Mavzu: Birja ishining mexanizmining tuzilmasi tarkibiy qismlari hamda meyoriy hujjatlar tadbiqi



Yüklə 277,6 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü277,6 Kb.
#152632
  1   2   3
suxrob moliya bozori

Mavzu: Birja ishining mexanizmining tuzilmasi tarkibiy qismlari hamda meyoriy hujjatlar tadbiqi. Tayyorladi: Suxrob Sulaymonov

Reja:

  • Kirish.
  • Birja ishining mexanizmining tuzilmasi.
  • Birjani tashkil etish.
  • Forex haqida tushuncha.
  • Kriptobirja haqida tushuncha.
  • Xulosa.

Birja tushunchasi keng ma’noda bozorning mazmuni, vazi- falari hamda funksiyasidan kelib chiqib ta’riflanadi. Iqtisodiy nuq- tayi nazardan birja – tovarlar bo‘yicha tashkillashgan talab va taklif funksiyasi sifatida: muntazam reglamentlangan rejimda faoliyat yurituvchi ulgurji bozorning alohida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, unda tovar sifatida birja ekspertizasidan o‘tgan va savdoga kiritilgan birja tovarlari hisoblanadi; sotuvchi va xaridorni bir-biri bilan uchrashtirish yo‘li orqali tovarlar savdosiga ko‘maklashuvchi mexanizm; tovarlar savdosini tashkillashtiruvchi va bunda savdo qatnash- chilari uchun yetarli va qulay sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs; tovarlarga bo‘lgan talab va taklifga binoan belgilangan tartib- qoida (davlat qonunlari hamda birja Nizomi va ichki me’yoriy hujjatlari), ochiqlik va oshkoralik asosida savdolarni ma’lum vaqtda o‘tkazadigan joy (savdo maydoni); tovarlarning bozor kursini (narxini) belgilovchi, muntazam va ochiq tarzda joriy birja kotirovkalarini e’lon qilib boruvchi tashkilot. Umuman olganda, birja – yuqorida sanab o‘tilgan xossalarga ega bo‘lgan maxsus maqomli yuridik shaxs. Demak, birja – tovarlar bozorining professional ishtirokchisi bo‘lib, uning faoliyati predmeti bozorning professional ishti- rokchilari uchun muayyan joyda va belgilangan vaqtda tovarlar bo‘yicha savdolarini tashkil qilish, ularning bozor narxlarini (tovarlarga bo‘lgan talablar va takliflar o‘rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) aniqlash, ular yuzasidan muvofiq ma’- lumotlarni tarqatishdan iborat.

Birja qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi (masalan, fond birjasi qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organidan litsenziya oladi). Birja faoliyatini yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yuritishga haqli emas. Qonun hujjatlariga muvofiq fond birjalariga qo‘yilgan talablarga javob beradigan boshqa birjalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yozma xulosasi asosida o‘zining tuzilmasida fond bo‘limlarini tuzishga haqli.

  • Birja qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi (masalan, fond birjasi qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organidan litsenziya oladi). Birja faoliyatini yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yuritishga haqli emas. Qonun hujjatlariga muvofiq fond birjalariga qo‘yilgan talablarga javob beradigan boshqa birjalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yozma xulosasi asosida o‘zining tuzilmasida fond bo‘limlarini tuzishga haqli.
  • Boshqa birjalarda fond bo‘limlarini tuzishga va faoliyatiga qo‘yi- ladigan talablar qonunchilikda belgilanadi.
  • Birjalarning a’zolari birjada brokerlik joyini sotib olgan qim- matli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. Fond birjasi a’zolarining soni birjaning boshqaruv or- ganlari tomonidan boshqariladi. Fond birjasining a’zolari davlat boshqaruv organlari, prokuratura va sud, ularning rahbar xodim- lari yoki mutaxassislari bo‘lishi mumkin emas.
  • Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish faqatgina ularda professional faoliyat olib borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgandan keyin ruxsat etiladi. Boshqa birjaning a’zosi qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida faoliyat olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lsa fond bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan savdolarda ishtirok etish huquqiga ega.
  • Birja savdosini amalga oshirish qoidalari birjaning oliy bosh- qaruv organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartib- lashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

  • Yüklə 277,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə