Model s ning soddalashtirilgan varianti



Yüklə 39,34 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü39,34 Kb.
#147181
  1   2   3   4
Model S ning soddalashtirilgan varianti


Model S ning soddalashtirilgan varianti
24-mart kuni Elon Mask seriya ishlab chiqarishga tayyor Tesla Model 3 prototipini taqdim etdi. 6 soniyali rolikda tashqi ko'rinishi jihatidan oldingi protiplarga o'xshaydigan avtomobil tez yuradi va keyin darxol tormoz oladi.
Oldinroq Model 3 ning sinov namunasini SpaceX ofisi yonida joylashgan jamoat yo'lida ko'rishgan.
Mask o'zining Twitterdagi sahifasida yozishicha, kompaniya "ozod nomzod"ni sinash ishlarini boshlab yuborgan, keyin bu avtomobil versiyasini ommaviy ishlab chiqarish uchun konveyerga yuborishadi.
Model 3 nima?

Model 3 - Teslaning to'rtinchi seriyali elektromobili va kompaniyaning ommaviy bozor uchun mo'ljallangan birinchi avtomobili. Tesla uni 35 ming $ dan boshlab sotishni rejalashtirgan.
Elektrokarning narxini tushirish maqsadida kompaniya akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan ulkan Gigafactory 1 zavodini qurdi va yana shu turdagi bir qancha fabrikalarni ishga tushirishni rejalashtirib qo'ygan. Aynan batareyalar avtomobil narxining baland bo'lishiga sabab bo'ladi.

Gigafactory 1

Model 3 deyarli barcha xususiyatlari bo'yicha o'zidan oldingi modellar: Model S va Model X larga yon bosadi. Bunda Maskning so'zlariga qaraganda, Model 3 nomlanishidagi raqamni xaridorlar Teslaning keyingi avlodi deb qabul qilgan.
Kompaniya asoschisi avtomobilning Model S ning kichraytirilgan va oddiyroq versiyasi ekanligini bildirdi - yurish va kuchlanish zapasi, vazifalari kamroq bo'ladi.
Texnik xususiyatlari
Model 3 ning asosiy komplektatsiyasining akkumulyator zaryadi to'liq bo'lganda 346 kilometr yurishi mumkin. 97 km/s gacha tezlashish uchun 6 soniya kifoya. Avtomobilni Supercharger tez zaryadlash stansiyasi yordamida zaryadlash mumkin. Energiyani to'liq tiklanishiga ketadigan vaqt, akkumulyator sig'imi va ishlatiladigan dvigatellar kuchi - Tesla xodimlari tomonidan hali e'lon qilinmadi.
Oldin sotuvda orqa g'ildirakli haydov model - RWD paydo bo'ladi. Ikki elektr dvigatelli, 4 g'ildirakli haydov mashinasi sotuvga kechroq - 2017-yil iyul oyidagi ishlab chiqarishdan 6-9 oy o'tib chiqariladi. 

Model 3 ning barcha o'zgartirilgan turlari avtopilot tizimi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari kompaniya avtomobilning yanada xavfsiz tizimini yaratishini ta'kidlab o'tmoqda.
Eksteryer
Model 3 ning tomi butunlay shishadan ishlangan. Kuzov dizayni - kompaniyaning boshqa modellari stilistikasida.






Eshiklar ramkasiz - xuddi Model S va Model X kabi

Orqa bagajnik uzun tasmalarda



Yüklə 39,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə