Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hozirgi holati va tahlili



Yüklə 23,48 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü23,48 Kb.
#184045
  1   2   3
Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hozirgi holati tahlili


XORAZM VILOYATIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI
Sobirova Dilnavoz Ravshanbek qizi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
magistranti
E-mail: sobirovadilnavoz1995@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola Xorazm viloyatida turizm sohasining hozirgi holati, uning statistikasi va tahlili shuningdek, mintaqada turizm faoliyatini rivojlantirishning istiqbollari haqida fikr-mulohaz yurtiladi.
Kalit so`zlar: Madaniy meros yodgorliklari, tur firmalar, UNSECO, statistika, Qal‘ajik qal‘asi, Ulli hovli obidasi, Bog`ishamol yozgi bog`i,Chodira bog`lari , Eshonravot ko`llari
Аннотация: В данной статье рассмотрено современное состояние туристической отрасли Хорезмской области, ее статистика и анализ, а также перспективы развития туризма в регионе.
Ключевые слова: Памятники культурного наследия, туристические компании, ЮНЕСКО, статистика, замок Каладжик, памятник двору Улли, летний парк Богишамаль, Палаточные сады, озера Эшонравот.
Annotation: This article explores the current state of the tourism industry in Khorezm region, its statistics and analysis, as well as the prospects for the development of tourism in the region.
Key words: Monuments of cultural heritage, tour companies, UNSECO, statistics, Kalajik castle, Ulli yard monument, Bogishamal summer park, Chodra havli, Eshonravot lakes

Kirish: Hozirgi zamonda globallashuv jarayoni, xalqaro axborotlar, aloqa, transport-logistika va raqamli iqtisodiyot tizimining takomillashuvi turizm sohasini barqaror rivojlantirib, dunyoning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylantirdi, xalqaro miqyosda nufuzini oshirdi. Xususan, qisqa davr ichida xalqaro miqyosda turistlar sonini 3,8 martaga, ulardan tushadigan valyuta tushumining 11 martaga oshganligi fikrimizning dalilidir. Turizm xalqaro xizmatlar bozori tarkibidagi muhim tarmoqlardan biri bo‘lib, buning natijasida XXI asrning boshida (bir qator tabiiy ofatlar, global inqiroz va siyosiy mojarolarning keskinlashuviga qaramay) iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lib neft ishlab chiqarish va avtomobilsozlik kabi muhim tarmoqlarni ortda qoldirgan. Biroq, turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanishning kuchli vositasi, shuningdek, u muayyan hudud qiyofasini yaratish, kelajak yutuqlari va tarixini targ‘ib etishda ham samarali omil bo‘lib xizmat qiladi. Turizm mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga eng katta ta’sir ko‘rsatadi. Turli davlatning turistik va rekreatsion salohiyati juda murakkab tushuncha bo‘lib, bir ma’noda talqin qilish va baholash qiyin. Bu ko‘p jihatdan turistik salohiyatning asosini, har bir alohida davlatning kelib chiqishi va mohiyatiga ko‘ra har xil bo‘lgan madaniy, tabiiy va tarixiy meros obyektlari tashkil etishiga bog‘liq. Shu bilan birga, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, ijtimoiy va psixologik xususiyatga ega bo‘lgan bir qancha tashqi omillar turistik yo‘nalishning jozibadorlik darajasining yakuniy ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda dunyoda turizmning roli doimiy ravishda o‘sib bormoqda, bu turizmning odamlar hayotidagi roliga, shuningdek, butun mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri kuchayishi bilan bog‘liq. Turizmdagi xizmatlarning aksariyati eng kam yo‘qotishlar bilan amalga oshiriladi, turizm jahon iqtisodiyotiga tobora ko‘proq ta’sir qilmoqda bularning barchasi turizmning o‘ziga xos belgisidir. Faoliyatning turizm sektori qo‘shilgan qiymatning eng yuqori ko‘rsatkichiga erishishga imkon beradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida sayyohlik kompaniyalari yangi xizmatlar va mahsulotlarni ishlab chiqish muhimligi va zarurligini tobora ko‘proq anglab yetmoqda.
Bugungi kunda Xorazm viloyatida turizm sohasi jadal va barqaror rivojlanayotgan tarmoqqa aylandi va uning faoliyat yo`nalishlari keng taraqqiy qilib bormoqda.Tarixan Xorazm viloyati hududi Buyuk ipak yo`lining markazida joylashgan bo`lib, O`zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Jahon hamjamiyati tomonidan Xiva shahrining ochiq muzey-shahar sifatida e‘tirof etilishi hamda UNESCO butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilishi, nafaqat Xorazm viloyati, balki O`zbekistonning jahon turizm bozoriga dadil kirib borishi uchun mustahkam zamin yaratdi.
Bugungi kunda Xorazm mintaqasida 255 ta madaniy meros yodgorliklari mavjud bo`lib, ulardan 18 tasi arxeologiya, 132 tasi me‘morchilik, 67 tasi haykaltaroshlik yodgorliklari, 6 tasi diqqatga sazovor joylar va 32 tasi muqaddas qadamjolardir. Bu noyob turistik resurslar, asosan, Xiva va Urganch shaharlarida joylashgan bo`lib, bunday yodgorliklar viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham ko`plab uchraydi.

Yüklə 23,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə