Mavzu: Bolalar ovozi va uning rivojlantirish bosqichlari haqida ma’lumot bering



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#127074
  1   2   3   4   5   6   7
Bolalar ovozini va uning rivojlantirish bosqichlari


Mavzu: Bolalar ovozi va uning rivojlantirish bosqichlari haqida ma’lumot bering.



  1. Vokal ijrochiligi malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi

  2. Bolalar ovozini va uning rivojlantirish bosqichlari.

  3. Vokal - xor ijrochiligi faoliyatida texnologiyalarni qo‘llash, musiqiy qobiliyat va madaniyatini shakllantirish.

Ma’lumki, har qanday san’at o‘z - o‘zidan rivojlanmaydi. Unga xalq hayoti, voqelikdagi jo‘shqin o‘zgarishlar, jamiyat rivojidagi voqealar ta’sir berib, uni yo‘lga solib, rivojlantirib turadi. San’at xalq hayoti bilan qanchalik chambarchas aloqada bo‘lsa, u shunchalik rivoj topadi, asarlari hayotiy bo‘lishi ta’minlanadi, yashovchan bo‘ladi va xalq muhabbatini qozonadi. O‘zbek san’atining hozirgi ahvoliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, vokal janri ham jadal taraqqiy etayotganining shohidi bo‘lamiz. Musiqamizning unisonlik darajasidan simfonik darajasiga, primativ teatr tomoshalarining balet, opera saviyasiga yetishganligi, barcha turlar bo‘yicha yangidan yangi janrlarda juda ko‘plab asarlar vujudga kelganligi san’atimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganligidan dalolat berib turibdi. Vokal janri bo‘yicha muvoffaqiyatlarimizning o‘zi ham har qancha tahsinga sazovordir. Vokal janri aslida professional san’atni oziqlantirib turadigan hayotbaxsh manbalardan biridir. Shuning uchun ham vokal janri san’ati yuksak darajaga kutarilgan joyda professional san’at kadrlari ham ko‘p yetishib chiqqan bo‘ladi. Chunki, vokal janri o‘zining eng yaxshi vakillarini professional san’atga uzatib, uning safini boyitib turadi. Vokal janri professional san’at talantlarining sarchashmasi, aniqrog‘i buyuk san’at dargohiga olib o‘tadigan o‘ziga xos bir ko‘prikdir. Vokal janri yillir o‘tishi bilan har jihatdan o‘sadi va takomillashadi. Ayniksa, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ancha rivoj topdi. Vokal janrining tuman, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘rik va tanlovlari o‘tkazilib kelinayotgan estetik tarbiya sohasidagi ishlarning anchagina jo‘nashib ketishiga amaliy yordam berdi. Oqibatda xalq orasida ancha - muncha hushovoz xonandalar borligi aniqlandi, ularning ko‘rik va tanlovlarda chiqishlari yaxshi baholandi. O‘quvchilarning estetik, g‘oyaviy - badiiy tarbiyasining muvoffaqiyat bilan amalga oshrilishi, zamonamizning har jihatdan yetuk, garmonik jihatdan kamolga yetgan, ta’bi nozik, go‘zallikning qadriga yetadigan estetik didli kishilar bo‘lib yetishishlarida vokal to‘garaklari va vokal ijrochiligi dars-lari ko‘p ishlarni bajaradi. Chunki, bola musiqa guruhiga kirgandan keyin undagi iste’dod kurtaklari bo‘rta boshlaydi. Vokal o‘qituvchilari boladagi ishtiyoq nimaga moyilligini aniqlab, uni muayyan to‘garakka jalb etadilar. Bu esa bola iste’dodining to‘g‘ri yo‘lga tushib olishini ta’minlaydi. Xullas, respublikamizda san’atning barcha janrlari singari vokal janri bo‘yicha munosib kadrlar yetishib chiqib, o‘zbek san’ati dovrug‘ini jahonga taratmoqdalar.



Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə