Muhandislik texnologiyalari



Yüklə 227,57 Kb.
səhifə1/8
tarix05.06.2023
ölçüsü227,57 Kb.
#115508
  1   2   3   4   5   6   7   8
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA NARXLARNING SHAKLLANISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI

KURS ISHI
“IQTISODIYOT ASOSLARI” FANIDAN


MAVZU: “BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA NARXLARNING SHAKLLANISHI”
Ilmiy rahbari: dots. Tursunov A.M.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari”
fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
bo`yicha 1-kurs 146-22 guruh talabasi
Sholdarxonov Asadbek


TOSHKENT-2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
I-BOB. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI 4
1.1.Narxning mazmuni va uning vazifalari 4
1.2.Narxning turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari 10
1.3.Bozor narxi va uning shakllanishi 17
II-BOB. BOZOR STRUKTURASI VA NARXNING SHAKLLANISHI 20
2.1. Mukammal raqobat bozorida narxlarning shakllanishi 20
2.2. Mukammal boplmagan raqobat bozorlarida narxlarning shakllanishi 22
2.3. Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirish xususiyatlari 28
XULOSA 39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROpYXATI. 41


KIRISH


Kurs ishi mazusining dolzarbligi va zarurati.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yаngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘si sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi belgilangan1.
Ushbu vazifalarga erishishda O'zbekistoning bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning shakllanishi bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyat ega. Chunki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi.
Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu kurs ishida biz narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari bilan bir qatorda davlatning narx siyosati va uning O’zbekistondagi o’ziga xos jihatlarini ham ko’rib chiqamiz.

Yüklə 227,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə