Jismoniy shaxsning bank kartasi uchun ariza



Yüklə 100 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü100 Kb.
#143973
  1   2   3   4
Plastikka ariza


Jismoniy shaxsning bank kartasi uchun
ARIZA


“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki
Farg‘ona filiali boshqaruvchisi
S.Maxmudovga

Mijozning familiyasi
















Ismi
















Otasining ismi
















Tug‘ilgan sanasi

__

__

.

__

__

.

__

__

__

__



















Uy manzili __________________________



Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari:

____________________________________

a) hujjat seriyasi va raqami:

____________________________________

__

__

-

__

__

__

__

__

__

__

Mobil telefoni _____________________

b) hujjatning berilgan sanasi:

Uy telefoni _________________________

__

__

.

__

__

.

__

__

__

__

Xizmat telefoni _____________________

d) hujjatning amal qilish muddati:




__

__

.

__

__

.

__

__

__

__

Menga quyida ko‘rsatilgan bank kartasini:
chiqarish □ qayta chiqarish □ yopish ni, shuningdek tegishli hisobvaraqlarni ochishni (yopishni) so‘rayman.
□ “UZCARD” ish haqi “UZCARD” jismoniy shaxs “UZCARD” pensiya
□ “HUMO” ish haqi “HUMO” jismoniy shaxs “HUMO” pensiya
Bank kartasi yopilganda menga bu haqida:
□ yozma xabar berish SMS-xabarnoma yuborish xabar yubormaslikni so‘rayman.
Bank xodimi bank kartasidan foydalanish tartibini tushuntirdi va unga amal qilaman.

Mijoz __________


(imzo) Ariza to‘ldirilgan sana: 20__ yil “___” _____________ .



Jismoniy shaxs xizmat qilayotgan (o‘qiyotgan) tashkilotning qaydlari (bank kartasi yuridik shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) ish haqi loyihasi bo‘yicha berilayotgan bo‘lsa):
Ushbu arizadagi ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan solishtirildi”
Rahbar ___________ __________________ 20__ yil “___” ___________ .
Muhr o‘rni (imzo) (ismi va familiyasi)



Filialning qaydlari:

Bank kartasi h-g‘i Uzcard

2

2

6

1



























Bank kartasi h-g‘i HUMO

2

2

6

1



























Shartnoma sanasi va raqami: 20__ yil «___» _____________ №__________________.

Plastik kartalar bo‘limi mas’ul xodimi imzosi _________


20__ yil “___” ___________.


Jismoniy shaxsning bank kartasiga xizmat ko‘rsatish
va undan foydalanish to‘g‘risida
SHARTNOMA

20__ yil “___” ___________ №___ Farg‘ona shahri




“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Farg‘ona filiali (keyingi o‘rinlarda – Bank-emitent) boshqaruvchisi S.Maxmudov Nizom va Ishonchnoma asosida faoliyat yuritib, bir tomondan, va jismoniy shaxs _________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda – Mijoz), ikkinchi tomondan, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdik.
1-§. Shartnoma predmeti
1. Ushbu Shartnoma bank kartasi orqali hisob-kitobni amalga oshirishda Bank-emitent va Mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
2. Bank kartasi Mijozga savdo va servis xizmati ko‘rsatish joylarida tovar va xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshirish huquqini beradi.
3. Bank kartasi, Mijoz tomonidan jismoniy shaxsning bank kartasini olish uchun ariza to‘ldirilgan va Bank-emitent tarifiga muvofiq bank kartasidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, muomalaga chiqariladi.
4. Bank kartasi amal qilish muddati davomida Bank-emitent mulki hisoblanadi, u amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki almashtirilganda yoxud Bank-emitent talabi bo‘yicha Bank-emitentga qaytariladi.
2-§. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
5. Bank-emitent quyidagi huquqlarga ega:
a) Mijozni “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in quroli tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” (Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan ro‘yxatga olingan) talablariga muvofiq identifikatsiyalagandan so‘ng, unga bank kartasini foydalanishga taqdim etish;
b) Mijoz tomonidan ushbu Shartnoma shartlari buzilganda bank kartasining amal qilishini to‘xtatish;
d) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda bank kartasining amal qilishini to‘xtatish;
e) bank kartasidan foydalanishga oid Bank-emitent tariflariga qo‘shimcha va/yoki o‘zgartirishlar, ular kuchga kiritilishidan kamida o‘n kun oldin bu haqda tegishli axborotni, shuningdek ushbu Shartnoma yuzasidan qo‘shimcha bitim loyihasini www.trustbank.uz veb-sayti va filial binosidagi axborot va e’lonlar stendiga joylashtirish, Mijozga shaxsan topshirish, pochta orqali jo‘natish, elektron pochtadan jo‘natish, mobil telefoniga telegram kanali vositasida yetkazish orqali Mijozni ogohlantirib, kiritish. Agar ushbu qo‘shimcha va/yoki o‘zgartirishlar kuchga kiritiladigan sanagacha Mijoz tomonidan imzolangan qo‘shimcha bitim yoki uni imzolashdan bosh tortganligi haqida yozma xabar Bank-emitentga taqdim qilinmasa, bu hol O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 366-moddasiga muvofiq, Bank-emitent tariflariga kiritilgan qo‘shimcha va/yoki o‘zgartirishlarga Mijozning to‘liq roziligini bildiradi.
6. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
a) ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar va to‘lov tizimi qoidalariga asosan bank kartasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish;
b) Bank-emitentdan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to‘g‘risida to‘liq axborot olish;
d) bank kartasi bo‘yicha hisobvaraqqa mablag‘ o‘z vaqtida kirim qilinishini Bank-emitentdan talab qilish;
e) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilgan taqdirda Bank-emitentga bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi natijasida yo‘qotilgan pul mablag‘i bo‘yicha tekshirish o‘tkazish va boshqa choralarni ko‘rish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish.
7. Bank-emitent quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
a) Mijozning bank kartasi uchun bergan arizasini ko‘rib chiqish;
b) bank kartasining amal qilishini muddatidan avval to‘xtatish to‘g‘risida Mijozni xabardor qilish;
d) bank kartasi bo‘yicha hisobvaraq yopilganda yoki ushbu Shartnoma bekor bo‘lganda mazkur Shartnomaning 19-bandida belgilangan tartibda ushbu hisobvaraqda mavjud pul mablag‘ini Mijozga berish;
e) bank kartasi orqali o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitobni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish;
f) bank kartasini berish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Bank-emitent tariflari o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu Shartnoma 5-bandining “e” kichik bandida belgilangan tartibda Mijozni xabardor qilish;
g) bank kartasi bo‘yicha amaliyotlar Bank-emitent tomonidan to‘xtatib qo‘yilganda (bank kartasidan foydalanayotgan paytda SHIR-kod noto‘g‘ri terilishi oqibatida blokirovkaga tushgan holat bundan mustasno), amaliyot to‘xtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda bank kartasi bo‘yicha hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganligi va uning sababi yuzasidan Mijozga xabarnoma yuborish;
h) Mijozning kredit va mikroqarz bo‘yicha qarzdorligini so‘ndirish uchun bank kartasi bo‘yicha hisobvaraqdan mablag‘ Bank-emitent tomonidan Mijozning topshirig‘isiz hisobdan chiqarilganda, mablag‘ hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda bank kartasi bo‘yicha hisobvaraqdan qancha miqdordagi mablag‘ qanday sababga asosan va kimning foydasiga chiqarilganligini ko‘rsatgan holda Mijozga xabarnoma yuborish;
i) Mijozni bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnomani Bank-emitentning “Trustpay” mobil ilovasi orqali tunu-kun yuborish imkoniyati bilan ta’minlash;
j) bank kartasi yo‘qotilganligi va (yoki) undan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnoma olingandan so‘ng bank kartasini darhol blokirovka qilish.
8. Mijoz o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu Shartnoma shartlari va bank kartasidan foydalanish tartibiga amal qilish;
b) bank kartasini olgandan so‘ng uning SHIR-kodini o‘zgartirish va o‘z SHIR-kodini begona shaxslarga oshkor etmaslik;
d) Bank-emitent tomonidan bank kartasiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
e) bank kartasi yo‘qotilganligi va (yoki) undan ruxsatsiz foydalanilganligi ma’lum bo‘lganda, darhol bank kartasini “Trustpay” mobil ilovasi vositasida blokirovka qilish yoki Bank-emitentga ariza bilan murojaat qilish;
f) bank kartasidan foydalanish bo‘yicha to‘lov tizimi operatori tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga rioya etish.

Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə