O„zbekiston fuqarosi Yusupov Toshkent davlat yuridik universitetida



Yüklə 480,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix07.08.2023
ölçüsü480,29 Kb.
#120411
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-kazus O\'zbekistonda dronlardan foydalanish tartibi



1-VAZIYAT 
O„zbekiston fuqarosi Yusupov Toshkent davlat yuridik universitetida 
o„qituvchi bo„lib ishlardi. U o„z bilimlariga tayangan holda qonun loyihasini 
tayyorlab, uni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etdi. U “O„zbekistonda 
dronlardan 
foydalanishni 
tartibga solish to„g„risida”gi qonun loyihasiga 
quyidagilarni ilova qildi. 
1) qonun loyihasiga tushuntirish xati; 
2) o„zgartirilishi va bekor qilinishi kerak bo„lgan qonun osti hujjatlar ro„yxati. 
Biroq, Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini ko„rib chiqishdan bosh 
tortib, fuqaro Yusupov qonunchilik tashabbusi sub‟ekti emasligi vaji bilan taklifni 
qaytarib yubordi. 
 
VAZIYATGA HUQUQIY YECHIM 
 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O„zbekiston 
Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish 
bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida to„g„risida”gi 2022 yil 15 noyabrdagi 
658-son qaroriga muvofiq, O„zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz 
uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda 
majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari (8802200001, 8802200002, 
8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodlari) ularni qonunga xilof 
ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi, 
O„zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo„mitasi 
huzuridagi Kadastr agentligining «Geoinnovasiya markazi» davlat unitar korxonasi, 
«Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi, YuNESKO ishlari bo„yicha O„zbekiston 
Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar
ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va 
foydalanish holatlari bundan mustasno. 
Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar 
va xo„jalik sub'ektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va 
ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun 
ruxsatnomalar berilishi mumkin 
Bundan tashqari, O„zbekiston Respublikasi Hukumatining bunday ruxsati 
mavjud bo„lgan taqdirda, ariza beruvchi UUAlar bilan jihozlangan radioelektron 
vositalardan foydalanish uchun vakolatli organdan (Mininfokom) belgilangan tartibda 
ruxsat olishi shart. 
Yuqorida ko„rsatilgan barcha ruxsatnomalar mavjud bo„lgan taqdirda, ariza 
beruvchi UUAni ro„yxatdan o„tkazish va undan foydalanishga ruxsat olish uchun 
“O„zaviatsiya” agentligiga ariza berishi shart. 
UUAni ruyxatdan o„tkazgandan va undan foydalanishga ruxsat olgandan 
so„ng, arizachi O„zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishning yagona 
boshqaruv tizimi organlaridan ruxsatnomaga ega bo„lsa, UUAni boshqarishni 
boshlashi mumkin. 
Ushbu talablar samolyot modellari va samolyotlarning o„yinchoq modellariga 
taalluqli emas. 


Samolyot o„yinchoqlari modellaridan yuqoridagi tartib-qoidalar va havo 
bo„shlig„iga ruxsatnomalarsiz foydalanish mumkin. 
Samolyotlarning o„yinchoq modellarining parvozlari 50 metrgacha 
balandlikda, aerodromga yaqinlashish yo'laklaridan 150 metrdan yaqin bo„lmagan 
masofada, odamlardan xavfsiz masofada va havo kemasi bilan vizual aloqada bo„lgan 
holda amalga oshiriladi.
Mashg„ulotlar, sport, madaniy-ma‟rifiy tadbirlarni o„tkazish, texnik 
ijodkorlikni rivojlantirish uchun mo„ljallangan havo kemalari maketlarining 
(samolyot modellarining) parvozlari O„zbekiston Respublikasi havo hududidan 
foydalanish to„g„risidagi nizomga muvofiq faqat havo kemalarining maxsus parvoz 
zonalarida amalga oshiriladi. 
Mashg„ulotlar, sport, madaniy-ma‟rifiy tadbirlarni o„tkazish, texnik 
ijodkorlikni rivojlantirish uchun mo„ljallangan havo kemalari maketlarining 
(samolyot modellarining) parvozlari O„zbekiston Respublikasi havo hududidan 
foydalanish to„g„risidagi nizomga muvofiq faqat havo kemalarining maxsus parvoz 
zonalarida amalga oshiriladi. 

Yüklə 480,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə