarning o„zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi qator
qonunlar qabul qilingan. Jumladan, “Aholini va hudutlarni tabiiy va texnogen
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‟g‟risidagi”, “Fuqaro
muhofazasi to‟g‟risidagi”, “Radiatsiyaviy havfsizlik to‟g‟risidagi”, “Terrorizimga
qarhsi kurash to‟g‟risidagi” va boshqa O‟zbekiston Respuplikasi qonunlari va shu
sohaga taaluqli bo‟lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda.
Oliy malakali kasbiy ta‟limga ega kadrlar, iqtisodiyotning qaysi sohasida
faoliyat yurgizmasin, yuqorida keltirilgan muammolar yechimi bilan bog„liq qator
vazifalarni hal etishda
faol qatnashishga majbur, boshqacha aytganda, barchamiz
favqulodda vaziyatlar ro„y berishi mumkin bo„lgan zamin va makonda yashaymiz.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, XXI asrning boshlaridanoq xavfsiz hayotni
ta‟minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab
chiqarish jarayonining misli kо„rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar
bilan ta‟minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim nohush vaziyatlarning
murakkablashuvi
aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror
rivojlanishga tahdid solib turibdi. BMTning “Xalqaro fuqaro muhofazasi
tashkiloti” xujjatlarida “dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan
yonma-yon, xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois “barqaror rivojlanish kafolati bu
fuqarolar muhofazasi”dir deb bejiz yozib qo‟yilmagan. Shuning uchun fuqarolarni
fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e‟tibor berish muhim ahamiyat kasb
etadi. Lekin yildan-yilga soni ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ularni
bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar
bunday hatti-harakatning
samaradorligi pastligini ko‟satmoqda va alohida yo‟l tutish kerakligini taqozo
etmoqda; ya‟ni sodir bo‟lishi mumkin bo‟gan favqulodda vaziyatlarni oldindan
bashorat qilish, aholini xavf haqida mumkin qadar erta ogoh etish, uni oldini olish
va undan himoyalanish tadbirlariga ko‟proq e‟tiborni qaratish zaruriyati vujudga
kelmoqda.
Butun jahon “Qizil Xoj” hamjamiyati tashkilotining ma‟lumotlariga ko`ra
oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar
jabrlangan va ko`rilgan moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd. dollarni tashkil
etgan. Shu sababdan ham О„zbekistonda о„z mustaqilligiga erishgan dastlabki
yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta‟minlash
masalalari о„rin oldi.
Bunday dolzarb muammolar xususida Respublikamiz Prezidenti Islom
Karimov tomonidan ta‟kidlanganidek: «Ekologik
xavfsizlik muammosi
allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy
muammosiga aylangan»
. Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi
tо„g„risida Prezidentimiz «О„zbekiston XXI asrga intilmoda» asarida ham batafsil
tо„xtab о„tganlar.
Darhaqiqat, o’tgan XX asrning sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo
mintaqasidagi davlatlar, shu jumladan, halqimizning boshidan o’tkazilgan totalitar,
mamuriy-buyruqbozlik tizimi atrof-muhitga bepisand munosabatda bo’lish, tabiiy
resurslardan vahshiyona foydalanish bilan tavsiflanardi. Ushbu davr orqali o’simlik
va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy tasiri, biologik xilma-xillikning
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur
zaharli chiqindilarning tashqariga
chiqarilishi, yerlarning cho`llanishi, yеr va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol
dengizining halokati kabi mintaqaviy hamda global
miqyosda echilishi lozim
bo`lgan ekologik muammolar meros bo`lib qoldi. Shu kabi muammolar tufayli
inson manfaatlari muhofazasi ayniqsa, O`zbekistonda davlat siyosatining birlamchi
darajasiga ko`tarildi. Shu munosabat bilan hozir O`zbekistonda ekologik
harakatning tuzilishi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi. Yuqorida qayd
etilgan muammolarni hal qilishda O`zbekiston ekologik harakati tomonidan
"Sog‟lom muhit - inson salomatligi" g‟oyasini amaliy bajarilishini ta`minlash
maqsadida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni amalga oshirish jarayonida
mavjud muammolarga yo`naltirilgan yondashuv na faqat O`zbekiston balki
mintaqani barqaror rivojlanishida eng muhim omil bo`lib, atrof-muhit xavfsizligi
va inson salomatligi haqidagi g‟oyalarni qo`llab quvvatlash istagida bo`lgan
mamlakatimizning etuk, barkamol avlodlarini birlashtirishga yo`naltirilgan
global
ahamiyatga ega harakat ekanligi e`tiborga molik.
Ekoharakat - O`zbekiston fuqorolarining hozirgi va kelgusi avlodi qulay
atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy
resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda ularga so`zsiz
rioya etilishini ta`minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanadа
chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishdagi
etiborga molik siyosiy kuchdir.
Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi
vaqtlarida butun aholi qatlami faqat ommaviy qirg„in
qurollari va hujumkor
1
I.Karimov, «O„zbekiston XXI asr bo‟sag„asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», T. O‟zbekiston, 1997 y.
vositalaridan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bо„lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar
muhofazasi - yangi ijtimoiy, iqtisodiy zarurat asosida tashkil topgan, ya‟ni
mustaqil О„zbekistonni va fuqarolarini turli kо„rinishdagi falokat va halokatlardan
saqlash ruhida tarbiyalashga yо„naltirilgan.
Shu nuqtayi nazardan xalqimizni dushman tomonidan bо„ladigan ham ichki,
ham tashqi ta‟sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri
hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning о„lkamiz tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer
surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bо„lishiga moyil о„lka
bо„lganligidan
hamda texnogen avariyalar, halokatlar va ekologik muvozanatni
buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini,
moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar kо„rgan hududlarda
qutqarish va kechiktirib bо„lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim
dolzarb muammolardan hisoblanadi.