Mavzu: Naqd pul muomalasi va uni tashkil etish masalasi



Yüklə 5,96 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü5,96 Kb.
#158716
shaxa bank ishi prezitatsiya

Mavzu:Naqd pul momalasi va uni tashkil etish masalasi

Tayyorladi: Yarashev Shaxzod

  • 2021 yilda chakana savdo hajmi o`sishining 2020 yildagi 5,7 foizdan 12 foizgacha, pullik xizmatlar ko`rsatish hajmining 3 foizdan 19,2 foizgacha tezlashishi, shuningdek, ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to`lovlar miqdorining oshib borishi naqd pulga bo`lgan talab va taklifni shakllanishida asosiy omillardan bo`ldi.
  • Natijada, 2021 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga oshib, 507,2 trln. so`mga yetdi va uning tarkibiy shakllanishida o`tgan yillarga nisbatan deyarli o`zgarish kuzatilmadi.

1-rasm: Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi

  • Naqd pul aylanmasida bank kassalariga naqd pul tushumlari hajmi 251,7 trln. so`mni, bank kassalari va bankomatlardan chiqim qilingan naqd pullar 255,5 trln. so`mni tashkil etdi.
  • Naqd pul tushumlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2019 yildagi 26,9 foizdan 2021 yilda 34,3 foizgacha oshishi kuzatildi. Mazkur ko`rsatkichning oshib borayotganligi, o`z navbatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi ortib borayotganligi bilan izohlanishi mumkin.
  • Shu bilan birga, 2021 yilda, o`rtacha nominal ish haqining 20 foizga o`sishi, nafaqa va boshqa ijtimoiy to`lovlar miqdorining 2 marta 10 foizdan oshirilishi hamda to`lov tizimlari infratuzilmasiga inovatsion texnologiyalarning joriy etib borilayotganligi bank kartalariga mablag`lar kelib tushish hajmini 1,7 barobarga oshib, qariyb 300 trln.so`mga yetishiga ta’sir etuvchi omillardan bo`ldi.
  • Ushbu davrda aholi tomonidan bank kartalaridan naqdlashtirib olingan mablag`lar 95 trln. so`mni (31,7 foiz) tashkil etdi.

2-rasm: Bank kartalariga kelib tushgan mablag`lar va ularni naqdlashtirish hajmlari dinamikasi

  • 2021 yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar hajmining 2020 yilga nisbatan 75,3 trln. so`mga oshishi kuzatilgan bo`lsa, ushbu o`sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish (32,9 trln.so`mga) hamda banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish hajmlarining (22,2 trln. so`mga) oshishi hisobiga yuzaga keldi.

3-rasm: Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo`yicha tarkibiy dinamikasi

  • Banklar kassalaridan naqd pulga bo`lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo`shimcha naqd pullar chiqarib borildi hamda ayrim davrlarda muomaladagi ortiqcha naqd pullarning qaytishi kuzatildi.

4-rasm: Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi

  • 2022 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20 foizni tashkil qilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaydi. YIMga nisbatan ulushi esa 4,1 foizdan 3,9 foizgacha pasaydi.
  • Muomaladagi naqd pullarning nominal qiymati bo`yicha tarkibi to`g`risida
  • Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog`ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni sezilarli darajada kamaydi.
  • Jumladan, 2021 yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so`mdagi miqdori bo`yicha 100 000 so`mlik banknotlar ulushi – 27,3 foizdan 34,8 foizga yetgan bo`lsa, 50 000 so`mlikning ulushi – 38,8 foizdan 34,2 foizga, 10 000 so`mlikning ulushi – 15,7 foizdan 14,5 foizga, 5 000 so`mlik – 16,1 foizdan 12,7 foizga, 1 000 so`mgacha – 2,1 foizdan 1,4 foizga tushdi. Shuningdek, 2 000 so`mlik (0,3 foiz) va 20 000 so`mlik (2,1 foiz) namunadagi banknotlar muomalaga kiritildi.

5-rasm: Muomalaga chiqarilgan banknotlarning nominal qiymatlari bo`yicha ulushi

  • Buning natijasida, muomalaga chiqarilgan banknotlar soni 492,4 mln. donaga yoki 18 foizga kamaydi.
  • Muomalada banknotlar sonining kamayishi aholi uchun naqd puldagi to`lovlarda qulayliklar yaratishga, banklar uchun esa naqd pullar bilan ishlashni, jumladan ularni sanash, saralash va o`rab-bog`lash jarayonlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.
  • Shu bilan birga, chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2021 yil davomida qo`shimcha 14,6 mlrd. so`mlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmog`i 0,16 foizga yetdi.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 5,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə