Mavzusida yozgan



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə1/10
tarix10.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#132658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xorazim



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
__-BOSQICH ____-GURUH TALABASI
_____________________________NING
O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN “Xorazm viloyatining iqtisodiy-geografik tavsifi ”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________

Qabul qildi: ______________

Mavzu; Xorazm viloyatining iqtisodiy geogragik tavsifi


REJA:
KIRISH
1. Xorazm viloyatining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
2.Aholisi va mehnat resurslari.
3. Xorazm viloyatining sanoat tarmoqlari.
4. Xorazm viloyatining qishloq xo`jalik tarmoqlari.
5. Xorazm viloyatida ijtimoiy sohalar, transport va tashqi iqdisodiy aloqalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Xorazm Viloyat 1938-yilda O’zbekiston Respublikasi tarkibida tashkil topgan. Hozirgi kunda u Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiarik, Yangibozor, Ko’shko’pir va Xazorasp qishloq tumanlarini o’z ichiga oladi.
Shu tartibda viloyat maydoni 6,05 ming km va bu jihatdan u respublikada faqat Sirdaryo va Andijon viloyatlaridan kattaroq, xolos.
Aholisi, 2022-yil 1-yanvar holatiga kura, 1924,2 ming kishidan iborat. Ma’muriy markazi - Urganch shahri.
Viloyat ma’muriy-hududiy bo’linishi geografik jihatdan o’ziga xos. Bu ko’pchilik qishloq tumanlari maydonining deyarli bir xilligida ko’rinadi. Faqat Hazorasp tumanining hududi (asosan, Amudaryoning o’ng qirg’og’i hisobiga) birmuncha katta bo’lib, u mintaqa jami maydonining 34,0 foizini tashkil qiladi.
Eng katta va eng kichik qishloq tumanlari orasidagi farq yoki geografiylik koeffitsienti 6,1 ni tashkil qiladi.
Ko’rinib turibdiki, bu farq mamlakatimizning boshqa mintaqalariga qqaraganda ancha kichik.
Biroq, Xorazm hududi jihatidan uncha katta bo’lmasada, uning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Respublika hududiy mehnat taqsimotida, u o’zining intensiv qishloq xo’jaligi, yengil va oziq- ovqat sanoati bilan ajralib turadi.
Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandliqda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va jan. gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan.
Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va b. qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanv. ning oʻrtacha trasi —5°, eng past tra —32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha trasi 30°, eng yuqori tra 45°. 
Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yiliga 78—79 mm yogʻin tushadi, asosan, martaprel oylarida yogʻadi. Shim. va shim. sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat jan. da mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar.
Amudaryo qayirlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va b. bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan. Bu kurs ishida xorazm viloyatiga batafsil iqtisodiy-geografik tavsif beramiz.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə