Mavzu: Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo' llab-quvvatlash



Yüklə 66,97 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü66,97 Kb.
#181384
  1   2   3   4
Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo\' llab-quvvatlash


Mavzu: Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga
solish va qo' llab-quvvatlash

Reja:




1.

Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab – quvvatlashning mohiyati va zaruriyati

2.

Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashdagi asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish shakllari va usullari

3.

O`zbekiston Respublikasining agrar siyosati va uni takomillashtirish yo`llari





Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab – quvvatlashning mohiyati va zaruriyati

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari yaxshi rivojlangan ilg`or xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, qishloq xo`jaligi tarmog`i davlat tomonidan tegishli qonun-qoidalar asosida tartibga solib turilishi va qo`llab-quvvatlanishi lozim.


Umuman olganda, qishloq xo`jaligini markazlashgan rejalar asosida davlat tomonidan ma`muriy usullar orqali boshqarish tamoyillaridan voz kechib, bu sohaga erkin bozor munosabatlari kirib kelayotgan bir paytda davlatning agrar ishlab chiqarish munosabatlariga aralashuvi hayotiy zaruratga aylanadi.
Erkin bozor tarafdorlari agrar sohaga xos bo`lgan bir qator xususiyatlarga (qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorida sof raqobat imkoniyatlarining mavjudligi, agrar ishlab chiqarishga xos bo`lgan tabiiy – biotexnologik omillar dehqonlardan mustaqil qarorlar qabul qilishni talab etishi va boshq.) tayanib, bu tarmoqda erkin bozor munosabatlari amal qilishi uchun qulay shart – sharoitlar mavjud, degan g`oyani ilgari suradilar. Ularning fikricha, bozorning o`z – o`zini tartibga sola olish xususiyati, agrar iqtisodiyotga davlat aralashuvini talab etmaydi va bunga zaruriyat ham yo`q. Mustaqil xo`jalik yuritish va tadbirkorlik erkinligi esa bozor sharoitida fermerlarning yuksak sur`atlar bilan rivojlanishiga olib kelishi kerak.
Ammo, respublikamiz bozor munosabatlariga o`ta boshlaganidan beri o`tgan davr saboqlari hamda ilg`or xorijiy mamlakatlarning tajribalari qishloq xo`jaliklarini davlatning faol aralashuvisiz rivojlantirib bo`lmasligini ko`rsatmoqda. Chunki, bozor sharoitida agrar soha davlat tamonidan qo`llab – quvvatlanmasdan turib, soholararo raqobatga bardosh berolmaydi.
Qishloq xo`jaligini davlat tamonidan tartibga solish va qo`llab – quvvatlash zaruratini dastavval qishloq xo`jaligining o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq holda qaramoq maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo`jaligi murakkab biotexnik texnalogik hamda ijtimoiy – iqtisodiy tizim sifatida tavsiflanadi. Unda tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi omillar bilan birgalikda yer, suv, o`simlik va chorva mollari organizm, yorug`lik, issiqlik, havo, tabiiy iqlim va jug`rofiy joylashuv kabi tabiiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish jarayonida turli tavsifdagi ushbu omillar uyg`unlashib ketadi. Ishlab chiqarish – xo`jalik faoliyatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillarning serqirraligi va murakkab tizimdan iboratligi qishloq xo`jaligi karxonalariningsamarali faoliyat ko`rsatish imkoniyatlarini cheklaydi. Xususan, ishlab chiqarish tabiiy omillarning bir qismini (ob – havo, tabiiy – iqlim sharoiti va h.k.) boshqarish dehqonlarning imkoniyatlar doirasidan tashqari bo`lib, ularni oldindan rejalashtirib yoki oldini olib bo`lmaydi. Ammo, bu omillarning qulay yoki noqulay sharoitlarda kelishi xo`jalikning yakuniy moliyaviy natijalariga kuchli ta`sir ko`rsatadi.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining tabiiy iqlim sharoitiga (jonli organizimlar, jug`rofiy muhit, ob – havo va boo`q.) bog`liqligi dehqonlar faoliyati rag`batlantirish va sug`irtalash kabi bir qator himoya vositalarni yaratishni talab qiladi.
Dehqon manfaati tomonidan yondashsak, yil davomida mahsulot yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar tabiiy ofat va qurg`oqchilik tufayli bekorga sovurilishi mumkin. Bunday paytlarda uning ko`rgan zararini qisman bo`lsada qoplamaslik kelgusi yil hosiliga ham taxdid soladi. Ob – havoning noqulay kelishi nafaqat qishloq xo`jaligi tarmog`ida, balki butin mamlakat miqyosida ham qiyinchiliklar tug`dirishi mumkin. Oziq – ovqat tanqisligi vujudga kelmasligi uchun davlatning mahsuz zaxiralari bo`lishi maqsadga muofiq. Hosil mo`l bo`lgan yillarda davlat oziq – ovqat mahsulotlarining talabdan oshiq qismini dehqonlardan xarid qilib, maxsuz omborlarda saqlashi va noqulay kelib, tanqislik vujudga kelgan yillari bu zahiralardan talabni qondirish maqsadida foydalanishi mumkin. Bu tadbir hozirgi vaqtda dunyoning bir qator ilg`or davlatlarida qo`llab kelinadi va o`zining ijobiy samarasini bermoqda.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining tabiiy – iqlimiy sharoitlarga bog`liqligi bu tarmoqda baholar va daromadlarning barqarorligiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, qulay ob – havo sharoitida bozorga talabdan ortiqcha mahsulotning kirishi bahoning keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatni ko`proq g`alla, sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlari bozorida kuzatish mumkin. Ba`zan baholarning bunday pasayishi mahsulot tannarxini qoplashga ham imkon bermasligi oqibatida dehqonlar katta zarar ko`radi. Tabiiyki, bunday sharoitlarda agrar sohada erkin bozor munosabadlari amal qilayotgan bo`lsa, ular xonavayron bo`lishi turgan gap. Yoki ikkinchi bir yili ob – havoning noqulay kelishi (qurg`oqchilik, sel, jala va hokazo) hosilning keskin kamayib ketishiga va natijada narxlarning haddan tashqari qimmatlashishiga sabab bo`lishi mumkin. Bunday hollarda dehqonlar hosilning kamayib ketishidan zarar ko`rsalar, iste`molchilar narxlarning balandligidan aziyat chekadilar. Ko`rinib turibdiki, har ikkala holda ham dehqon ko`proq zrar ko`radi va bu holat qishloq xo`jaligini davlat tamonidan tartibga solish va qo`llab –quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqadi.
Ma`lumki, qishloq xo`jaligi mahsulotlari biologik jarayonlar bilan bog`liqligi tufayli tez buziluvchan bo`ladi. Ularni uzoq muddat saqlash yoki olis masofalarga teshish imkoniyatlari ancha chegaralangan. Qishloq xo`jaligi korxonalaridan farqli ravishda sanoat, savdo yoki xizmat ko`rsatish karxonalari o`z mahsulotlariga baho belgilashda ancha qulay mavqega ega. Chunki, iste`molchi so`rayotgan narx qoniqtirmasa, ularni toki bozorda qulay vaziyat vujudga kelgunga qadar tovarlarini sotmay saqlab turishlari mumkin. Qishloq xo`jaligi karxonalari esa sabzavot, meva yoki sut kabi tez buziluvchan mahsulotlarni bozorda qulay vaziyat kelishini kutib, uzoq vaqt ushlab turaolmaydilar. Bu xil mahsulotlar ma`lum muddat o`tgandan so`ng o`zining iste`mol qiymatini yo`qatishi mumkinligi sababli fermerlar bozorda tashkil topgan narxlar darajasi bilan qanoatlanishga majbur bo`ladilar.
Ikkinchi tamondan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi karxonalar respublikamizda ko`pchilini tashkil etadi va erkin bozor hukm surib turgan sharoitda ular hech qachon o`zaro kelishib, mahsulotlariga yuqori narx belgilay olmaydilar, ya`ni qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorida nisbatan ideal raqobad hukm suradi. Odatda, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabning o`zgarishi unchalik katta bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, unga bo`lgan talab elastiklikka ega emas (yoki juda past elastiklikka ega).
Aksincha, qishloq xo`jaligiga moddiy – texnika resurslari yetkazib beruvchi hamda ularga turli xizmatlar ko`rsatuvchi karxonalar hududlar miqyosida kamchilikni tashkil etib, ba`zan monopol mavqega ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Qishloq xo`jaligi korxonalari xarid qiladigan sanoat mahsulotlari (texnika, mineral o`g`it, yoqilhi va h . k.) narxi ko`p hollarda tez sur`atlar bilan o`sadi. Natijada qishloq xo`jaligi mahsulotlari baholari bilan bu tarmoq uchun zarur bo`lgan sanoat tovarlari yoki xizmatlar baholari o`rtasida yirik nomunosiblik (baholar dispariteti) vujudga keladi. Bu esa, o`z navbatida, qishloq xo`jaliklari mahsulotlari ishlab chiqaruvchi karxonalar faoliyatining iqtisodiy samarasini pasaytiradi yoki umuman, zararli qilib qo`yadi. Bunday holat hech bir mamlakat manfaatiga mos tushmaydi. Bunday vaziyatda davlat qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun noqulay bo`lgan texnika ta`minoti hamda xizmat ko`rsatuvchi karxonalarning monopol mavqeini cheklash choralarini ko`rishga majbur bo`ladi.
Qishloq xo`jaligini davlat tamonidan qo`llab – quvvatlash zaruriyati bu tarmoqda kapital aylanishining xususiyatlaridan ham kelib chiqadi.
Ma`lumki, sanoat, savdo, moliya bozorlari kabi bir qator tarmoqlarda kapital aylanishi qishloq xo`jaligidagiga nisbatan bir necha marta yuqoridir. Kapital qancha tez aylansa, shunchalik ko`p foyda keltirishi tufayli qishloq xo`jaligida kapitalning sekin aylanishi bu tarmoqqa investitsiya imkoniyatlarini keskin chegaralaydi.
Ammo, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o`zlashtirish va sug`orish tarmoqlarini barpo etish, ishlab chiqarishni texnik qurollantirish, fan – texnika yutuqlari va ilg`or texnalogiyalarni joriy etish, ekologik vaziyatni barqaror ushlab turish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirish uchun yirik kapital mablag`lar talab etiladiki, bu tadbirlarni yolg`iz qishloq xo`jaligi korxonalarning mablag`lari hisobdan amalga oshirib bo`lmaydi. Buning uchun davlat budjeti hisobidan maxsus mablag`lar ajratilishi maqsadga muvofiq. Va nihoyat, fermer xo`jaliklarining ijtimoiy rivojlanishi, ya`ni ular uchun yo`llar barpo etish, gaz, suv, elektr ta`minoti, ijtimoiy – madaniy obyektlar qurish kabi umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan muammolar mavjudki, bu muammolarni davlat homiyligisiz yechib bo`lmaydi.



Yüklə 66,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə