Gipoteza Gipoteza



Yüklə 10,94 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü10,94 Kb.
#158036
Гепотиза

Gipoteza

Gipoteza (qadimgi yunonchaὑπόθεσις - hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin boʻlmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda gipotezaga ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa gipotezani tugʻdiradi. Gipoteza bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.

  • Gipoteza - ilmiy jixatdan asoslangan, taxmin, faraz bo’lib tekshirilayotgan obyekt haqidagi fakt va ma’lumotlarga zid bulmagan, lekin haqiqatligi isbotlanmagan ilmiy bilish shaqlidir. Ilmiy bilish tarixida ko’plab gipotezalar bo’lib, ular bir-birini to’ldiruvchi, bir-biriga zid, qarama-qarshi inkor etuvchi bo’lishi mumkin. Gipotezaning paydo bo’lishi ma’lum shart sharoitni talab qiladiki, xudi shunday uning yechilishida ham ma’lum shart-sharoit bo’lishi zarur. Vaqt jixatdan, anna shu ikki sharoit gipotezaning tugilish va yechilishi urtasida suratlarda ilmiy izlanish olib boriladi. 
  • Gipoteza izlanuvchilarni yo’llantiruvchi ilmiy kurol hamdir. Ilmiy bilishda paydo bo’lgan gipotezalar keyingi tadqiqotlarda tekshirilib, ularning haqiqatligi yo tasdiqlanadi yoki xatoligi isbotlanib rad qilinadi. Gipotezani rad etish uchun uning xatoligini isbotlovchi birgina ilmiy faktning bo’lishi kifoyadir
  • Barcha gipotezalarning taxminiy farazlarga moslanganligi uni kelgusida isbotlash-asoslash uchun yangi faktlarni kqdirib topishni, buning uchun eksperimentlar utkazishni va shu soha bo’yicha barcha bilimlarni tahlil etishga yo’naltiradi. Ular albatta amaliyotda sinaladi, tadqiqot etiladi. Bir jarayonni o’rganishda bir necha gipotezaga aytilishi mumkin.
  • Ularni tanlaganda xatto soddalik, tejamlilik kabi momentlar ham ma’lum ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular haqiqatga yaqinroq nazariy sistemani aniqlashda yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Fanda «Kayama qonuni» nomi bilan yuritiladigan qoida borki, u xaqiqat – soda bo’ladi deb qabul qilgan. Masalan: Nyuton qonunida jami bo’lib to’rt faktor bo’lsa, ya’ni jism massasi, tezlik, vaqt va kuch ancha soddalashgan (xaqiqiylashgan), Eynshteyn qonunida esa uch: massa, nur tezligi va energiya tashkil etadi. Hozirda bunda aniq soddaroq va ahamiyatli qonun fanda yo’q.
  • Shuning uchun ham, tafakkur obyektiv reallikni, uning aloqalarining butun rang-barangligida aks ettirish vazifalarini hal qilishga tomon eng okilona, sodda, ravshan yo’l bilan bormog’i lozim. Boshqa munosabatlarda teng qimmatli gipotezalardan o’z maqsadida soddaroq, ravshanroq, tejamliroq tarzda boradigan gipoteza afzal ko’riladi. Albatta bunday tanlash ba’zi tanshlash vositalari sifatida yuzaga keladi. Amaliyot esa, ularni tanlashda asosiy vositalardan hisoblanadi. 
  • Gipotezani asoslash va isbotlash uni nazariyaga olib keladi va agar, ular tasdiqlansa fanda nazariya paydo bo’ladi. Gipotezaning izlanishdagi o’rni, uning tafakkurdagi oldindan ko’rilgan, aytilgan farazni amaliyot bilan bog’lanish hisoblanadi. U ungacha bo’lgan bilimni umumiylashtirib izlovchini faoliyatini aktivlashtiradi, ilmiy izlanish jarayonini yangi darajaga ko’taradi, uning fantaziyasini, uylovini, intuisiyasini kuchaytiradi. Gipotezaning izlanishligi sababli paydo bo’ladigan bilimlar imotetik bilimlar deb ataladi va u ehtimollik harakterga egadir. Ilmiy ijod, ilmiy izlanish har bir sohadagi gipotetik bilimlarni tekshiradi, rivojlantiradi, xaqiqiyligini isbotlab beradi. 
  • Gipotezalar bir-biriga qarama-qarshi bo’lsada, gipotetik bilim sistemasiga kelganda bular haqiqatdan to’g’riligi yoki qaysi birining noto’g’riligi ayrim paytda ikkalasining ham to’g’riligi isbotlanishi mumkin. Ko’p vaqtlar bir-biriga qarama-qarshi turgan, optikada yorug’likning tabiati korpuskulyarmi yoki to’lqinlimi degan gipotezalar, oxir oqibat  eksperimental faktlar bilan isbotlanib, yoruglikning kvantli nazariyasini yaratilishi bilan uning korpuskulyar tulkinli ekanlgi isbotlandi va ikki gipoteza ham hayotda tadbiqini topdi, N.Bor ta’biri bilan aytganda, agar fanda ilmiy izlanish jarayonida aqlga sig’gmaydigan yangi g’oyalar, gipotezalar bo’lmasa, 
  • demak bu fanda o’sish, rivojlanish bulmayotganligidan darak beradi. Aksincha esa, uning jadal ravishda rivojlanayotganligini ko’rsatuvchi hisoblanadi. Fan va ijoddagi salmokli gipotezalarning bo’lishi, kelgusida paydo bo’ladigan qonun, kashfiyotlarga va yangi nazariyalarning vujudga kelishiga zamin tayyorlanadi. 
  • Gipotezalar bir-biriga qarama-qarshi bo’lsada, gipotetik bilim sistemasiga kelganda bular haqiqatdan to’g’riligi yoki qaysi birining noto’g’riligi ayrim paytda ikkalasining ham to’g’riligi isbotlanishi mumkin. Ko’p vaqtlar bir-biriga qarama-qarshi turgan, optikada yorug’likning tabiati korpuskulyarmi yoki to’lqinlimi degan gipotezalar, oxir oqibat  eksperimental faktlar bilan isbotlanib, yoruglikning kvantli nazariyasini yaratilishi bilan uning korpuskulyar tulkinli ekanlgi isbotlandi va ikki gipoteza ham hayotda tadbiqini topdi, N.Bor ta’biri bilan aytganda, agar fanda ilmiy izlanish jarayonida aqlga sig’gmaydigan yangi g’oyalar, gipotezalar bo’lmasa, 
  • demak bu fanda o’sish, rivojlanish bulmayotganligidan darak beradi. Aksincha esa, uning jadal ravishda rivojlanayotganligini ko’rsatuvchi hisoblanadi.
  • Fan va ijoddagi salmokli gipotezalarning bo’lishi, kelgusida paydo bo’ladigan qonun, kashfiyotlarga va yangi nazariyalarning vujudga kelishiga zamin tayyorlanadi. 
  • Har qanday holatda ham tasdiqini topgan gipoteza ichki mantiqiy qarama- qarshiligisiz mantiqiy sistemali tuzilgan bo’lishi kerak. Aks holda, bunday gipoteza nazardan chiqarib tashlanadi. 
  • Ilmiy faktlarga asoslangan bilimlarga tayangan ilmiy fikr yoki gipotezalarni berishda, biz fikrlash sxemasi bo’yicha harakat qilsak, bu mantiqda abduksiya (lotincha - eltib quymoq) deb ataladi
  • Abduksiya ilmiy bilimni faktlarni kuzatishdan tavsiflash va tushuntirish yo’li bilan gipoteza, yangi bilimning ochilishiga eltib qo’yadi. Bundan farkli deduksiya (lotincha - keltirib chiqarish) umumiy  tuzilishdan, xususiylikga, gipotezadan faktlarga olib boradi. K.Popper va K.Tempel deduksiyaning eksperimental faktlar bilan asoslangan ilmiy fikrlarga olib kelishini ta’kidlashadi. Bu esa gipotetik bilimni tasdiqlaydi, yoki chetlashtiradi. 
  •  
  • Eksperimental faktlar gipotezalarni keltirib chiqarsada, ulardan chiqqan fikrlar emperik bilim bilan taqqoslanishi gipotetik deduktiv metodni tashkil etadi.

Yüklə 10,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə