Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#134654
  1   2   3   4
Altibayeva Gulbaxo r Majitovna



Международный
научный
журнал


(100), 
часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1794 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL QOBILYATLARINI 
RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI 
Altibayeva Gulbaxor Majitovna 
Termiz davlat Pedagogika instituti, o’qituvchi 
Annotatsiya:
Мaktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining intellektual 
salohiyatini, mantiqiy fikrlashini rivojlantorishda didaktik, syujetli-rolli, harakatli 
o‘yinlarning ahamiyati va zamonaviy va innovatsion ta'lim texnologiyalardan to‘g‘ri va 
samarali foydalanish har bir pedagogning pedagogik mahoratiga bog‘liqligiga oid fikrlar 
bildirilgan. 
Kalit so‘zlar;
Barkamol avlodni, мaktabgacha, yosh, bolalar, intellectual, qobilyat
rivojlantirish, zamonaviy pedagogic, texnologiya tashabbuskorlik, iqtisodiy, tizim. 
 
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining 
yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu 
bois ham “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi”da ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intelektual
salohiyatini, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish 
va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar 
sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta'lim
tuzilishini yaratish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun,
albatta bugungi davr talabiga mos ta'lim tizimining bosh poydevori sifatida maktabgacha 
ta'lim tizimi muhim ro‘l o‘ynaydi. 
Maktabgacha ta'lim har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini
tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski,
olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘ngi yillar mobaynida maktabgacha ta'lim 
tizimida oqsoqlik kuzatilyapti. Maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni maktab ta'limiga 
tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga orqaga ketish holatlari, yil davomida
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olish
ko‘rsatkichlari tushib ketgan. Oxirgi 20 yil davomida davlat maktabgacha ta'lim 
tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha 
bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishi 30 foizni tashkil etdi.
Shu kabi muammolarni bartaraf etish niyatida, qolaversa, intellektual salohiyatli
sog‘lom va barkamol avlodlarni shakllantirish maqsadida yurtimizda maktabgacha ta'lim 
tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimida ko‘plab islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta'lim Vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston Republikasi Maktabgacha Ta'lim Vazirligining tashkil etilishi, bir qator 
qaror va qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 


Международный
научный
журнал


(100), 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə