Mavzu: Qiyosiy-tarixiy metod



Yüklə 305,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü305,15 Kb.
#145371
  1   2   3   4   5
13.1.Qiyosiy-tarixiy metod (seminar) (2)



Mavzu: Qiyosiy-tarixiy metod 
(seminar) 
 
1. Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanish omillari. 
2. Qiyosiy adabiyotshunoslik (adabiy komparativistika). 
3. Qiyosiy-tarixiy metod va adabiy komparativistika orasidagi farqlar haqida. 
4. A.N.Veselovskiyning qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik nazariyasi.
5. V.M.Jirmunskiyning ilmiy qarashlari. 
Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslikning shakllanish omillari 
• 
Iogan Gotfrid Gerder (1744–1803) turli xalqlar folklorini o„rganishga, ularda 
umumiy jihatlarni topishga, tillarning kelib chiqishiga qiziqadi; Yevropa xalqlari 
madaniyatidagi mushtaraklikka e‟tibor qaratadi;
• 
Iogan Volfgang Gyote (1749–1832) madaniyatshunoslikka “jahon 
adabiyoti” tushunchasini olib kirdi, bashariy madaniyatning birligi, xususan, Sharq va 
Gʻarb madaniyatlarining umumiyligi g„oyasini ilgari surdi; 
• 
Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770–1831) estetik ta‟limotida tarixiylik 
prinsipi ustuvor bo„ldi, “Sharq” va “Gʻarb” tushunchlarini jug„rofiy va 
madaniyatshunoslik nuqtayi nazarlaridan asosladi; ularni bir-biri bilan chambarchas 
bog„liq, doimiy aloqadagi va bir-biriga zid ma‟naviy-ruhiy olamlar deb talqin qildi. 
Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslikning shakllanish omillari 
• 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanishi; sanskritning Yevropa tillari 
uchun umumiy “bobotil” ekanligining isbotlanishi
• 
“mifologik maktab”ning oyoqqa turishi, aka-uka Grimmlarning Yevropa 
xalqlari kelib chiqishining umumiyligini ularning mifologiyasidagi umumiylik orqali 
izohlashi;
• 
Turli xalqlar madaniyatida umumiy kelib chiqish bilan bog„liq bo„lmagan 
mushtarakliklar ham borligi, ular xalqlar orasidagi tarixiy aloqalar, mifologik 
tasavvurlar va folklor motivlari migratsiyasi bilan bog„liqligining anglanishi
mifologik maktabga zid o„laroq, Teodor Benfey “o„zlashtirish nazariyasi”ni oldinga 
surishi. 

Yüklə 305,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə