Issn: 181-2489 volume ǀ issue 10



Yüklə 66,31 Kb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü66,31 Kb.
#144096
  1   2   3   4   5   6   7
islom-moliya-tizimi-boshqaruvi



ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 10 ǀ 2022

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ISLOM MOLIYA TIZIMI BOSHQARUVI



Oybek
Akhmadjonov

Mukhammadkodir
Elmurodov

Dilshodbek
Koplonov

Otabek Egamov

Qo’qon universiteti Iqtisodiyot va turizm kafedrasi
o’qtuvchisi

Qo’qon universiteti Iqtisodiyot
yo’nalishi talabasi

Qo’qon universiteti Iqtisodiyot
yo’nalishi talabasi

Qo’qon universiteti Iqtisodiyot
yo’nalishi talabasi



ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Islom moliyasi haqida asosiy xususiyatlarni bilib olishimiz mumkin. Bu maqolada Islom moliyasi nimaligi hamda uning asosiy tushunchalari batafsil yoritilgan. Maqolada Muzoraba, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful va bir qancha asosiy atamalar haqida bilib olamiz.
Kalit so’zlar: Muzoraba, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful


ABSTRACT


In this article we can learn the main features about Islamic finance. This article explains in detail what Islamic finance is and its basic concepts. In the article, we will learn about Muzorabah, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful and some basic terms.
Key words: Muzorabah, Murobaha, Ijara, Salam, Takaful

Islom moliyasi – shariat tamoyillariga zid bo’lmagan moliyaviy biznesni aks ettiruvchi atama. Аnʼanaviy bank ishining asosiy jihati shariat tomonidan taqiqlangan foizlardan iborat. Аnʼanaviy moliya, xususan, odatdagi bank biznesi, mablagʼlarni jalb etish va aholi hamda tadbirkorlarni moliyalashtirishga tayanadi. Shuning uchun bankir bilan mijozlar oʼrtasidagi munosabatlar har doim qarzdor-kreditor munosabatlaridir.


Islom banklari birinchi navbatda savdo, lizing va pullik operatsiyalar hamda investitsiya faoliyati bilan shugʼullanadi. Islom banklari va ularning mijozlari oʼrtasidagi munosabatlarning mohiyati turli xil moliyaviy instrumentlar yoki shartnomalarga koʼra farq qiladi. Islom banklari foiz olish maqsadida depozit olish va qarz berishlari mumkin emas.
Аnʼanaviy bank ishining eng muhim jihati shundaki, pul pulni yaratadi yoki pul foiz mukofot puliga ega. Ushbu amaliyot sudxoʼrlik (arabcha «ribo») Islom moliyasi tamoyillariga zid hisoblanadi. Pul hech qachon tovar sifatida qabul qilinmaydi. Buning oʼrniga Islom qonunchiligi doimiy ravishda pulni almashinuv vositasi, qiymat oʼlchovi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
va hisob-kitob birligi sifatida koʼradi. Pul oʼz-oʼzidan pul yarata olmasligi sababli, foizga muqobil ravishda pul va foyda oʼrtasida bogʼliqlik oʼrnatilishi kerak.
Musulmon kishining moli uning extiyojlariga bog’liq bo’ladi va uning moli daxlsiz xisoblanadi. Payg’ambarimiz muhammad (s.a.v) ning “musulmon molining xurmati uning qoning xurmati kabidir” (ya’ni qoniga tajovuz qilish xarom bo’lganidek, uning moliga tajovuz qilish ham xarom) degan ma’noda xadislari bor. Foyda keltiradigan xar qanday qarz ribodir. Qarz berganda odamlarga yordam berish, ularning xayotini yengillashtirish iroda qilinadi. Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o’zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina xaqqi bo’ladi. Agar qarz berishdan biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa xam, biror narsa qo’shib berish urfga kirib qolgan bo’lsa, yoki kimdir qarz olib unga foyda qoshib berishni odat qilib olgan bo’lsa, olingan foyda xarom bo’ladi.
Islom moliyasida bir qancha bitimlar bor ulardan asosiylari:
Birinchi bitim – “sarf”. Sarf bu tomonlar o’rtasida moddiy qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarning, masalan dinor (oltin), dirham (kumush) yoki shularning zarb qilingan, quyma yoki boshqa ko’rinishlari, hamda hozirda muomalada bo’lgan pul birliklari (valyutalar)ning bir-biriga ayirboshlanishiga ya’ni olib-sotilishiga) aytiladi.
Ikkinchi bitim – “murobaha”. Murobaha bu sotuvchi yoki moliya muassasasining biror bir mahsulot (masalan qandaydir uskuna) tannarxiga buyurtma bergan xaridor bilan kelishilgan muayyan ustamani qo’yib, ma’lum bir muddat ichida bo’lib – bo’lib to’lash sharti bilan shu xaridorga sotishidir.
Uchinchi bitim – “mudoraba”. Mudoraba sherikchilik bitimining bir ko’rinishi bo’lib, bunda sarmoya egasi (rabb-ul mol), ish yurituvchi (mudorib) bilan sherikchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun sarmoya ajratadi. Bunday sherikchilikda tadbirkorlik faoliyati to’liq ravishda mudorib tomonidan boshqariladi. Faoliyat davomida ko’rilgan foyda oldindan kelishilgan nisbatda bo’linadi, zarar esa faqat sarmoya egasi zimmasiga tushadi.
To’rtinchi bitim – “salam”. Salam mahsulot uchun to’lov darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga yetkazib berilishini ko’zda tutadigan bitimdir (bunda, sotilayotgan mahsulot bitim tuzilayotgan paytda mavjud bo’lishi ham, mavjud bo’lmasligi ham mumkin). Salam shartnomasi ko’proq qishloq xo’jaligida qo’llaniladi. Salam shartnomasida narx toʼliq va oldindan toʼlanadi. Ushbu turdagi shartnomalar xomashyo narxi oʼzgarishi mumkin boʼlgan joylarda qoʼllanilishi mumkin. Xaridor shartnoma imzolangan kunga sotib olish narxi bilan kafolatlanadi va shu bilan narxlarning koʼtarilishidan saqlanadi (demak, risklarni boshqarish vositasi sifatida ishlatiladi).

Yüklə 66,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə