Lirik asarlarni o'rganishda ifodali o'qishning o'rni va ahamiyati


Lirika mazmun mohiyatiga ko;ra 2 xil bo’ladi



Yüklə 127,8 Kb.
səhifə2/16
tarix23.12.2023
ölçüsü127,8 Kb.
#155642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Lirik asarlarni o\'rganishda ifodali o\'qishning o\'rni va ahamiyati

Lirika mazmun mohiyatiga ko;ra 2 xil bo’ladi:
a)intim lirika- shoirning ruhiy kechinmalari va hissiy olami aks ettiriladi.
b)ijtimoiy lirika-real hayotda ro’y bergan voqea-hodisalar tasvirlanadi.
Lirik asarlar va ularni o’ rganish boshqa turdagi asarlarni o’rganishdan farq qiladi.
Lirik asarlar hajm jihatdankichik, mazmunansiqiq bo’ladi. lirik asarlarning mazmundorligi ,bo’yoqliligi, va ayniqsa emotsionalligi ularni o’qishga alohida ahamiyat berishni talab qiladi. Lirik asarlarni o’qishda shu o’qish orqali uning o’ziga xos xususiyatlarini, shoirning his-tuyg’ularini, umid-orzularni aks ettirishga erishish zarur. O’qish mashg’ulotlarida she’rning mazmuni, ohangi, his-tuyg’uni o’quvchi-talabalar sezishlari, shoirning yyurak to’lqinlariga sherik bo’lishlari kerak. Shundagina she’rning mohiyati echiladi. Shoirning maqsalarini o’qish orqali his qilish lirikaning ustida ishlashning asosiy shartidir.
Lirik asarlarni o’rganishda asosiy ikki narsaga: badiiy ifodali o’qish texnikasini egallashga va she’rning badiy til xususiyatlarini tahlil qilish masalasiga e’tibor brish kerak.
Badiiy adabiyot, umuman, san’at asarlarining inson ruhi tafakkuriga ta’siri sababi nimada ekan?
Bu savolga javob topish tushanarliroq bo’lishi uchun, badiiy va ilmiy adabiyotni taqqoslab ko’rish lozim. Bilamizki, umumta’lim maktablarida “Tabiatshunoslik”, “Geografiya” singari o’quv fanlari o’tiladi. Ularda kecha-kunduz, uning eng go’zal va so’lim fursati bo’lmishtong to’g’risida, yumaloq er sharini nurlari bilan yorituvchi quyosh haqida bir talay ma’lumot lar beriladi.
Quyosh bo’lmasa Erda hayot bo’lishi mumkin emasligi aytiladi. Bu ma’lumotlar o’quvchilarning aqliy saviyasi yuksalishiga ta’sir qiladi. Ular tufayli bolalar kecha-kunduz, tong va boshqalar haqida oldin bilmagan narsalaridan xabardor bo’ladilar. Ayni vaqtda, o’quvchlar tong payti tabiat juda go’zal bo’lishi haqida ham tushunchaga ega bo’ladilar.
Lekin bu bilim va axborotlar bolalarning aqlini boyitib, tafakkurini o’stirsa ham, hissiyotlariga, tuyg’ulariga deyarli ta’sir qilmaydi.
Rauf Parfining “Tong otmoqda...” deb nomlangan she’rida bir parchani o’qib ko’raylik:
Tong otmoqda. Tong o’qlar otar,
Tong otmoqda, quyosh zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.
Shoir tong otishi qanday bo’lishini batafsil tasvirlab, nima ochun shunday bo’lganligini tushuntirib berayotgani yo’q, mavjud hayotiy holatdan, go’zal badiiy manzara yaratmoqda. Shoir ting otish jarayonini juda go’zal tasvir etadi. O’quvchini ham tongning chindanda go’zal otishiga ishontiradi.
Quyoshning zambarak “o’qlar” otishi, o’sha nurlardan Yerning yaranishi, va bu yaralanish tufayli o’lim emas, balki boshlarida yashil chambarak – hayot mavjud ekanligi juda ham o’ziga xos tarzda ifodalangan.
Abdulla Oripov “Kolumbda bor alamim manim, O’zbekiston vatanim manim” – der ekan, bu orinda Amerika qit’asi mavjud ekanini Kolumbdan bir necha asr avval o’zbek olimi bashorat qilib ketganini poetik ishora va bu ilmiy-tarixiy haqiqatga shoirona munosabat hamda Beruniyga vatandoshlaridan faxrlanish, g’ururlanish tuyg’usi bor.bunday misralar kuchli estetik ta’sirdan tashqari, kitobxonni ma’rifiy jihatdan boyitadi.
Yoki siz vatanparvarlik mavzuiga bag’ishlangan ikkita she’r o’qidingiz. Ya’ni ikkovining mavzui birdek dolzarb. Birinchisi sizga mutlaqo ta’sir etmadi, tuyg’ularingizni uyg’otmadi. Ikinchisidan esa behad hayajonlandingiz, vatanga mehringiz ortdi, shu vatanga munosib farzand bo’lish tuyg’ularingiz yanada mavjlandi.bu, sherdagi badiiy mukammallik tufaylidir. Demak, har qanday, hatto eng dolzarb mavzu ham faqat go’zal, yuksak saviyada, mukammal ravishda o’z ifodasini topgan taqdirdagina muhim ahamiyat kasb eta oladi.
Lirikada qahramonning ichki kechinmalari hayotning go’zal va xunuk tomonlari aks ettiriladi. Lirik sherlarda yozuivchi o’zi to’g’risida, o’zining xayol va o’ylari, orzu istaklari, hissiyotlari va boshqa odamlarga, tabiatga bo’lgan munosabatlari haqida gapiriladi.
Lirik tur janrlarining asosida ham inson hayoti, muhabbati va nafrati, sevinchi va iztirobi o’zining badiiy ifodasini topadi.
V-IX sinflarda lirik asarni organishning asosiy usuli o’qituvchi va o’quvchining ifodali o’qishidir.

Yüklə 127,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə