O`zbekison respublikasi fan va innavatsiyalar vazirligi toshkent gumanitar fanlar universiteti



Yüklə 48,78 Kb.
səhifə1/6
tarix27.09.2023
ölçüsü48,78 Kb.
#124041
  1   2   3   4   5   6
ravish yasalishi mustaqil ish


O`ZBEKISON RESPUBLIKASI FAN VA INNAVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI

________________Guruh talabasi


_________________________________________________________ning
_______________________________________________________fanidan

MUSTAQIL ISHI

Qabul qiluvchi ____________________________________________

To`rtko`l-2023
Ravishlarning yasalishi va tuzilishiga ko`ra turlari

Reja:
1. Ravish nima?


2.Ravishlarning yasalishi
3.Ravishlarning tuzilishiga ko`ra turlari

Ravish – mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.
Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) – tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) – eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas boʻlib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.

Ravishlarning yasalishi haqida batafsil ma’lumotlar.



Yüklə 48,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə