I-bob. Irsiyat qonunlari va belgilarning irsiylanishi



Yüklə 105,21 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü105,21 Kb.
#164554
  1   2   3   4   5   6   7
irsiyat


MAVZU: SITOPLAZMATIK IRSIYLANISH VA UNING ASOSLARI
REJA:
KIRISH
I-BOB. IRSIYAT QONUNLARI VA BELGILARNING IRSIYLANISHI

    1. Irsiyat qonunlari va ularning ahamiyati

    2. Jins genetikasi va jinsga birikkan holda belgilarning irsiylanishi

II-BOB. SITOPLAZMATIK IRSIYATNING MODDIY ASOSLARI
2.1. Yadro va sitoplazmaning irsiyatdagi rolini qiyosiy taqqoslash
2.2. Sitoplazmatik va yadroviy (xromosomaviy) irsiyatning qiyosiy xarakteristikasi
2.3. Sitoplazmatik irsiyatning moddiy asoslari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Nima sababdan har bir tirik mavjudot urchish jarayonida o‘ziga o‘xshash formalarni hosil etadi degan masala qadimdan kishilarni qiziqtirgan bo‘lsada, ming yillar davomida u jumboq bo4ib qoldi. Faqat keyingi asrda bu masalaga tabiyotshunos olimlar birmuncha oydinlik kiritdilar, natijada biologiyaning yangi shoxobchasi bo‘lm ish genetika fan sifatida shakllandi. Bu esa barcha tirik organizmlarga xos irsiyat va o ‘zgaruvchanlik haqidagi bilimlarni kengayishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmida o‘z tadqiqotlariga fizika, kimyo, matematika fan metodlarini joriy etish tufayli genetika biologiyaning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan sertarmoq sohasiga aylanadi. U o ‘simlik va hayvonlarni belgi xossalarinigina emas, balki odamlardagi belgi xossalarning ham irsiylanishini o‘igandi. Odamlarda 5000 ga yaqin kasallik ota-onadan kelgusi nasllai^a berilishi qonuniyatlari kashf etildi.
Irsiyat - tirik organizmning o ‘z belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazish, ya’ni nasldan naslga berish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlar avlodlarining turg‘unligi ta’min etiladi. Irsiyat organizmlarning o‘zaro va avlodlararo o‘xshashligining asosiy sababchi omilidir. Shu bilan birga irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarrring avlodlar osha saqlanib qolishini ta’min etadi.
Shunday qilib, organizmlarni o‘zaro o ‘xshashlik va qarindoshlik darajasiga qarab tur, turkum (urug‘), oila kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlashning asosida irsiyat yotadi. Chunki irsiyat tufayli bu sistematik guruhlardagi organizmlarning turg‘unligi, o'xshashligi bilan birga ularning o'zaro farqi ham saqlanib qoladi. Organizm belgilarining avlodlar osha turg‘unligini ta’min etish irsiyatning bir yo‘nalishdagi faoliyati hisoblanadi. Uning ikkinchi yo'nalishdagi faoliyati esa organizmlar ontogenezining m a’lum turg‘un tartibda kechishini, ulardagi bosqich va fazalarning ma’lum tartibda ketma-ket namoyon bo‘lishini, ulardagi moddalar almashinuvining xarakterini belgilashdan iborat. Irsiyatning turg‘unligidan tashqari, uning yana bir xususiyati, ya’ni o'zgaruvchanligining ham mavjudligidir.
Binobarin, organizmlar aksariyatining turg‘unligi mutlaq emas. Ular o ‘zaro turg‘unlik darajasi bilangina farq qiladilar. Masalan, ginkgo (Ginkgo biloba) deb atalgan va hozirgi vaqtda yashab turgan ochiq urug‘li o'simliklar bo‘limi, qubbalilar sinfining bu turi paleozoy erasinmg oxiri perm davridan buyon yashab kelmoqda va qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million yillar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, ular dcyarli o'zgarmay saqlanib qolganligini ko‘ramiz. Xuddi shu lanqa cho'tka qanotli latimeriya balig‘i (Latimeria chalumnae) ham million yillardan buyon dcyarli o ‘zgarishsiz Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida yashab kclmoqda. Lekin aksariyat organizm turlarida irsiyatning turg‘unligi muayyan darajada nisbiy ekanligi ko‘rsatilgan.
Molekular genetika dalillariga binoan gen - DNK molekulasining muayyan bir qismi bo‘lib, u muayyan sifatga ega bo‘lgan oqsilning sintez qilinishini ta’min etadi. Gen faoliyatining mahsuli bo‘lgan oqsil esa muayyan belgining rivojlanishini ta’min etadi yoki uning rivojlanishida boshqa oqsillar bilan birga ishtirok etadi. Genlarning aksariyati xromosomalar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan. Xromosomalarda joylashgan genlar faoliyati orqali amalga oshadigan irsiyat xromosoma irsiyati yoki yadroviy irsiyat deb ataladi.
Genlarning nisbatan kam qismi hujayradagi sitoplazmada joylashgan plastidalar, mitoxondriyalar va xromosomalar bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa elementlarda joylashgan bo‘ladi. Bu organoidlardagi genlar laoliyati bilan amalga oshadigan irsiyat - sitoplazmatik irsiyat deb yuritiladi. Organizmlarning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan irsiyatni tadqiq qilganda quyidagi ikki tushunchani - irsiyat va irsiylanishni bir-biridan farqlash kerak bo'ladi. Irsiyat - bu xossa, irsiylanish esa - jarayondir. Shu bilan birga irsiyat qonuniyatlarini irsiylanish qonuniyatlaridan ham farqlay bilish lozim.
Genetik tadqiqotlar natijasida irsiylanish qonunlari hamda ulardan kelib chiqadigan irsiyat qonunlari kashf etiladi.
Irsiylanish - genetik axborotning bir avlod organizmlaridan kelgusi avlod organizmlariga uzatilishi. Bu jarayon ota-ona belgi va xususiyatlarining rivojlanishini ta’min etuvchi irsiy birlik - genlarning jinsiy hujayralar orqali kelgusi avlodlarga berilishidir.
Shunday ekan bugungi kunda, sitoplazmatik irsiylanish va uning asoslarini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi.


Yüklə 105,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə