Mavzu: ochlikda karbonsuvlar, yog'lar va oqsillar almashinuvining buzilishi

Yüklə 37,84 Kb.
səhifə1/5
tarix05.07.2023
ölçüsü37,84 Kb.
#119311
  1   2   3   4   5
Mavzu ochlikda karbonsuvlar, yog\'lar va oqsillar almashinuvinin

MAVZU: OCHLIKDA KARBONSUVLAR, YOG'LAR VA OQSILLAR ALMASHINUVINING BUZILISHI.
Yogʻ, moy — organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yogʻ kislotalar (triglitseridlar)ning toʻliq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yo. — hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar xujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Bular bir xil yoki turli yogʻ kislotalarning radikallari boʻlishi mumkin. Yo. molekulasida tuyingan yogʻ kislotalardan stearin va palmitin kislotalar koʻproq, toʻyinmagan yogʻ kislotalardan olein, linol va linolen kislotalar uchraydi. Yo.ning fizikkimyoviy va kimyoviy xossalari tarkibidagi toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalar nisbatiga bogʻliq. Yo. suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, spirtda oz eriydi. Oʻta qizigan bugʻ, mineral kislotalar yoki ishqor taʼsir ettirilganda gidrolizlanib (sovunlanib), glitserin va yogʻ kislotalar yoki ularning tuzlari (sovunlar)ni hosil qiladi. Suv qoʻshib qattiq chayqatilganda emulsiyalar vujudga keladi. Yo.ning barkaror emulsiyasiga sut misol boʻla oladi. Tabiiy Yo. hayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.lar (qoramol, qoʻy, sut, baliq va b. yogʻi) va oʻsimlik moylariga boʻlinadi. Uy hayvonlarining yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.larning tarkibi va xossalari jadvalda keltirilgan. Tarkibida toʻyingan yogʻ kislotalar koʻproq boʻlsa — qattiq Yo., suyuqlanish trasi yuqori (mas, mol, qoʻy yogʻi), toʻyinmagan yogʻ kislotalar koʻproq boʻlsa — suyuq Yo. boʻladi (mas, dengizlarda yashaydigan sut emizuvchilar va baliqlardan olinadigan Yo.). Sut yogʻi alohida oʻrinda turadi (sariyogʻda 81 — 82,5% gacha, sigir sutida 2,7—5,0%, echki sutida 5—5,5%, qoʻy sutida 6,9%, bugʻu sutida 17%, delfin sutida 46% gacha sut yogʻi bor). Sut yogʻida 32% gacha olein, 24% palmitin, 10% miristin, 9% stearin va b. kislotalar bor. Xayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.da triglitseridlardan tashkari, glitserin, fosfatidlar (letsitin), sterinlar (xolesterin), boʻyoq moddalar — lipoxromlar, A, Ye, Gʻ vitaminlar mavjud. Fosfatidlar hujayra va toʻqimalarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Sterinlar esa Yo. va xolesterin almashinuvida ishtirok etadi. Dengiz sut emizuvchi hayvonlari va baliklar jigaridan olinadigan Yo.da A vitamin ayniqsa koʻp. Sut yogʻida K va D vitamin ham boʻladi. Organizmda Yo. — asosiy energiya manbai. Yo. uglevodlarga nisbatan 2 hissa koʻp energiya beradi (1 g Yo. oksidlanganda 9 kkal issiklik hosil boʻladi). Yo. issiqni yomon oʻtkazadi, shuning uchun teri ostidagi Yo. organizmni issiklik nobudgarchiligidan saqlovchi qimoya qatlami boʻlib xizmat qiladi. Odam va hayvon organizmida Yo. sof mexanik va plastik funksiyani ham oʻtaydi. Mexanik taʼsirga duch keladigan aʼzolar (mas, qoʻloyoq kaftlari, dumba)da yumshoq elastik qatlam hosil qiladi. gavdaga yumaloq shakl beradi, ichki organlarni xalta kabi oʻraydi (mas, buyrak atrofidagi Yo. qatlami), ularni muayyan vaziyatda ushlab turadi va tashki shikastdan sakdaydi. Hayvon va odam organizmida Yo.ning hazm boʻlishi (oʻzgarishi) va qayta sintezlanishi (resintez) Yo. almashinuvi deb ataladi. Yo. ogʻiz boʻshligʻida oʻzgarmaydi, chunki unda Yo.ni parchalovchi fermentlar yoʻq. Yo. meʼdada parchalana boshlaydi, lekin bu jarayon sekin boradi, chunki meʼda shirasidagi lipaza faqat emulsiyalangan Yo.ga taʼsir eta oladi, holbuki meʼdada Yo. emulsiyalana olmaydi. Emulsiyalangan sutni onasidan oladigan goʻdak bolalardagina meʼdada 5% gacha Yo. parchalanishi mumkin. Yo. ichakda oʻt kislotalarning tuzlari bilan emulsiya holiga kelgandagina lipaza taʼsirida monoglitseridlargacha va qisman glitserin hamda Yo. kislotalargacha parchalanadi. Oʻt kislotalar ichak lipazasini faollashtiradi va Yo.larni emulsiya holiga keltiradi, erkin Yo. kislotalarning soʻrilishiga yordam beradi. Ingichka ichak shilliq pardasidan soʻrilgan Yo. kislotalardan shu organizmga xos Yo. va lipidlar qayta sintezlanadi, qisman oʻzi ham qonga soʻriladi. Yangidan sintezlangan triglitseridlar, shuningdek, parchalanmay soʻrilgan triglitseridlar va erkin yogʻ kislotalar ichak devoridan limfa sistemasiga, shuningdek, qopqa vena sistemasiga oʻtishi mumkin. Limfa sistemasiga koʻkrak limfa yoʻli orqali triglitseridlar umumiy qon aylanish doirasiga ozozdan qoʻshilib, organizmning Yo. depolari (teri osti, charvi, buyrak atrofi)da toʻplanadi. Qopqa vena sistemasiga kirgan triglitseridlar va yogʻ kislotalarning koʻpchiligi esa jigarda ushlanib qolib, yanada oʻzgaradi. Toʻqimalardagi oraliq almashinuv jarayonida Yo. toʻqimalardagi lipazalar taʼsirida glitserin va Yo. kislotalargacha parchalanadi, bular esa yanada oksidlanib, koʻplab energiya ajralib chiqadi, ana shu energiya adenozintrifosfat kislota shaklida yigʻiladi. Glitserin oksidlanganda sirka kislota hosil boʻladi, bu kislota esa atsetilKoA shaklida trikarbon kislotalar sikliga qoʻshiladi. Shu bosqichda Yo.lar almashinuvi oqsil va uglevodlar almashinuvi bilan toʻqnashadi. Odam va hayvon toʻqimalarida yuqori Yo. kislotalar karnitin bilan reaksiyaga kirishadi, buning hosilalari esa mitoxondriyalar membranasidan oʻtib keta oladi. Mitoxondriyalar ichida Yo. kislotalar ketmaket oksidlanib, qoʻsh uglerodli faol komponent — atsetilKoA ni yuzaga chiqaradi. Bu modda esa trikarbon kislotalar sikliga qoʻshiladi yoki boshka biosintez reaksiyalarida sarflanadi. Yo.lar almashinuvini nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning gormonlari nazorat qilib turadi. Oʻsimliklarda Yo. uglevodlardan hosil boʻladi. Bu jarayon pishayotgan urugʻ va mevalarda tezrok, boradi. Urugʻ unayotganda teskarisi boʻladi: Yo.lar lipazalar taʼsirida glitserin va yogʻ kislotalarga parchalanadi, bulardan esa uglevodlar hosil boʻladi. Yo. avvalo, oziqovqat sifatida koʻp ishlatiladi. Dengiz sut emizuvchilari va baliklarning yogʻ toʻqimalaridan ovqatbop, tibbiyot, veterinariya va texnikada ishlatiladigan Yo. tayyorlanadi. Moʻylovdor kitlarning yogʻ toʻqimalaridan olingan Yo.ni gidrogenlab (qarang Yogʻlarni gidrogenlash), margarin tayyorlanadi. Tibbiyotda ishlatiladigan A. vitaminli Yo. treska baliqlarining jigaridan olinadi. Veterinariyada ishlatiladigan Yo. dengiz sut emizuvchilari bilan baliqlar toʻqimasi va jigarining yogʻidan tayyorlanib, q. x. hayvonlariga hamda parrandalarga beriladi. Texnikada ishlatiladigan baliq yogʻi asosan, turli chiqindilar (baliq boshi, suyaklari, ichakchavogʻi, suzgich qanotlari)dan xashaki un ishlab chiqarishda olinadi va terini ishlash, yuvuvchi moddalar, krem va b. tayyorlashga ketadi.
Pazandachilikda Yo.ni ishlatishdan oldin oʻta kuchli olovda oq tutun chiqquncha dogʻlanadi. Dogʻlash oxirida qozondagi Yo.ga yirik tuz va biron bir sabzavot, koʻpincha archilgan butun piyoz tashlanadi. Bu hol Yo.ni totli qilish bilan birga uning hazm boʻlishini osonlashtiradi. Paxta Yo.i yaxshi dogʻlansa, uning tarkibidagi gossipol bezarar holga keladi. Yogʻni qattiq qizdirib dogʻlash texnologiyasining kelib chiqishiga qadimdan oʻzbek pazandachiligida dogʻlanishi qiyin boʻlgan zigʻir Yo.i, kunjut moyi, qoʻy yogʻi, endilikda esa koʻproq paxta moyidan foydalanish sabab boʻlgan. Sariyogʻ, kungaboqar, zaytun moyi bir oz qizitilgandayoq dogʻ boʻladi. Yo. dogʻlashni xalkda "YO.ni chu chitish" deb yuritiladi. Dogʻlash muddati yogʻning miqdoriga bogʻliq. 1 kg yogʻni 30—35 min., 3—5 kg yogʻni esa 60—70 min. davomida chuchitiladi

Oqsillarning mo’tadil sintezlanishi uchun bola organizmiga yetarli miqdorda suv va tuzlarning tushishi zarur. Odatda yog’lar oqsillar sintezlanishiga biroz to’xtatib turuvchi sifatida ta’sir ko’rsatsa, uglevodlar aksincha oqsillar sintezlanishini tezlashtiradi.
Bolalar mo’tadil o’sishlari uchun oqsilli optimum zarur, lekin minimum emas, oqsillar yetishmaganida uglevodlarning hazmlanishi buziladi. Lekin katta miqdordagi oqsil organizm uchun zararli, chunki organizmni ishqor-kislotali muvozanatini buzadi va asidozni keltirib chiqaradi. Bolalar organizmining oqsillarini tuzilishi uchun hayvonot dunyosining to’la qimmatli oqsillari zarur. Bolalar iste’mol qilayotgan uglevodlar va oqsillardan yog’lar hosil bo’lishiga qaramay, ular iste’mol qilayotgan ovqatlarning tarkibiy qismini yog’ lar tashkil qilishi kerak.
Ortiqcha yog’ ham organizm uchun zararli, chunki organizmda asidoz holatini chaqiradi. Bolalarga yedirilayotgan ovqatlar tarkibidagi yog’larning miqdorigagina emas, balki uning sifatiga ham e’tibor berish kerak. To’la qimmatli oziqa yog’larining tarkibida albatta vitaminlar va lipidlar ham bo’lishi zarur. Uglevodlar bolalar organizmi tomonidan juda yengil o’zlashtiriladi (98-99 % gacha). Oziqalar bilan uglevodlarni qabul qilinishi ularning qonida qand miqdorini 2 martagacha oshirishi mumkin. Lekin bolalar va o’smirlarning organizmi voyaga yetgan odamlarnikiga nisbatan ancha chidamli. Bu chidamlilik odatda bolalarning yoshiga (bola qancha yosh bo’lsa, unda shuncha past yoki kam miqdorda oziqlanish giperglikemiyasi kuzatiladi) oziqlanishi, ovqat hazmining holati va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Bola organizmi tomonidan o’zlashtirilgan madanli moddalarning miqdori faqatgina organizmining ularga bo’lgan talabi bilan emas, balki iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibidagi miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Organizmning o’sishi uchun kalsiy muhim ahamiyatga ega. Unga bo’lgan talab o’sishning birinchi yilida va balog’ atga yetgan davrda ancha yuqori bo’ladi. O’suvchi organizm uchun fosforning ham ahamiyati katta. Qon hosil bo’lishi uchun temir zarur bo’lsa, natriy, kaliy, kalsiy va boshqa elementlar ionlarining nisbati juda katta ahamiyatga ega, chunki ularning miqdori har bir yoshda o’zgarib turadi.
O’suvchi organizm uchun suvning ahamiyati juda yuqori. Bolalar organizmning o’sishi organizmdagi moddalar almashinuvining jadal kechishini ta’minlash uchun suvning yetarli miqdorda bo’lishiga bog’liq. Suvning biriktirib olishda va uning berilishida oqsillarning roli juda katta. Yosh bolalarda suvning yetishmasligi oraliq almashnuvni keskin buzadi. Bolalarning yoshiga qarab, 1 kg tirik massaga xarajatlanayotgan bir kecha-kunduzlik energiya miqdori ham kamaya boradi.
Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan mo’tadil rivojlanishi uchun ratsion asosida oziqlanish juda muhim ahamiyatga ega. Oziqlanish mahsulotlari turli yoshdagi organizm talablarini qondiribgina qolmasdan, ya’ni faqatgina hayotiy jarayonlarni ta’minlash uchungina emas, balki qisman bo’lsada yetarli darajada o’sish va rivojlanish uchun to’la qimmatli oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv va vitaminlarni organizmda zahira holida jamlanishini ta’minlash kerak. Shu sababli, turli yoshdagi bolalarning kunlik oziqlanish ratsionlarida oqsillar, uglevodlar va yog’larning ma’lum miqdordagi nisbati saqlanishi zarur. Bolalarni ovqatlari yetarli miqdorda kletchatka saqlashi zarur va ovqat hazmi kanalining motorikasini ta’minlovchi, chiqariluvchi mahsulotlarni saqlashi kerak.
Voyaga yetgan odamlardan farqli o’laroq bolalar organizmining mo’tadil o’sishi va rivojlanishi uchun to’g’ri tartib asosida oziqlanish yanada kattaroq ahamiyatga ega. To’yib ovqatlanmaslik kabi me’yoridan ortiqcha yeb qo’yishni oldini olish maqsadida har bir ovqatlanish uchun (5-6 marta hayotning birinchi oyida, 2-3 oylikda –5 marta, 1,5 yoshdan boshlab –4 marta) ma’lum miqdorda ovqatlar taqsimlanishi kerak.
1,5 yashar bolalar 4 marta ovqatlanishga o’tganidan keyin har kuni kamida 2-marta issiq ovqat yeyishi kerak.
Bundan tashqari, bolalarni ovqatlantirishda oziq mahsulotlarining nisbati va ulardagi tuyimli moddalar hisobga olinishi zarur, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarga 75 % hayvonot dunyosi oqsillari va 25 % o’simliklar dunyosi oqsillari (non, meva, sabzavotlar) berish kerak.
3 dan 5 yoshgacha – 65 % hayvonot va 35 % o’simliklar oqsili, 5 yoshdan katta bolalarga – 50 % hayvonot va 50 % o’simliklar oqsillari (voyaga yetgan odamlarga esa – 30 % dan kam bo’lmagan hayvonot oqsili) berilishi kerak.
Bolalar organizmining oqsillarga bo’lgan talabi yoz paytida tashqi haroratni ko’tarilishi va katta miqdordagi harakat tufayli 15-20 % ortadi. Sabzavotlar ko’katlar va mevalar bolalik davrida juda foydali, chunki ularning tarkibida katta miqdorda mineral moddalar va vitaminlar saqlanadi, shu bilan birga ichaklarda achish-bijg’ ish va chirish jarayonlarini chiqarmaydi.

Yüklə 37,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə