O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix30.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#164564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kitob 5678 uzsmart.uz



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI
 
Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi
G‘IYOSOV ATXAM XASANBOY O‘G‘LI
MILLATLARARO MUNOSABATLARNI IJTIMOIY-SIYOSIY 
VA MADANIY-MA'NAVIY OMILLARI
 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 

 

 
NAMANGAN-2015 



M U N D A R I J A 
KIRISH……………………………………………………………………………
I. BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO 
MUNOASABATLARNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI 
1.1.O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni rivojlantirishning huquqiy asoslari
1.2.I.A.Karimov asarlarida millatlararo munosabatlarning yoritilishi………….. 
II. BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO 
MUNOSABATLARNING MA’NAVIY JIHATLARI 
2.1.Mustaqil O‘zbekistonda milliy va ma‘naviy munosabatlar………………....
2.2.O‘zbekiston Respublikasini millatlararo munosabatlarning shakllanishiga doir 
hamkorlikdagi madaniy faoliyati
XULOSA………………………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………………3



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi
Har bar xalq, har bir millat mustaqillikni orzu qiladi. O‘zbek 
xalqi ana shu orzusiga erishdi. -Endigi dolzarb vazifamiz, – deydi, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, – bu jarayonlarning ilmiy – nazariy asoslarini, 
ularning yangi–yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘qituvchilarimiz, 
talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni 
yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin 
ishtirokchilariga aylantirishdan iborat
1
. Mustaqillik – imkoniyat beradi, yo‘l ochadi, 
ammo bu imkoniyatdan foydalanib, mamlakat taraqqiyotini yangi darajaga ko‘tarish 
bizga, bizning mehnatimiz, uyushqoqligimiz, tashabbuskorligimizga bog‘liq. 
O‘zbekiston aholisining, uyushqoqligida, birga harakati va mehnatining 
samaradorligidadir. Bu borada yuksak ko‘rsatkichlarga erishmoq uchun 
mamlakatimizning barcha aholisi o‘z mehnatining zoe ketmasligiga, lekin bu 
natijalarga erishishda qator qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ulardan biri O‘zbekiston 
aholisining ko‘p millat va elatlardan tashkil topganligidir. Ularning har biri o‘z tili, 
milliy urf – odatlari, milliy madaniyati, ma‘naviyati, qoida va an‘analariga ega. Bu 
narsalarni hech bir vaqt inkor etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. 
A. Karimov bir qator ma‘ruzalari va asarlarida to‘xtalib o‘tganlar, hamda konseptual 
fikrlarni bildirganlar. ―Jamiyatni ma‘naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt 
tinchligi, vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga millatlararo totuvlik, diniy 
bag‘rikenglik kabi ko‘p – ko‘p muhim masalalardan iborat
2
. Yuqorida aytilgan 
mulohazalardan ma‘lum bo‘lib turibdiki, O‘zbekiston aholisini jipslashtirish, 
birlashtirish mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu 
maqsadga erishmoq uchun millat nima, nima uchun har bir millat o‘ziga hos til, 
madaniyat, urf – odatlar va an‘analarga ega, ularni qanday qilib inobatga olmoq 
1
Karimov. I. A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009. –Б. 22. 
2
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq etiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. –Toshkent: ―O‘zbekiston, 2000, 
-Б. 24.



mumkin va darkor, millatlarning o‘zaro munosabatlarida birinchi navbatda qanday 
jihatlar bilan hisoblashmoq zarur, - bularning hammasi mamlakatimizning har bir 
fuqarosiga ma‘lum bo‘lishi kerak.
2015 yilga mamlakatimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb nom berilishida ham
ezgu maqsadlar mujassam, chunki, qaysi millat vakili bo‘lishidan qat'iy nazar 
O‘zbekiston respublikasida istiqomat qilayotgan keksalarni ijtimoiy himoyalash
bunda asosiy masaladir.
Hukumatimiz tayyorlayotgan dasturda keksa avlod vakillari, avvalo, 1941-1945 
yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, 
ularga ko‘rsatiladigan tibbiy va ijtimoiy xizmat darajasi va sifatini oshirish, 
muhtojlarni yordamchi va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlash, tumanlar va 
mahallalarda qariyalarimiz uchun muloqot markazlari, ularning qiziqishlaridan kelib 
chiqqan holda, turli klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘zda 
tutilishi lozim. Muhtasar aytganda, bugungi tinch va obod hayotimizni barpo etishga 
beqiyos xizmatlari singan, honadonlarimizning fayzi bo‘lgan mo‘tabar 
keksalarimizning farovon va munosib umr kechirishlari uchun keng ko‘lamli chora-
tadbirlarni amalga oshirish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimiz, 
deb qabul qilishimiz darkor. 
1
Shuningdek, mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan ham izohlanadi. 
Birinchidan, O‘zbekistondagi barcha millatlar va elatlar orasida nizo, norozilik, 
g‘amginlik, yotsirash, xudbinlik kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi, mamlakatimiz 
aholisining totuvligi, hamjihatligi, hamkorligi, o‘zaro bir – biriga bo‘lgan hurmati 
o‘sib, mustahkamlab boradi.
2
Bo‘ o‘z o‘zidan millatlararo munosabatlarda har bir 
1
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib 
berish – ustuvor vazifamizdir// Xalq so‘zi 2015-yil 11-aprel
2
Xonazarov Q. Mustaqillik va milly munosabatlarning rivojlanishi. –Toshkent, .2001. –Б. 6. 



xalq va millatning milliy an'ana va qadriyatlariga chuqur hurmat bilan munosabatda 
bo‘lishni taqazo etadi. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimovning -O‘zbekiston XXI asrga 
intilmoqda» nomli risolasida ta'kidlaganidek, -jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik
millatlar va fuqarolararo totuvlikni sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy 
yahlitligini ta‘minlash, islohotlarini chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash 
borasidagi faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1
Ikkinchidan, Jamiyatimizda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo 
totuvlikni saqlab qolishda mintaqamizda sodir bo‘layotgan turli hil mojarolarning 
mohiyatini chuqur anglab etish, ularni keltirib chiqarayotgan muammolarni o‘z 
vaqtida hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Barqarorlikni saqlab qolish faqat 
fuqarolarning tinch – totuv yashashining, shuningdek, jamiyatimizning iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy ma‘naviy yangilanish va yuksalishning asosiy garovidir. 
I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, -bugungi kunda asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni 
yanada 
mustahkamlash, 
mamlakatimizning 
xalqaro 
obro‘sini 
oshirish, 
xonadonimizdagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va totuvlikka nisbatan bo‘layotgan 
har turli taxdit va xavf – xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor turishdir». 
Uchinchidan, jamiyatimizning har bir qatlamiga umuminsoniylikning 
ustuvorligi, milliy qadriyatlarga sodiqligi, insonparvarlik; vijdon erkinligi, fikrlar 
hilma-hilligi; demokratiya, kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o‘tish, jamiyat 
hayotini erkinlashtirish g‘oyalarini singdirish lozim. Bular o‘z navbatida 
umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini talablariga to‘la to‘kis mos keladi. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
jamiyat 
hayotining, 
hususan 
mafkuraviy 
jarayonlarning ham huquqiy me‘yorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning
18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 
millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘iy 
1
Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. –Toshkent: O‘zbekiston, 1999.-Б. 19. 



nazar, qonun oldida tengdir",
1
deb belgilab qo‘yilgan. Albatta, davlat, jamiyat, siyosiy 
tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun mas‘ul bo‘lgan 
siyosiy unstitutdir. Shu manoda, u jamiyatning mustahkam jipslashuvi, fikrlar hilma – 
hilligi 
va 
qarashlar 
rang–barangligi 
asosida 
hayotdagi 
jarayonlarning 
muvofiqlashuvidan manfaatdordir. 
To‘rtinchidan, Bugungi globallashuv sharoitida jahonning turli mamlakatlarida 
turli qonli to‘qnashuv va siyosiy tortishuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar 
kechayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasida tinch-osuda, millatlararo 
hamjihatlikda odamlar ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov joriy yilning 9-
may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati ommaviy axborot vositalari vakillari 
bilan qilgan muloqotida ta’kidlanganidek, bu dunyoda g‘animat ekanimizni esdan 
chiqarmasdan, beshafqat urushda qatnashgan, front ortida o‘zini ayamasdan mehnat 
qilgan vatandoshlarimizni qadrlash, e'zozlash, umrini uzaytirish, ularni eslab, xolidan 
xabar olish, ruhini ko‘tarish-bunday ezg‘u ishlar barchamizning eng oliyjanob 
burchimiz bo‘lishi shart
2
. Bu fikrlar o‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillaridagi 
millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik borasidagi ibrat namunasini yodga soladi va 
bundan kelib chiqib aytish mumkin bo‘ladiki, millatlararo munosabatlarda o‘zaro 
hurmat va ehtirom o‘zbek xalqining milliy qadriyati va madaniyatining ajralmas 
qismi bo‘lib kelgan.
Oltinchidan, «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan 
bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab 
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Tошкент: Ўзбекистон, 2014. –Б. 6. 
2
Karimov I. A. O’tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash-bizning farzandlik burchimizdir.// Xalq so’zi. 2015-yil 10 
may 



turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayo’tgan hayot 
talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart”
1


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə