H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə1/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)


H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



1

H. T. AVEZOV, SH.SH.XUDOYBERDIYEV



BUХОRО 2011 

KОLLОID KIMYO FАNIDАN

O’QUV QO’LLANMA 



2
SO’Z BOSHI 

Kolloid kimyo zamonaviy texnikaning qurilish va konstruksion materiallari ( 

beton, qotishma, keramika, rezina, plastika, surkov moy va boshqalar) ishlab


chuqarishda katta o’rin tutadi. 
Hozirgi zamon kolloid kimyoning asosiy muammosi bir tomondan dispers
fazaning qanday paydo bo’lganligi, ularning barqarorligi va boshqa xossalari 
bo’lsa, ikkinchi tomondan o’z tabiati bilan bir-biridan farq qiluvchi fazalararo sirt
chegaralarda sodir bo’ladigan mexanik va elektr xossalarga ega bo’lgan sirtlarda 
geterogen strukturalarning rivojlanish masalasidan iborat. Dispers sistemalar va sir
hodisalar haqidsagi ta’limot texnikada, sanoat, qishloq xo’jaligi, tabiatni 
qo’riqlash, suvlarni tozalash va boshqa sohalarda: geologiya, tuproqshunoslik,
shuningdek, biologiya, tibbiyot, farmoseftikada alohida ahamiyat kasb etadi. 
Xilma-xil chegara sirtga ega bo’lgan murakkab kolloid sistemalar tirik
organizmlarda sodir bo’ladigan jarayonlar uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. 
Kolloid kimyo kursi – dispers sistemalar va sirt qavatda sodir bo’ladigan
hodisalarning fizik kimyosiga oid kurs bo’lib, moddalarning dispers holatlari va 
sirt qavatlarning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ta’limot bilan tanishtiradi.



3


I – Ma’ruza
KIRISH

Reja:
1. Kolloid kimyo fani haqida ma’lumot. 


2. Kolloid kimyo fanining ahamiyati.
3. Kolloid sistemalarning sinflanishi. 
Keyingi yillarda kolloid kimyo fanining xalq xo’jaligi va texnikada
ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kolloid kimyo zamonaviy texnikaning qurilish 
va konstruksion materiallarni chiqarishda ham katta o’rin tutadi. Shuningdek,
colloid kimyo beton, qotishma, keramika, shisha, rezina, surkov moy ishlab 
chiqarishda katta o’rin tutadi.
Hozirgi vaqtda bu kurs sistemalarda va sirt qavatda sodir bo’ladigan 
hodisalarning kimuosiga oid bo’lib, moddalarning holatlari va sirt qavatlarning
o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ta’limot bilan tanishtiradi; sistemalar haqidagi 
tushuncha, kimyoviy fanlarning ulkan va mustaqil sohasi ekanligi namoyon
bo’ladi. 
Kolloid kimyoning asosiy muammosi bir tomondan fazalarning qanday
paydo bo’lishi, ularning barqarorligi va boshqa xossalari bo’lsa, ikkinchi tomondan 
o’z tabiati bilan bir-biridan farq qiluvchi fazalararo sirt chegaralarida sodir
bo’ladigan mexanik va elektr xossalariga ega bo’lgan sirtlarda geterogen 
strukturalarning rivojlanish masalalaridan iborat. Xilma-xil chegara sirtuga ega
bo’lgan murakkab sistemalar moddalarning dispers holatlari va sirt qavatlarning 
o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ta’limot bilan tanishtiradi.
Dastlab kolloid kimyoga asos solgan kishi ingliz olimi Tomas Grem 
hisoblanadi. Lekin Gremdan avval bu sohada Berselius, Selmi, Faradey,
N.V.Lomonosov, P.P.Veynmarn va boshqalar ham ish olib borganlar. XX asrning 
boshlarida Smoluxovskiy va Eynshteyn kolloid sistemalardagi broun harakati va
diffuziya nazariyasini yaratib, kolloid kimyoni nazariy jihatdan boyitdilar. Perren, 
Svedberg, Il’in kabi olimlar shu nazariyaning to’g’riligini tajribada tasdiqladilar.




4
D.I.Mendeleyev colloid kimyoni tabiat haqidagi bilimlarni istiqbolga ega bo’lgan 


yangi tarmog’I deb qaradi.Kolloid kimyoning taraqqiyotida mashhur olim


A.V.Dumanskiyning xizmati katta; bu olim kolloid eritmalarning qovushqoqligini, 
elektr o’tkazuvchanligini, optik hodisalarni o’rgandi. Kolloid sistemalarni
o’rganishda 
olimlardan
V.N.Kargin, 
B.V.Deryagin,
I.F.Ermolenko, 
F.D.Ovcharenko, K.S.Axmedov va boshqalar katta ishlar olib borganlar.
Kolloid sistemalar turmush va sanoatda g’oyat katta ahamiyatga ega. 
O’simlik va hayvonlar organizmining asosiy tarkibiy qismlari (oqsil, qon va
boshqalar) kolloid holatda bo’ladi. Sintetik kauchuk, sun’iy ipak, plastmassa va 
hokazolar ishlab chiqarish texnologiyasi ham kolloid kimyo yutuqlariga
asoslanadi.
Sun’iy ipak va sintetik materiallar (kapron, lavsan va boshqalar) ishlab
chiqarishda bo’ktirish, koagulyatsiya, adsorbsiya va boshqa kolloid-kimyoviy 
jarayonlar katta ahamiyatga ega. O’simliklardan olingan tolalarni, hayvonlardan
olingan junni, sintetik tolalarni bo’yash uchun kerakli bo’yoqlar ham colloid 
sistemalar holiday bo’ladi. Charm tayyorlash sanoatida terini bo’ktirish, qo’llash,
oshlash, ko’pdan yuvish va hokazo jarayonlar kolloid kimyo usullarga asoslangan. 
Metallurgiyada, kulolchilik ishlarida (sement, plastmassa, sun’iy tolalar, rangli
shisha, qog’oz, sovun, surkov moylar, lak ishlab chiqarishda hamda texnikaning 
boshqa sohalarida, medisina va qishloq xo’jaligida kolloid-kimyoviy
jarayonlarning ahamiyati nihoyatda katta. 
Kolloid kimyo maxsus geterogen va yuqori disperslikka ega bo’lgan
sistemalarni ko’rib chiqadi va bu sistemalar kolloid sistemalar deb aytiladi. Ular 
tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, nihoyatda katta ahamiyatga ega. Kolloid
kimyo mustaqil fan bo’lib, bir qator xususiyatlari jihatidan bir-biriga o’xshash 
turli-tuman sistemalarni tekshiradi. Kolloid kimyoni dispers sistemalar va sirt
hodisalarning fizikaviy kimyosi deb qarash mumkin. Qisqasi, kolloid kimyo sirt 
hodisa, dispers sistema va ularning fizikaviy, kimyoviy hamda mexanik xossalari
haqidagi fandir. Kolloid kimyoda tekshiriladigan ob’ektlar ikki belgi bilan 
xarakterlanadi: ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir.




5
Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan 


hosil bo’lgan sistema dispers sistema deyiladi. Dispers so’zi lotincha dispergire, 


ya’ni tarqalmoq, bo’lak-bo’lak, olib ketmoq so’zidan kelib chiqqan. Tarqalgan 
modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion muhit deb nomlanadi.
Har qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarida bo’lishi 
mumkin. Shu sababli dispers sistemalarning xillari nihoyatda ko’p. Kapilyar-
g’ovak moddalar ham dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Dispers sistemalar 
tabiatda juda ko’p tarqalgan, ular texnikada turli-tuman jarayonlarda keng
qo’llaniladi. Atrof-muhitimizda mavjud materiallar-tuproq, yog’och, tabiiy suv, 
turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari, rezina bo’yoq va hokazolarning hammasi
dispers sistemalarga misol bo’la oladi. 
Dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari katta sirtga ega bo’lganligi
sababli ularning sirtidagi atom va molekulalar alohida holatda bo’ladi. Ko’pincha 
kolloid eritmaning sirt qavati uning ichki qavatidan hatto tarkib jihatidan farq
qiladi. Binobarin, har qanday dispers sistemada haqiqatda uchta faza: dispers faza, 
dispersion muhit va sirt faza mavjuddir. Shunga ko’ra colloid kimyoda uch muhim
muammo bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi, bular: 1) sirtda sodir bo’ladigan 
hodisalarni va sirt qavatlarni o’rganish; 2) dispers sistemalarning sirt fazaga
bog’liq xossalarini o’rganish va 3) dispers sistemalarning mavjudlik sharoitlarini 
o’rganishdan iborat.
Dispers sistemalarning barqarorligi dispers faza va dispersion muhit 
zarrachalarning katta-kichiklik /disperslik/ darajasiga bog’liq bo’ladi. Barcha
dispers sistemalarni zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uch sinfga bo’linadi: 
1) dag’al dispers sistemalar (suspenziya, emul’siya va ko’piklar); bu sistemalarda
dispers faza zarrachalarining o’lchami 100nm dan ortiq bo’ladi; 2) kolloid 
sistemalar; bularda dispers faza zarrachalarning o’lchami 1nm dan 100nm gacha
bo’ladi va 3) chin eritmalar; dispers faza zarrachalarining o’lchami 1nm dan kichik 
bo’ladi.
Kolloid sistemalarning geterogenligi bu sistemadagi zarrachalar orasida 
chegara sirti, sirt qavati borligidir; colloid zarrachalari odatdagi mikroskopda




6
ko’rib bo’lmaydi, chunki modda colloid sistemalarda juda kichik zarrachalarga 


qadar maydalangan holda bo’ladi. Ularni maxsus optik asboblar bilangina ko’rish


mumkin. Kolloid zarrachalar fil’tr qog’oz teshiklaridan o’tib ketadi, lekin o’simlik 
yoki hayvon organizmdagi membranalardan o’tmaydi. Kolloid sistemaning dispers
fazalari dispersion muhitdan ma’lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil 
etadi.
Shuning

uchun
kolloid

sistemalar
mikrogeterogen 
hatto
ul’tramikrogeterogen sistemalar deb qaraladi. 

Ko’pchilik olimlar kolloid eritmalarni o’rganish natijasda kolloid eritmalar


odatdagi haqiqiy eritmalarga o’xshaydi, lekin ulardan faqat o’z zarrachalari 
o’lchamining katta bo’lishi bilangina farq qiladi, degan xulosa chiqardilar. Shuning
uchun katta molekulyar massaga ega bo’lgan yuqori molekulyar polimer 
moddalarning haqiqiy eritmalarini ham colloid sistemalar bilan birga o’rganish
ma’qul deb topilgan. 
Shunday qilib, kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo’lgan
geterogen sistemalarni, bu sistemalardagi sirt hodisalarni va yuqori molekulyar 
sistemalarni o’rganishdan iborat. Dag’al dispers sistemalar ham kolloid kimyoda
o’rganiladigan ob’yektlar jumlasiga kiradi. 
Kolloid kimyoda boshqa fanlarga o’xshash o’zining sinflanishi bor.
Sistemalarni sinflarga bo’lishda ularning bir necha belgilari asos qilib olinadi. V. 
Ostval’d dispers sistemalarni agregat holatiga qarab sinflarga bo’lishini taklif qildi.
Dispers faza va dispersion muhitning agregat holatiga qarab dispers sistemalar 9 
xil tipda bo’lishi mumkin. Agar G – gazsimon faza, S – suyuq faza, Q – qattiq faza
deb hisoblansa, colloid sistemalarning quyidagi sinflari kelib chiqadi: 
I. Gazsimon dispers muhitga ega bo’lgan sistema:
a) Q/G – gazsimon muhitda qattiq modda tarqalgan – aerozollar, tamaki 
tutuni va boshqalar.
b) S/G – gazsimon muhitda suyuq modda tarqalgan – bulutlar, tuman, 
kristall holatdagi gaz
s) G/G – gazsimon muhitda gaz tarqalgan. Bunday sistemalar faqat gomogen 
bo’ladi, chunki fazalar orasida sirt chegarasi bo’lmaydi.




7
II. Suyuq dispers muhitga ega bo’lgan sistema: 


a) Q/S – suyuq muhitda qattiq modda tarqalgan – oltin, kumush, platina va


boshqa og’ir metallarning kolloid eritmalari. 
b) S/S – suyuq muhitda suyuq modda tarqalgan – sut, yog’ning suvdagi
emul’siyasi. 
s) G/S – suyuq muhitda gazsimon modda tarqalgan – gazlarning
suyuqlikdagi emul’siyasi, ya’ni ko’piklar. 
III. Qattiq dispers fazaga ega bo’lgan sistema:
a) Q/Q – qattiq muhitda qattiq modda tarqalgan – cho’yan va po’lat, 
ko’pchilik qotishmalar.
b) S/Q – qattiq muhitda suyuq modda tarqalgan – ba’zi sun’iy aralashmalar, 
parafin ustidagi suv.
s) G/Q – qattiq muhitda gazsimon modda tarqalgan – tabiiy hosilalar – torf. 
Shuni aytish kerakki, S/G tipdagi sistemalar umumiy nom “aerozol” deb
aytiladi; G/S, S/S, Q/S sistemalar esa – liozollar deb aytiladi (yunoncha “lios” 
suyuqlik); Q/S sistemani kolloid kimyoda “suspenziya” deb aytiladi. Dispers faza
dispers muhitda yaxshi erisa bunday sistema “liofil” sistema deyiladi, aksincha 
dispers faza dispers muhitda yomon erisa “liofob” sistema deyiladi. Agar
dispersion muhit suv bo’lsa, bu terminlar “gidrofil” yoki “gidrofob” deyiladi. 
Liofil kolloidlar – suvdagi jelatinaning eritmasi, benzindagi kauchukning eritmasi
(ular suyuq muhitda bo’kadilar). Liofob kolloidlar – metallarning liozollari, 
kumush iodid va mishyak sul’fidi gidrozollari.
Kolloid sistemalar orasida shunday sistemalar borki, ular ayrim sharoitda 
chin eritmalar xossalarini namoyon qiladi, ayrim sharoitda esa zollarga aylanadi va
bu holatlar bir-biriga o’tishi mumkin. Buning uchun dispers fazaning 
konsentratsiyasini, sistema temperaturasini yoki pH – ni o’zgartirish kerak, yoki
sistemaga elektrolit qo’shish kerak. Shu o’zgarishlar natijasida sistema gomogen 
sistemaga aylanadi yoki geterogen sistema hosil bo’ladi. Sistemaning bir holatdan
boshqa holatga o’tishi to’laligicha bo’lmaydi. Bu sistemada doimo ma’lum 



8
miqdorda chin eritmaning zarrachalari bo’ladi. Misol qilib shunday sistemaga 


sovunning suvdagi eritmasi, ba’zi bo’yoqlarning eritmalarini ko’rsatish mumkin.




Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə