Mo'minjonova Sevinch 2-bilet Nazorat ishi



Yüklə 36 Kb.
tarix01.02.2022
ölçüsü36 Kb.
#83358
Nazorat ishi Falsafa


20.126 Mo'minjonova Sevinch

2-bilet Nazorat ishi

Savollar

1.Falsafaning milliylik va umuminsoniylik tamoyillari

2.Falsafa va hozirgi zamoni

3."Dunyoqarash" tushunchasi, uning mohiyati, tarixiy shakllari

Javoblar

1.Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili. Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma`lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o`tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog`liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o`z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo`ladi. O`z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg`uradi, ularni o`ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs Dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o`z navbatida, umuminsoniy fan bo`lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo`ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo`lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o`ralish, milliy mahdudlik degani emas.



Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo`lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o`z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta`rif ber ildi-ku?» – degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o`ziga xos milliy taraqqiyot yo`lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo`lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, O`zbekistonda bu yo`nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz.Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo`lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o`zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g`oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo`ladi, deya milliy falsafani yo’qlab chiqadi.Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o`rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo`shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo`ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.

2.Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham bo’ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma — xil oqim va yo’nalishlar mavjud. O’z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg’unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag’rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi. An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko’p xilligi va o’ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo’nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo’lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistentsializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik g’oyasi ustuvor bo’lsa, endilikda ko’proq inson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa guyoki, mavhumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi. An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo’lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi. Bugungi kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo’shimchani qo’shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — stsientizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — antistsientizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qo’ymaslik talabi bilan bog’liqdir.Shunday qilib, XX asrga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmasa-da, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bog’liq murakkab fan ekanligi to’g’risida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, o’z navbatida bizning milliy g’oya va mafkuramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizningboyib, mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi.

3.Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu – dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o’z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har qanday jism o’z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalong’och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya

qichqirmagan bo’lar edi. . Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:

1. Axloqiy.

2. Diniy.

3. Huquqiy.

4. Siyosiy.

5. Ekologik.

6. Estetik.

Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:

1- ilmiylik;

2- tarixiylik;

3- mantiqiylik;

4- universallik;

5- maqsadlilik;

6- g’oyaviylik;



7- nazariya va amaliyotning birligi.

Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə