Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik ishi fakulteti «konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi



Yüklə 363,13 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü363,13 Kb.
#166014
  1   2   3   4   5
2,2 ga keldim kompressor




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
KONCHILIK ISHI FAKULTETI
«KONCHILIK ELEKTR MEXANIKASI» KAFEDRASI
«TURG‘UN MASHINALARI» FANIDAN

KURS ISHI

Bajaradi: 5A-19 KEM guruh talabasi
Tekshirdi:______________________________
Baho:___________________________________


Olmaliq 2022y


MUNDARIJA
1.KIRISH………………………………………………………………………..…2
2.ASOSIY QISM
1.KONDA PNEVMATIK QO’RILMANI O'RNATISHNI HISOBI………………………………..8
2. KOMPRESSOR STANSIYALARINING QUVVATLARINI HISOBLASH……………………10
3.SIQILGAN HAVO SARFINI HISOBI……………………………………………………………………..11
4.PNEVMA TARMOQDAGI BOSIM YO'QOTILISHINI HISOBLASH………………………….15
5.KOMPRESSOR STANSIYASINI LOYIHALASHDA KERAKLI BOSIMI ANIQLASH…….19
6.KOMPRESSOR STANSIYASI USKUNALARINI TANLASH………………………………………19
7.KOMPRESSOR STANSIYALARINI SOVUTISH TIZIMINI HISOBLASH……………………..21
4. XULOSA………………………………………………………………..………..23
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….……24

1.KIRISH
Foydali qazilmani qazib olish ishlari burg‘ulash va portlatish usulida olib boriladigan ma’dan konlarda va metan gazi ajralib chiqish dararjasi yuqori bo‘lgan hamda elektr energiyadan foydalanish taqiqlangan ko‘mir konlarda pnevmatik (siqilgan havo) energiya asosiy energiya hisoblanadi.
Pnevmatik energiya burg‘ulash va qo‘porish mashinalarni hamda pnevmatik energiyada ishlaydigan yuritmalar bilan jihozlangan kombaynlar, yuklash mashinalari, ventilyatorlar, nasoslar va boshqa mashina va mexanizmlarni ishlatishda qo‘llaniladi.
Pnevmatik energiya pnevmatik qurilmalarda ishlab chiqariladi va u havo quvurlari bilan iste’molchilarga etkazib beriladi. Pnevmatik qurilma iste’molchilarni pnevmatik energiyaga ixtiyoji va ularning kon korxonasida joylashishiga qarab uch turga bo‘linadi.
Bular markazlashtirilgan, turg‘un va ko‘chma pnevmatik qurilmalardir.
Markazlashtirilgan pnevmatik qurilma bir-biriga yaqin joylashgan bir necha shaxtalar uchun loyihalanadi va quriladi. Har bir alohida olingan shaxtaga pnevmatik energiya havo quvurlari bilan etkazib beriladi. Shaxtalarni pnevmatik energiya bilan etarli miqdorda ta’minlash uchun qurilma ishlab chiqaradigan pnevmatik energiyaning hajmi, barcha shaxtalarni pnevmatik energiyaga bo‘lgan ixtiyojlaridan kam bo‘lmasligi lozim. Markazlashtirilgan pnevmatik qurilma ko‘p hollarda unumdorligi 250 m3/min yoki 500 m3/min bo‘lgan iqtisodiy samarador turbo kompressorlar bilan jihozlanadi.
Alohida joylashgan va pnevmatik energiya bo‘lgan ixtiyoji yuqori bo‘lgan shaxtalar uchun shaxta er yuzasida turg‘un pnevmatik qurilma o‘rnatildi.
Turg‘un pnevmatik qurilmada ishlab chiqarilgan pnevmatik energiya havo quvurlari bilan barcha iste’molchilarga etkazib beriladi.
Siqilgan havo uzoq masofaga uzatilganda uni bosimi havo quvurida paydo bo‘ladigan gidravlik qarshiliklar hisobiga kamayadi. Natijasida uzoq masofada joylashgan ayrim iste’molchilarga etib kelgan havoning bosimi, pnevmatik energiyada ishlaydigan mashina va mexanizmlarni normal ishlashini ta’minlay olmaydi. Bunday hollarda iste’molchilarni pnevmatik energiya bilan ishonchli ravishda ta’minlash va uni iqtisodiy ko‘rsatgichlarini yaxshilash uchun havoni qayta siqish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu usul qo‘llanilganda havo 0,3-0,4 MPa bosim bilan iste’molchiga yaqin joylashgan ko‘chma pnenvmatik qurilmaga uzatiladi. Unda havo iste’molchilarni normal ishlashini ta’minlay olmaydigan bosimgacha siqiladi. Siqilgan havo esa quvurlar orqali iste’molchilarga etkazib beriladi.


Yüklə 363,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə