Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/150
tarix28.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#113763
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi



Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy
IHYOU ULUMID-DIN
(Din ilmlarini jonlantirish)
Ilm kitobi
Birinchi kitob
Toshkent 
«Movarounnahr» 
Qalb oynasiga keling
Parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz, payg‘ambarimiz Muhammad 
Mustafoga, u zotning ahliga, sahobalariga va ularga qiyomatgacha go‘zal suratda 
ergashganlarga salovot va salomlar yo‘llaymiz. 
Assalomu alaykum, aziz O‘quvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob Islom olamida 
mashhur va mo‘’tabar manbalardan sanaladi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. 
Musulmon xalqimiz orasida Imom G‘azzoliyning nomlarini, u zotning «Ihyou ulumid-din» 
asarlarini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Lekin, afsuski, ba’zi bir parcha tarjimalarni, 
og‘izlarda yurgan rivoyatlarni aytmaganda, «Ihyo»dan bexabarmiz. 
Alloh taologa yana ming bor hamdu sanolar aytamizki, ana shu mashhur, ammo 
notanish asar bugun o‘zbek kitobxoniga o‘zbek tilida taqdim etilayotir. Bu katta ishning 
boshida yurtimizning muborak ilm dargohlaridan biri – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent 
Islom instituti ahli turibdi. Kitobning tarjimonlari – shu dargohning mudarrislaridir. 
Imom Abu Homid G‘azzoliy ushbu kitoblarini «Ihyou ulumid-din» (ya’ni, din ilmlarini 
jonlantirish) deb nomladilar va u orqali zamonlar o‘tishi bilan tub ma’nosidan o‘zgacha 
anglashila boshlagan din ishi, ilmi, yo‘li asli qanaqa ekanini, payg‘ambarlar, salafi 
solihlar ularni qanday tushunishganini va hayotlariga qanday tadbiq etishganini bayon 
qilishni xohladilar. O‘zini komil musulmon, ulamo, taqvodor sanaydiganlar qarshisiga bir 
pallasi oyat, hadis, hikmat-asarlardan iborat adolat tarozisini qo‘ydilar va har kimga 
nafsini tortib ko‘rishni taklif etdilar. Yoki, mazkur muborak manbalar ila qalb holatini aks 
ettiruvchi bir oyna sayqallab, uni sirlar yashirinib yotgan qalblarga ro‘para qildilar. 
Shuning uchun ham «Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas. 
Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining 
tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan 
sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur 
mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. 
Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi 
uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning 
so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan 
aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon 
o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan 
o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib 
o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim. Aks holda mutolaa so‘ngiga yetmay to‘xtashi, 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə