Mavzu: dvigatelning aylanish tezligini nazorat qiluvchi sistemani strukturaki prinspial sxemasini algoritimini va dasturini tuzish mundarija kirish I bob dvigatel nima?



Yüklə 366,39 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü366,39 Kb.
#139087
  1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI




Mavzu: DVIGATELNING AYLANISH TEZLIGINI NAZORAT QILUVCHI SISTEMANI STRUKTURAKI PRINSPIAL SXEMASINI ALGORITIMINI VA DASTURINI TUZISH
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………3-4
I BOB DVIGATEL NIMA?

    1. DVIGATEL TUZULISHI……………………………………..5-8

1.2 DVIGATEL ISHLASH PRINSIPI ……………………………9-12
II BOB DVIGATEL QUVVATI VA TEJAMKORLIGINI ORTIRISH
2.1 DVIGATEL QUVVATI ………………………………………..13-16
2.2 DVIGATEL TEJAMKORLIGINI ORTIRISH………………17-20
III BOB DVIGATEL AYLANISH TEZLIGINI NAZORAT QILISH
3.1 DVIGATEL AYLANISH TEZLIGI……………………………21-30
3.2 DVIGATELNING STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI……31-35


XULASA…………………………………………………………………..36

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………….37



KIRISH
Respublikamizda barcha turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish yildan yilga oshm oqda. E kspluatatsiyada b o ‘lgan avtomobillarning soni kundan kunga ko‘paymoqda. Avtomobillarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ratsional ekspluatatsiya qilish, yuk va yo‘lovchi tashish quw atini oshirish hamda uning tannarxini kamaytirish va boshqa vazifalarni hal qilishda avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini o ‘rganish katta ahamiyatga ega. Avtomobilning yuk tashish quw atini oshirish va tannarxini kamaytirish uchun uning o‘rtacha harakat tezligini oshirish, yonilg‘i sarfini kamaytirish, haydovchi va yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratish, transportning harakat xavfsizligini ta’minlash zarur. Texnik-mexanik tayyor avtomobilni ishlatib, avtomobilning ekspluatatsiyasi va ta ’miri bilan shug‘ullanadi. Bundan ravshanki, avtom obillar ekspluatatsiyasini to ‘g‘ri tashkil etish uchun ular dvigatel nazariyasini chuqur o‘rganishlari va avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini ish sharoitiga moslab avtomobil tanlashlari zarur. Bundan tashqari, dvigatel va avtomobillar nazariyasi yangi dvigatellar va avtomobillar loyihalash, yangi m odellarni esa tezroq chiqarish uchun zarur. N azariyaning asosiy xulosalari dvigatelni va avtomobil qismlarini hisoblashda qoilaniladi. Hozirgi zamon transport vositalariga (avtomobil, traktor, yo‘l qurish mashinalari) kuch agregati sifatida asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari o ‘rnatiladi. Bunday dvigatellarda ish aralashmasi yonganda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi mexanikaviy energiyasiga aylanadi. Ichki yonuv dvigatellarida barcha turdagi yonilg‘ilarni ishlatish mumkin. U lar ixchamligi, ishga chidamliligi va yonilg‘ini kam sarflashi bilan boshqa dvigatellardan ustun turadi. 5 Birinchi ichki yonuv dvigateli Lenuar (1860-yil Fransiya) va N. Otto (1877-yil Germaniya) tom onidan ishlab chiqildi. Bu dvigatellarda yonilg‘i sifatida gaz ishlatildi. XIX asrning oxiriga kelib, ichki yonuv dvigatellarida gaz o‘rniga suyuq yonilg‘ilar ishlatila boshladi, chunki bu vaqtga kelib neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan edi. Rossiyada 1889-yilda m uhandis I.S. Kostovich uchqun bilan o‘t oldiriladigan dvigatelning birinchi namunasini ishlab chiqdi, 1899-yilga kelib hozirgi zam on dizelining sanoat namunasi ishlab chiqildi. Shuni ta ’kidlash lozimki, bu dvigatel nemis muhandisi R. Dizel (1897-yil) tom onidan yaratilgan bo‘lib, kerosinda ishlaydigan dvigateldan ancha tejamli ishlar edi. Dizel deb atalgan bu dvigatelda yonish jarayoni havoning siqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Karburatorli dvigatellarga nisbatan dizellarda yonilg‘ining sarfi tejamli bo‘lgani uchun hozir ular barcha transport vositalarida ishlatilmoqda. Karburatorli (uchqun bilan o ‘t oldiriladigan) dvigatellar yengil avtomobillarga, yengil va o ‘rtacha yuk ko‘taradigan avtomobillarga o ‘rnatiladi. Ichki yonuv dvigatellarining keng ko‘lamda rivojlanishida rus olimlaridan professor V.I. Grinevetskiy, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi N.R. Briling, akademik B.S. Stechkin va professor E.Q Mazingning xizmatlari katta. Bundan tashqari, dvigatellar konstruksiyalarini rivojlantirishda ko‘pgina zavod (ZIL, GAZ, AZLK, YaM Z, MAZ, A M Z, VTZ, XTZ) va ilm iy-tadqiqot institutlari (N A M I, NATI, SN ID I, SNITA) ham tegishli ishlarni amalga oshirganlar. Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Vazifasi bo‘yicha: statsionar dvigatellar; avtom obil, traktor va yo‘l qurish m ashinalariga o‘rnatiladigan dvigatellar. 2. Ishlatiladigan yonilg‘ining turi bo‘yicha: yengil suyuq yonilg‘i (benzin, benzol, kerosin, ligroin va spirt) bilan ishlaydigan dvigatellar; og‘ir suyuq yonilg‘i (mazut, solyar moyi, dizel yonilg‘isi va gazoyl) bilan ishlaydigan dvigatellar; gaz holatidagi yonilg‘i (tabiiy va generator gazlari) bilan va aralash yonilg‘i (gaz va benzin) bilan ishlaydigan dvigatellar. 6 3. Issiqlik energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantirish usuli bo‘yicha: porshenli; gaz turbinali va rotor-porshenli dvigatellar. 4. Ish aralashmasini hosil qilish usuli bo‘yicha: silindrdan tashqarida; silindr ichida ish aralashmasi hosil qilinadigan dvigatellar. 5. Ish aralashmasini yondirish usuli bo‘yicha: uchqun bilan o ‘t oldiriladigan; siqish natijasida o‘t oldiriladigan; forkamerali (alanga bilan o ‘t oldiriladigan) dvigatellar. 6 . Ish siklini amalga oshirish usuli bo‘yicha: to ‘rt va ikki taktli dvigatellar. 7. Yuklanish o‘zgarganda dvigatelni rostlash usuli bo‘yicha: ish aralashmasining sifati; ish aralashmasining miqdori; ish aralashmasining ham sifati, ham miqdori rostlanadigan dvigatellar. 8 . Silindrlarning joylashishi bo‘yicha: vertikal (tik) qatorli, gorizontal-qatorli; V — simon; yulduz shaklli va silindrlari qaram a-qarshi yotuvchi dvigatellar. 9. Sovitish usuli bo‘yicha: suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellar; havo bilan sovitiladigan dvigatellar.



Yüklə 366,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə