Lirik asarlarni o'rganishda ifodali o'qishning o'rni va ahamiyati



Yüklə 127,8 Kb.
səhifə1/16
tarix23.12.2023
ölçüsü127,8 Kb.
#155642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Lirik asarlarni o\'rganishda ifodali o\'qishning o\'rni va ahamiyati


MAVZU: “LIRIK ASARLARNI O'RGANISHDA IFODALI O'QISHNING O'RNI VA AHAMIYATI”
REJA:
I BOB LIRIK ASARLARNI JANR XUSUSIYATIGA KO’RA O’RGANISH.
1.1 Lirik matnni tahlil qilish.
1.2 Lirik asarlarni o’rganishda ifodali o’qishning o’rni va roli.
II BOB LIRIK ASARLARNI O’GANISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYARNING O’RNI VA AHAMIYATI
2.1 Lirikaning kichik janrlari (fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to’rtlik)
2.2 Lirikaning o’rtacha janrlari (g’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet)
2.3 Lirikaning yirik janrlari (tarji’band, tarki’band
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Tayanch tushunchalar: Lirika. Uning kichik janrlari – fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to’rtlik. Lirikaning o’rtacha janrlari – g’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet. Lirikaning “yirik” janrlari – tarji’band, tarkibband.


I BOB LIRIK ASARLARNI JANR XUSUSIYATIGA KO’RA O’RGANISH.
1.1 Lirik matnni tahlil qilish.
“Kishini mashg’ul etgan, to’lqinlatgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini lirika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuyg’usining ifodasidirki, ularning ko’pi sarlavha (nom)siz bo’ladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:
“Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo’lsa, xuddi shunday o’qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni so’z bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, o’lik bir chag’anoqqa aylanadi... bu narsa shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar go’yo bir kartinaga o’xshaydi, lekin unda muhim narsa kartinaning o’zi emas, u bizda uyg’otgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning turli-tumanligini o’zida jamg’argan va ularni voqye qiluvchi lirik tafakkurning janrlari ham xilma-xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz o’zbek she’riyatida 30 ga yaqin lirik janr va shakllar (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular:
Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag’ishlov, hasbi hol; madhiya, qo’shiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru-shakar, muvashshah, g’azal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; to’rtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar va h.
Bularning hammasi ham o’zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar bo’lishi mumkin bo’lgan hayotning barkamol va betimsol obrazini – san’atning buyuk asarlarini voqye qilgandirlar; ularning ba’zilarini o’rganishning o’ziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi.
Badiiy adabiyot ilmiy adabiyotdan hayot haqiqatini jonli va jozibali tasvirlashi bilan keskin farqlanadibadiiy asarlar 3xil bo’ladi:
1.Lirik asarlar(she’rlar, ruboiylar,g’azal, tuyuq , qo’shiq muxammas fard qit’a,qasida, musamman va boshqalar)
Lirik asarlarda voqelik ayrim shaxslarning kechinmalari, o’y fikrlari,asosida ko’rsatiladi.

Yüklə 127,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə