Mavzu: kompyuter testlari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashti kirish mavzuning dolzarbligi



Yüklə 46,46 Kb.
səhifə1/9
tarix13.10.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#127751
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTIRISH


MAVZU: KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTI


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Bizga pedagogika kursidan ma'lumki, dars maktablarda olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy jarayonning asosidir. Shuning uchun ham dars jarayonida o'tiladigan mavzu mazmunini umumta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va amaliy xarakterdagi tomonlari ochib beriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinganidan keyin maktablarimizda o'tiladigan har bir dars vazirlar mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan, ta'lim standartlari asosida olib borilishligi aytib o'tilgan. Har bir dars o'quv tarbiyaviy jarayondir. Shuning uchun ham har bir darsda o'quv-tarbiyaviy jarayonining maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va uning vositalari orasidagi o'zaro aloqalar mazmunan ochib beriladi. Agar biz metodika nuqtai-nazar­dan matematika va informatika darslarining tuzilishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda quyidagi didaktik maqsadlar amalga oshiriladi. Darsning boshida o'quvchilar bilimi tekshiriladi. Bu tekshirish savol-javob asosida yoki didaktik tarqatma materiallar asosida o'tkaziladi. Bunda qaysi o'quvchining avvalgi o'tilgan mavzu mazmunini qanday o'zlashtirgani va qanday qiyinchilikka uchragani hamda ana shu mavzu materiali yuzasidan o'quvchilarning olgan bilimi va ko'nikmalari tekshiriladi. O'quvchilarning bergan javoblari o'qituvchi tomonidan izohlab baholanadi. Shundan keyin darsning asosiy maqsadi yangi mavzu o'quvchilarga tushuntiriladi va uni mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan birgaiikda misol yoki masalalar yechiladi. Bundan tashqari ana shu mavzu mazmunini qanday darajada o'quvchilar o'zlashtirganliklarini bilish uchun o'qituvchi tomonidan o'quvchi­larga nazariy va amaliy xarakterdagi savollar ham berib boriladi. Bundan keyin uyga vazifa berish va uni bajarish yuzasidan zarur ko'rsatmalar beriladi. Yuqoridagi aytib o'tilgan bosqichlardan ko'ri­nadiki, matematika va informatika darslariga tayyorgarlik ko'rish o'qituvchidan o'rganiladigan mavzuning maqsadi va uning mazmuni nimalardan iborat ekanligini aniqiashdan iboratdir. Har bir o'qituvchi ertaga o'tadigan matematika va informatika darsida qanday o'quv-metodik jarayonni amalga oshiraman degan savolga javob-izlashdan boshlashi kerak. 45-minutIik dars vaqtini taqsimlashda yangi materialni o'quvchilarga tushuntirishga va uni mustahkamlash yuzasidan misol va masalalar yechishga ko'proq vaqtni ajratish zarur. Ko'p hollarda maktab o'qituvchilari ko'proq vaqtni uy vazifasini tekshirishga sarf qilib, yangi mavzu mazmunini bayon qilish va uni mustahkamlash vaqtini qisqartirishga olib keladilar. Bu usuldan qochish kerak, chunki darsning asosiy maqsadi yangi mavzu mazmunini o'quvchilarga tushuntirish va uni mustahkamlashdan iboratdir. Agar uyga vazifa berish ishi to'g'ri tashkil etilsa, ular o'quvchilaming bilimlarini mustahkamlaydi, mustaqil ishlash malakasini shakllantiradi, matematika va informatika fanlarini o'rganishda chidamlilik va tirishqoqlik malakalarini tarbiyalaydi. Uyga berilgan har bir topshiriq ko'pchilik o'quvchilaming kuchi etadigan, o'quvchilar vazifaning ma'nosini va qanday bajarish kerakligini tushuna oladigan darajada bo'Iishi kerak.Topshiriqning og'ir-engilligi o'quvchining sinfda o'tilgan materialni o'zlashtirishi va uni tushunishi bilan uzviy bog'liqdir, shuning uchun ham o'qituvchi uy vazifasini belgilashda o'quvchilaming uni bajarishga tayyor yoki tayyor emasligini nazarda tutishi lozimdir.
Berilgan vazifalargina qo'yilgan maqsadga ya'ni o'quvchilarni o'tilgan mavzular mazmunini puxta o’zlashtirishlariga olib keladi.

Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə