Mavzu: Bolalar ovozi va uning rivojlantirish bosqichlari haqida ma’lumot bering



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə6/7
tarix11.10.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#127074
1   2   3   4   5   6   7
Bolalar ovozini va uning rivojlantirish bosqichlari

Ovoz sozlash mashqlari. Ovoz sozlash mashqlari – bolalarni jamoa bo‘lib kuylashga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ovoz sozlash mashqlarining maqsadi – qo‘shiqchilik malakalarini shakllantirish, bolalar ovozini, diapazonni, musiqiy eshituvni rivojlantirish. Ovoz saqlash mashqlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga aniq bir qo‘shiq asari bilan bog‘liq bo‘lmagan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar bolalarga davomiy ravishda vokal-xor ijrochiligi malakalari, badiiy ijrochilik mahoratini egallashga yordam beradi. Bu guruhdagi ovoz sozlash mashqlari har bir darsda butun o‘quv yili davomida qo‘shiq o‘rgatishga o‘tishdan oldin qo‘llaniladi. Ikkinchi guruhdagi mashqlar aniq qo‘shiq asarini o‘rganishda uchraydigan qiyinchiliklarni, ya’ni intonatsion, ritmik, diksion, tempni bartaraf etishga qaratilgan. Tabiiyki, qo‘shiqdagi murakkab joylar ovoz sozlash mashqi sifatida bir necha bor qaytarishlar asosida yaxshi o‘zlashtiriladi. Mashqlarni kuylashda o‘quv vazifalari oddiydan murakkabga qarab o‘zgarib boradi. Boshlang‘ich sinflarda ovoz sozlash mashqlari sifatida xalq bolalar qo‘shiqlari «Oftob chiqdi olamga», «Oq terakmi, ko‘k terak», mashq uchun mo‘ljallangan kuychalar «Jarangli kuylaymiz», «Du-du-du – qanday gul bu?», musiqiy tovushlar qo‘llansa, 4-sinfdan boshlab bolalarda mashqlarga ongli munosabatni tarbiyalash muhimdir. Ularga ovoz sozlashning muhimligi, ya’ni ovozlarni ish holatiga keltirish lozimligi tushuntirib boriladi. Bolalarga yoqadigan, qiziqish uyg‘otadigan mashqlar qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday mashqlar sifatida tinglash uchun olinadigan asarlardan fragmentlar «Hayvonlar sultoni» operasidan «Bo‘ri hirgoyisi», S.Yudakovning «Terimchilar qo‘shig‘i»dan parcha, V.Mosartning 40-simfoniyasidan bosh mavzu misolida, o‘rganish uchun olinadigan qo‘shiqlardan parchalar kuylatish mumkin. Darsda qo‘llaniladigan ovoz sozlash mashqlari kuylash uchun qulay bo‘lishi, davomli ravishda o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq.
Qo‘shiq o‘rgatish bosqichlari va metodlari. Umumta’lim maktablari «Musiqa madaniyati» dasturidan Vatan, mustaqillik, diyorimiz tabiati, mehnatkash o‘zbek xalqi hayotini, baxtli bolalikning go‘zal orzularini madh etuvchi qo‘shiqlar joy olgan. Bu qo‘shiqlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, uning kelajagiga sodiqlik, mehnatsevarlik, go‘zallikka intilish hislarini tarbiyalashga muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shiq repertuariga kirgan asarlar o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini tarbiyalash va rivojlantirishning negizi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, maktab dasturi nafaqat o‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini, balki ularning muntazam ravishda rivojlanishlari xususiyatlarini ham hisobga olgan holda tuzilgan. Musiqa o‘qituvchisi qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning musiqiy rivojlanishlari xususiyatlarini doimo esda tutgan holda ish olib borishi samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish jarayonida qo‘shiqqa emotsional munosabatni rivojlantirish, tasavvurni, musiqiy eshituv va xotirani o‘stirish, musiqaning ifoda vositalarining ahamiyatini tushunish, jarangli, kuychan, yengil, chaqqon tovushlarda kuylash, o‘zini va o‘rtoqlarini tinglash, qo‘shiqni jo‘rsiz yoki jo‘rlikda ifodali kuylash, yoki uch ovozli kuylash asosida garmonik eshituvni tarbiyalash kabi vazifalar amalga oshiriladi. O‘qituvchi kuylash uchun qo‘shiq tanlab olar ekan, avvalo asarning badiiy qiymati, mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, qiyofalar va kayfiyat doirasini sinchiklab tahlil qiladi, o‘rgatish metodlarini tanlaydi. Qo‘shiq o‘rgatish bosqichlari:
1. Qo‘shiq bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan oldin, odatda, o‘qituvchi qo‘shiqning kayfiyati, mazmuni, muallifi haqida so‘z yuritadi, Vatan, tabiat, maktab, do‘stlik haqida kuylovchi bir qator asarlar boshlang‘ich sinflar musiqa repertuaridan o‘rin olgan. Kirish so‘zi 1-2 minutdan oshmasligi zarur. Masalan, bolalarga xalq qo‘shiqlari haqida ma’lumot berilganda o‘qituvchi ularga qadimgi qo‘shiqlarni xalqning o‘zi ijod etgani, ya’ni har bir qishloq, shaharda taniqli qo‘shiqchilar, musiqachilar bo‘lib, ular yil fasllari va turli bayramlarga bag‘ishlab qo‘shiqlar yaratganliklari, doira, dutor, g‘ijjak kabi cholg‘u asboblari yasaganliklari, ular yaratgan qo‘shiq va kuylar avloddan-avlodga o‘tib, yashab kelayotganligini so‘zlab beradi. Yana bir misol, 2-sinf repertuaridan A.Mansurovning Qambar Ota she’riga bastalagan «Piyoda askarlar qo‘shig‘i» joy olgan. Bu qo‘shiqni o‘rgatish oldidan o‘qituvchi Vatan himoyachilarining qahramonona kasblari haqida gapirib, bolalarda O‘zbekistonimiz bilan g‘ururlanish, fahrlanish tuyg‘ularini hosil qiladi. O‘qituvchi ularda qo‘shiqqa nisbatan ijodiy yondashuvini yuzaga keltirish maqsadida qo‘shiqning mazmuniga mos keladigan rasm, she’r, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan samarali foydalanishi o‘quvchilarda qiziqish va faollik uyg‘otadi. Odatda suhbatlarni bolalarning hayotiy tajribalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2. Navbatdagi bosqich – qo‘shiqni shaxsiy ijroda ko‘rsatish. O‘qituvchi yangi qo‘shiqni o‘z ijrosida ifodali, badiiy tarzda ko‘rsatishi lozim. Chunki, faqat badiiy ijro yosh tinglovchilarda qiziqish uyg‘otadi. O‘qituvchi birinchi bor ko‘rsatishda qo‘shiqning 1-bandini kuylash bilan chegaralanishi maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ijro qo‘shiq haqida to‘la tushuncha bermaydi, o‘quvchilarda yetarli qiziqish uyg‘otmaydi.


Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə