Mavzu: “Rezyume va uning turlari.” Bajardi: Tekshirdi: Angren 2023



Yüklə 191,6 Kb.
səhifə1/4
tarix15.03.2023
ölçüsü191,6 Kb.
#102552
  1   2   3   4
Rezyume va uning turlari




ANGREN UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH


Mavzu: “Rezyume va uning turlari.
Bajardi:
Tekshirdi:


Angren 2023

Reja:


  1. Rezyume ta’rifi va turlari




  1. Rezyumega qo’shilmaydigan ma’lumotlar




  1. Rezyume namunasi

Rezyume ish qidiruvchilar uchun muhim vositalardan biridir. Chunki u potentsial ish beruvchilarga sizning ish tajribangiz, ma’lumotingiz va kasbiy ko’nikmalaringiz haqida qisqacha ma’lumot beradi. Shu bilan bir qatorda, rezyume sizning yutuqlaringiz va malakalaringizni namoyish qilish va nima uchun e’lon qilingan ish joyiga eng munosib ekanligizni ko’rsatish uchun yana bir imkoniyatdir. Ammo har hil turdagi rezyumerlar mavjud bo’lgani sababli, boshida qayerdan boshlash sizga qiyin tuyulishi mumkin. Ushbu maqolada rezyumerlar haqida umumiy ma’lumotlar va qolgan raqobatchi nomzodlardan ajralib turishingizga yordam beradigan foydali maslahatlar beriladi.


Rezyume ta’rifi va turlari
Rezyume, ba’zida resume yoki uning sinonimi CV (curriculum vitae), shaxsning ish tajribasi, ta’limi, malakasi va aloqa kontaktlari kabi shaxsiy ma’lumotlari jamlangan hujjat hisoblanadi. Ko’pincha rezyume yangi ish qidirilayotganda ish beruvchi bilan suhbatga (intervyu) taklif olish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun undagi ma’lumotlar aniq, yetarlicha to’liq, onson o’qiladigan va 1-2 varroqdan oshmaydigan qisqa bo’lishi kerak. CV esa ko’proq akademik muhitda ishlatilib, uning hajmi rezyumedan ancha uzunroq bo’ladi. Rezyumeni tuzishda odatda shaxsning ismi sharifi, turar joyi, bog’lanish uchun e-mail yoki telefon kontaktlari, olgan ma’lumoti, ish tajribasi va har qanday o’rinli kasbiy ko’nikmalari va yutuqlari haqida bo’limlar kiritiladi. Shuningdek, u kasbiy sertifikatlar, ilmiy maqolalar va mukofotlar kabi ixtiyoriy bo’limlarni o’z ichiga olishi ham mumkin.
Ma'lumot
Rezyumelar haqida qiziqarli faktlar:

  • “Resume” so’zining birinchi ma’lum qo’llanilishi XVI asrga to’g’ri keladi va frantsuzcha “resumer” so’zidan olingan bo’lib, “jamlash” degan ma’noni anglatadi.

  • O’rtacha ish beruvchi rezyumeni ko’rib chiqish uchun atigi olti soniya vaqt sarflaydi.

  • O’rtacha rezyumeni ishga qabul qiluvchi menejerga yetguncha uch-besh kishi o’qiydi.

Bir nechta rezyume turlari mavjud, qaysi ma’lumotlarni urg’ulash muhimligidan kelib chiqqan holda o’zingizga mos keladiganini qo’llashingiz mumkin. Quyida ba’zi keng qo’llaniladigan turlarini keltiriladi:

Yüklə 191,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə