9 Ma’ruza.
Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi.
Maruza rejasi.
9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi.
9.2. Neftni turg`unlashtirish
.
9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash.
9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi.
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning
umumiy texnologik
tarxi
9.1-rasm.
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy
texnologik sxemsi.
1
–neft quduqlari; 2–neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3–
siquvchi nasos stansiyasi; 4–gazni qayta ishlash zavodi; 5– neftni kompleks
tayyorlash qurilmalari; 6– suvni tozalovchi qurilmalar; 7– neftni saqlovchi
rezervuarlar; 8– tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9–neft sifatini tekshiruvchi
jihozlar; 10–tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11–tayyor neftni magistral neft
quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13–suvni haydovchi nasos; 14– suvni neft
quduqlariga haydash.
Quduq (1) dan olingan neft quvurlar orqali o`z bosimida neft hajmini o`lchovli
jihoz (2) larga keladi. Bu yerda ma‘lum miqdoriga yengil uglevodorodlar ajratib
olinadi. Keyin neft siquvchi nasos stantsiyasi (3) ga uzatiladi. U yerda ajratgichlar
o`rnatilgan bo`lib, birinchi bosqich ajratib olish amalga oshiriladi. U yerda ajralgan
gaz gazni qayta ishlash zavodi (4) ga beriladi. Qisman gazdan tozalangan neft neftni
kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga yuboriladi.
Bu yerda neftni ikkinchi va
uchinchi bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Undan tashqari neftni
suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Undan tashqari neftni
suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Ajratib olingan gazlar
gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Ajratib olingan suvlar esa suvni
2
tozalash qurilmasi (6) ga uzatiladi. Tozalangan neft yopiq idish (7)
larga oqiziladi
va u yerdan nasos (8) yordamida neftning sifatini tekshiruvchi jihozlar (9) ga
uzatiladi.
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarli bo`lsa, mahsulot saqlovchi idish
(10) ga haydaladi. U yerdan nasos (11) yordamida magistral neft quvurlari (12)
orqali neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo`lsa, neft sifatini tekshiruvchi
jihoz (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga qaytariladi. Ajratib olingan
suv (6) tozalash nasos (13) yordamida neft quduqlariga haydaladi.