O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


II . BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix30.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#164564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kitob 5678 uzsmart.uz

II . BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO 
MUNOSABATLARNING MA’NAVIY JIHATLARI
2.1. Mustaqil O’zbekistonda milliy va ma’naviy munosabatlar 
Xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning 
bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va 
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma‘naviy tarbiya masalasi, 
hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va 
sezgirligimizni, qat‘iyat va mas‘uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z 
holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga 
yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma‘naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, 
oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib 
qolishimiz mumkin.
1
Qadimiy zamonlardan beri o‘zbeklar bilan bir qatorda milliy 
hududimizda tojiklar, turkmanlar, qirg‘izlar, uyg‘urlar va boshqa millat vakillari 
istiqomat qilganlar. Ulardan tashqari elimizda qo‘shni davlatlardan kelgan va bu 
yerda joylashib qolgan eroniylar, afg‘onlar, hindlar, xitoylar bor edilar. O‘zbekiston 
mustaqilligi 1991 yilda e‘lon qilingandan so‘ng bozor munosabatlari hayotga singishi 
jarayonida davlatimizda yangi davrga hos jarayonlar namoyon bo‘la boshladi; 
birinchidan, hududimizdan ruslarning va umumiy yevropaliklarning ko‘chib ketishi 
jiddiy kamaydi. Albatta, ularning ma‘lum qismi sekin-asta borish joylarini aniqlab, 
ko‘chib ketmoqdalar. Bu jarayonni to‘htatish mumkin emas, chunki odamlarning 
jahon bo‘ylab o‘zlariga qulay joy izlab ko‘chib ketish yoki ko‘chib kelishga xaqlari 
bor. Bu – demokratiyaning asosiy tamoyillaridan biridir. Ikkinchidan, ayni vaqtda 
O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilarning soni ko‘chib ketayotganlardan kam emas. Ana 
shu sababli ko‘chib yurish tarozisining pallalari barovar teng, desak bo‘ladi. 
Uchinchidan, MDH miqyosidagi vaziyatni qiyosiy o‘rganib, boshqa davlatlardan, 
ayniqsa Rossiya federatsiyasidan ruslar bilan bir qatorda boshqa millat vakillari ham 
1
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б. 4 . 


53 
ko‘chib kelmoqdalar. Inson uchun ma‘naviy barkamollikning muhim belgilaridan biri 
hisoblanadi. Chunki u avvalo, o’zining kimligini bilib olsa, qaysi millatga 
mansubligini tushunib yetsa, avlod-ajdodalari, ular qoldirgan moddiy va ma‘naviy 
merosni o’zlashtirsagana to’laqonli shaxs darajasiga yetishi mumkin. Bunday shaxslar 
millatning aksariyat ko’pchilik qismini tashkil qilsagina bunday millatning istiqboli 
buyuk bo’ladi. Shuning bilan birga o’zini-o’zi chuqur anglab yetgan, ko’zi ochilgan, 
aqli raso, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyg’ongan va jipslashgan xalq va millatni, 
o’tmishda bo’lganidek, mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniyati, 
qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab ketish, huquqlarini paymol etish, 
davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas. Inson ma‘naviy olamining 
yuksalishi bilan bog’liq turli holatlar haqida ko’p gapirish mumkin. Lekin, muxtasar 
qilib aytganda, Ollohning o’zi bizga buyurgan komil inson bo’lish, halollik va adolat 
bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma‘no-mazmunini nafaqat chuqur 
anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga amal qilib yashash - 
odamzotning ma‘naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon, desak, hech 
qanday xato bo’lmaydi. O’ylaymanki, bunday xulosani insoniyat o’z ongli hayoti 
davomida doimo orzu qilib, intilib kelgan yuksak ma‘naviy idealning falsafiy ifodasi, 
mantiqiy natijasi sifatida qabul qilish o’rinlidir.
1
Ma‘naviyat insonning qon-qoni, 
suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o’giti, Vatan 
tuyg’usi, bu hayotning ba‘zida achchiq, ba‘zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra 
bo’lib singib boradi. Ayniqsa, tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o’ylab 
yashash, halol mehnat qilish, dunyoning tengsiz ne‘mat va go’zalliklaridan 
baxramand bo’lish ma‘naviyatga oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi.
2
O’z-o’zini 
anglash bu xalqning, millatning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, otabobolari, nasl-
nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilmfani va madaniyati 
1
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б. 25.
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б.28. 


54 
taraqqiyotiga ko’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Millat yashayotgan Vatanning 
porloq istiqbolini ta‘minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega 
ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni 
yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun o’zini safarbar etish, barcha 
imkoniyatlari, kuch g’ayratini ishga solish demakdir. Millat mavjud bo’lishi uchun til, 
hudud va ma‘naviyat asosiy shart bo’lgani kabi milliy o’zlikni anglash ham asosiy 
zaruriy shart hisoblanadi. O’zlikni anglash o’z mohiyatiga ko’ra millat va elatlar 
uchun xos bo’lgan ma‘naviyat xususiyatlarini ifoda etib, o’z funksiyasiga ko’ra milliy 
manfaatlarni himoya qiladi. Shunday qilib, har bir millat va elatning uzini real mavjud 
sub‘ekt, muayyan moddiy va ma‘naviy boyliklarini ifodalovchi etnik birlik, til, urf-
odatlar, an‘analar, kadriyatlarga mansubligini manfaatlar va extiyojlar umumiyligini 
tushunib yetishga milliy uzlikni anglash, deb ataladi. Milliy o’zlikni anglash millat 
birliganing 
mustahkamligini, 
millat 
manfaatlarining, 
shaxs, 
mahalliychilik 
manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog’likdir. Millat sha‘ni, qadr-
qimmati, obro’-e‘tibori poymol etilganda yoki millatning manfaatlariga nisbatan 
ikkinchi bir tomondan zo’ravonlik harakatlari boshlanib ketgan holatlarda yanada 
kuchli va yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday holatda, millatning barcha vakillari qaysi 
lavozimda xizmat qilishi, qaysi darajada boy yoki kambag’al bo’lishidan qati nazar 
o’zaro birlashib ketadilar va millatning manfaatlarini himoya qiladilar. Millatning tili, 
urf-odatlar, an‘analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi, ma‘naviyatdagi o’ziga 
xosligidan iborat belgilari kabi millatning mustakil belgisi xisoblanadi.
1
Ma‘lumki, 
biron-bir xalq ma‘naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan 
olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday 
e‘tirof xalqning g’urur va iftixori, milliy o’zligini yanada kjsaltirishga xizmat qiladi.
2
Albatta, qar qaysi xalq yoki millatning ma‘-naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat 
1
Otamuratov. S., Ramatov J., Xusanov S. Ma‘naviyat asoslari. –Tошкент, 2000, -Б. 93 . 
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б. 48.


55 
va an‘analari, haetiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, 
tabiiyki, ma‘naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna ta-rixiy yodgorliklar eng muhim 
omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
1
Siyosiy ma‘naviyati, milliy ongi rivojlangan, 
milliy jihatdan o’zini-o’zi anglab yetgan xatto, millat mustaqillikning buyuk kuchiga 
aylanadi. Millatning, xalqning kuch qudrati uning soni bilan o’lchanmaydi, balki 
siyosiy yetukligi, milliy ongning o’sganligi, milliy g’ururi, milliy hissiyoti, milliy 
tuyg’uning qay darajadaligi, o’z-o’zini anglab yetganligi, milliy uyushganliga bilan 
belgilanadi. O‘zligini anglagan millatni harbiy ustunlik bilan vaqtincha qaram qilish 
mumkin, ammo, uni batamom qaram qilib bo’lmaydi. Undagi milliy g’urur har 
qanday sharoitda ham ozodlikka chiqishi uchun kurash olib borishga olib keladi. 
Shunday qilib, milliy o’zlikni anglash millatning eng muhim belgisi, uning 
rivojlanishi va kelajagini ta‘minlovchi omili hisoblanadi.
2
Mustaqillikka erishishimiz 
bilan bunday holatlarga Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barham berildi. 
Ma‘lumki, o’zbek xalqi azaldan o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib tu-
radi. Albatta, farzandga mehr qo’yish, ularning qornini to’q, ustini but qilish o’z yo’li 
bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog’idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, 
yuksak ma‘naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb 
etib kelgan.
3
Mustaqillikning dastlabki bosqichlarida milliy o’zlikni anglashning 
xarakterli xususiyati shunda bo’ldiki, milliy qadriyatlardan ko’ra diniy qadriyatlarni 
ko’tarish ustuvorlikni tashkil qildi. Buning ob‘yektiv sababi bor edi. Xususan, o’zbek 
xalqi ma‘naviyati va ma‘rifati rivojlanishining sho’rolar tuzumi o’rnatilgungacha 
bo’lgan davri islom ma‘naviyat va ma‘rifati bilan chambarchas bog’langan bo’lib, u 
millatimiz ongi va ruhiyatining muhim qismini tashkil qilib kelgan. Xuddi shuning 
uchun ham bolsheviklar islomga qarshi kurash yo’li bilan millatni ham yo’q qilish 
mumkin, deb xisoblaganlar va shu siyosatni izchillik bilan amalga oshirishga 
1
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б.30. 
2
Otamuratov. S., Ramatov J., Xusanov S. Ma‘naviyat asoslari. –Tошкент, 2000, -Б. 94. 
3
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б.55. 


56 
intilganlar. Ularning bu harakatlari bejiz emas edi. Chunki Prezidentimiz I.A.Karimov 
ta‘kidlaganidek, «Tarixdan ma‘lumki, bir xalqni o’ziga tobe qilishni istagan kuchlar, 
avvalo uni o’zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi». Mustaqillikni 
qo’lga kiritgandan keyin tarixiy xotirani va diniy qadriyatlarni tiklash milliy 
tiklanishining, o’zlikni anglashning muhim omili sifatida ustuvor bo’lib keldi. U 
milliy birlikni mustahkamlashda va milliy taraqqiyotni yangi bosqichga ko’tarishda 
amaliy ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda millatlararo va fuqarolararo nizolarning 
bo’lmaganligi, ularning oldi olinganligi o’zbek millati uchun vazminlik, bag’rikenglik 
va boshqa millat vakillariga nisbatan hurmat kabilar xos bo’lgan xususiyatlardan 
sanaladi. Aslida, 1990 yillarda sobiq SSSR tizimida bo’lgan sobiq ittifoqdosh 
Respublikalarda bo’lgani kabi parokandalik, taraqqiyot yo’lining noaniqligi 
O’zbekistonda ham bo’lgan edi. Ammo, o’zbek xalqining o’ziga xos teran aql-
zakovati, bosiqlik, vazminlik xususiyatlari, uning rahbari Islom Karimovning 
vaziyatni to’g’ri anglab, shunga mos ravishda siyosat olib borishi parokandalik 
yo’liga to’siq qo’ydi. O’zbeklar o’z atrofida yashayotgan boshqa millat va elat 
vakillariga nisbatan do’stlik, birodarlik, hamkorlik, o’zbek xalqiga xos mehr-oqibat 
tuyg’ularini saqlab qola olganligi milliy o’zlikni anglashdagi yana bir xususiyat 
hisoblanadi. Vaholanki,mustaqillikka erishgan ayrim Respublikalarda mustaqillik 
sharofati oldida dovdirab, o’z atroflarida yashayotgan, yaqindagina qardoshmiz deb 
yurgan millat vakillariga hurmatsizlik bilan qarash yuz berganligi sir emas.
1
O’zbekistonda bunday hol yuz bermaganligi, xalqimizning yuksak ma‘naviyatini 
ko’rsatadi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida 
ta‘kidlanganidek, «millatlararo hamjihatlikka rahna soluvchi illat bu -tajovuzkor 
millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g’oyalar ta‘siriga tushgan jamiyat 
halokatga yuz tutishi muqarrar. XX asrda Yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim 
davlatlarning tanazzuliga sabab bo’lgan fashizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo’ladi. 
1
1Otamuratov. S., Ramatov J., Xusanov S. Ma‘naviyat asoslari. –Tошкент, 2000, -Б. 96 . 


57 
O’zbekiston hududida qadim-qadimdan ko’plab millat va elat vakillari bahamjihat 
istiqomat qilib keladi. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagani 
xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko’rsatadi». Yurtboshimiz Islom Karimov 
ta‘kidlaganlaridek: «Bizning keyingi yillarda erishgan eng katta yutug’imiz - bu 
umumiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va 
fuqarolararo totuvlikdir».
1
Bizning o’z oldimizga qo’ygan maqsadimiz esa, bunday 
ulug’ zotlarning hayot yo’li va qoldirgan merosini to’liqtasvirlash emas, balki 
ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma‘rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi 
sohalarning barchasini o’zida uyg’unlashtirgan xalqimizning ma‘-naviy olami 
naqadar boy va rang-barang ekani-ni isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va 
bebaho boylikni har tomonlama chuqur o’rga-nish, uning ma‘no-mazmunini 
farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyo-lilarimiz, butun 
jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo’lishi shart, deb hisoblayman. Nsga 
deganda, o’zimiz - bugun shu yurtda yashayot-gan vatanparvar insonlar bu vazifani 
o’z zim-mamizga olmasak, chetdan kelibhech kim hech qachon bu ishni qilib 
bermaydi
2
. Mustaqil O’zbekistonning yuksalishi, o’zbek millati gullab-yashnashining 
tarafdori bo’lgan har bir O’zbekistonlik fuqaro millatlararo totuvlik, do’stlik
qoidalariga sodiq bo’lishi kerak. Chunki, mustaqil davlatimizning kelajagi birinchi 
navbatda, o’zbek xalqining milliy o’zligini qanchalik anglab yetganligiga hamda 
mamlakatimiz hududida o’zbeklar va boshqa millat, xalq vakillari bilan yonma-yon 
istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va e‘tiqodlaridan qati nazar, 
bir-birining ko’nglini ola bilishiga, ular o’rtasida do’stona munosabatlarning 
o’rnatalishiga bog’liq. Hozir O’zbekistonda 136 millat va elat vakillari tanch, farovon 
hayot kechirmoqda. Ular o’zbeklar bilan bir qatorda bunyodkorlik ishlari bilan 
shug’ullanmoqdalar. Mamlakatimizda har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari 
1
Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. –Tошкент: Ўзбекистон, 2000,-Б. 9. 
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. -Tошкент, Ma‘naviyat , 2008. –Б. 44. 


58 
va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa va munosabatlarni bog’lashga, 
milliy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga keng yo’l ochib berilgan. Bu esa 
mamlakatimiz barqaror rivojlanishining kafolatidir. Xullas, milliy o’zlikni anglashni 
o’stirish yo’lida mustaqillikni mustahkamlashga fidoyi bo’la oladigan, Islom Karimov 
so’zlari bilan aytganda, «Biz fidoyi vatanparvarlarni tarbiyalashimiz», «Elim deb, 
yurtim deb yashovchi, shu yo‘lda hatto jonini ham ayamaydigan», «O’zidan so‘ng 
ozod va obod Vatan qoldiradigan» farzandlarni tarbiyalashimiz zamon va mustaqillik 
talabi». Bunga yurtimizda yashayotgan har bir kishi millatidan qati nazar mas‘ul 
bo’lmog’i lozim. Yoshlarimiz tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning 
muqadsas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, 
ularning, men o’zbek farzandiman, deb, g’urur va iftixor bilan yashashiga erishish 
ma‘naviy tarbiya ishimizning markazida turmog’i lozim.1
Milliy mustaqilllikka erishgan mamlakatimiz xalqi porloq istiqbol sari dadil 
odimlamoqda. Bu odimlar xayrli bo‘lishi bilan birga ma‘suliyatli hamdir. Miliy 
istiqlol tufayli o‘zbek xalqi o‘z tiliga, o‘z diniga,o‘zligini anglashga tarixini holis
o‘rganishga, milliy va madaniy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash ham 
imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Bu – milliy ma‘naviyatning boyishida va yuksalishida 
muhim ijtimoiy – siyosiy omil bo‘lib hizmat qilmoqda.
1
Bizning har birimiz buyuk 
tariximiz, buyuk ma‘naviy merosimiz, ayni chog’da jahon ma‘naviy tamadduniga 
ulkan hissa qo’shgan bir–biridan ulug’ mutafakkir olimufuzalolarimiz bilan haqli 
ravishda faxrlanamiz va ularga munosib bo’lishni o’zimizning muqaddas burchimiz, 
deb bilamiz. Tabiiyki, har qanday daraxtning qanday gullashi va qanday meva berishi 
uning ildizlari tutashgan tuproqqa bog’liq. Bo’sh joyda hech narsa unmaydi. Ijtimoiy-
ma‘naviy taraqqiyotda ham ulkan g’alabalarga erishmoq uchun katta madaniy an‘ana 
va katta madaniy meros kerak. Shukrlar bo’lsinki, bizning madaniy merosimiz va 
ma‘naviy boyligimiz tarixi eng qadimgi davrlarga borib tutashadi. Bu bebaho 
1
Orinboev A. Ma‘naviyat – millatning kuch – qudrati . -Tошкент, 2006, -Б. .64. 


59 
boyliklarimiz, jumladan, muqaddas an‘analarimiz va qadriyatlarimiz ana shu 
davrlardan beri katta hayot sinovlaridan omon–eson o’tib, tobora sayqallanib
takomillashib kelmoqda. Milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini 
keng targ’ib qilish va ommalashtirish o’sib kelayotgan avlodni, zamonaviy 
yoshlarimizni ma‘naviy tarbiyalashning asosi bo’lmog’i lozim. Men madaniyat va 
ma‘rifat dunyoni jaholat va vahshiylikdan, diniy va milliy ekstremizmdan, etnik 
qarama-qarshilik, mintaqaviy mojaro va urushlardan saqlay olishiga ishonaman. 
Butun dunyoga mashhur rus yozuvchisi Dostoevskiyning ―dunyoni go’zallik 
qutqaradi», degan mashhur iborasini bir oz o’zgartirib, ―Kirib kelayotgan XXI asrda 
dunyoni madaniyat va ma‘naviyat qutqaradi», deb aytgan bo’lardim. ―Shuni 
unutmaslik kerakki, - deydi Prezidentimiz I.Karimov, bu masalaga alohida e‘tibor 
qaratib, - bugungi kunda inson ma‘naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda 
arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xa-bar ham axborot olamidagi globallashuv 
shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab 
bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi 
davlatning chegaralarini daxlsiz sakdashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv 
bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma‘naviy 
olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib 
borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o’ylantirishi tabiiy.
1
Shuni alohida 
g’urur va iftixor bilan ta‘kidlash mumkinki, azaldan xalqimizga ziynat bo’lib kelgan 
oliyjanoblik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehmondo’stlik, o’zaro ahillik va 
hamjihatlik, millatlararo totuvlik va bag’rikenglik kabi go’zal ma‘naviy fazilatlar ona 
Vatanga, elu yurtga nisbatan muhabbat va sadoqat tuyg’ulari bugungi kunga kelib 
elimizning jahon xalqlari o’rtasidagi qadr-qimmatini va obro’- e‘tiborini yanada 
oshirib, dunyo ahlining mustaqil davlatimizga, bunyodkor xalqimizga va ana shunday 
buyuk xalqning farzandi bo’lmish muhtaram Prezidentimizga bo’lgan ishonch va 
1
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - engilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat, 2008. –Б. 115. 


60 
ehtiromi tobora ortib borishiga asos bo’lmoqda O’zbekiston xalqining inson 
huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini, demokratiya va ijtimoiy 
adolatga sadoqatini nomoyon qilib, insonparvar demokratik, huquqiy davlat barpo 
etishni ko’zlab, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta‘minlashga 
intilib, xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, 
fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta‘minlash maqsadida qabul qilingan 
Asosiy Qonunimiz bo’lmish Konstitutsiyamiz ham ana shu bebaho qadriyatlarimizga 
asoslangandir. Hatto ko’p millatli Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millatga 
mansub 
yurtdoshlarimiz 
hayoti, 
ularning 
turmush 
tarzi, 
xulq–atvori 
va 
dunyoqarashida ham ana shu qadriyatlarimiz va xalqimizga xos bo’lgan yuksak 
ma‘naviy fazilatlarning ijobiy ta‘siri o’zining yorqin ifodasini topganki, bu omil 
Vatanimizning tinchligini, turmushimizning farovonligini va taraqqiyot yo’limizning 
sobitligini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, millati, dini, irqi va 
ijtimoiy kelib chiqishidan qat‘i nazar, barcha yurtdoshlarimizning ertangi kunga 
bo’lgan ishonchi, bugungi kundagi hayoti va taqdiridan mamnunligi ularning milliy 
g’oyamiz atrofida mustahkam birlashib, ya‘ni bir yoqadan bosh chiqarib, 
"O’zbekiston – umumiy uyimiz", "Shu aziz Vatan barchamizniki", "Qudratimiz-birlik 
va hamjihatlikda", "Maqsad bir, g’oya bir, Vatan yagona ", "Vatan yagonadir – Vatan 
bittadir" g’oyalarining asl mohiyatini chuqur anglab yetgan holda shu muqaddas 
Vatanimizning 
buyuk kelajagini qurish 
va 
uning 
mustaqilligini 
yanada 
mustahkamlash yo’lida fidoyilik bilan sidqidildan qilayotgan mehnat faoliyatlarida, 
turli sohalarda qo’lga kiritayotgan yutuqlarida yorqin namoyon bo’lmoqda
1

Konstitutsiyamiz orqali kafolatlangan teng huquq va keng imkoniyatlar esa ularning 
kuchiga kuch, quvvatiga quvvat qo’shib, yangidan yangi zafarlar sari 
ilhomlantirmoqda. Bir vaqtlar o’zimizning o’zbeklar ham o’z tilida so’zlashishga 
uyalgan, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini orzu qilib, bu haqda o’z 
1

www.ziyonet.uz


  


61 
kitoblarida oshkora fikr yuritgan olimlar esa millatchi sifatida qoralanib, qattiq tazyiq 
ostida hayot kechirishga majbur qilingan bo’lsalar, endilikda mustaqillik sharofati 
bilan davlat tilimizning mavqei faqat qog’ozdagina emas, balki amalda ham 
yuksaklarga ko’tarilmoqda. Shunisi quvonchliki, bugungi kunga kelib tilimizga 
"Davlat tili" maqomi berilgan (1989 yil 21 oktabr) kunni biz o’zbeklar bilan bab-
barobar turli millatga mansub yurtdoshlarimiz ham katta bayram sifatida 
nishonlamoqdalar. Zotan, ular davlat tilimizni umumiy xonadonimiz bo’lgan 
O’zbekiston mustaqilligining, ya‘ni Vatanimizda istiqomat qilib turgan barcha millat 
vakillariga teng huquqlilikni kafolatlab, ularning tili, madaniyati, urf-odat va 
an‘analarining rivojlanishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yo’lini ochib bergan 
sharafli istiqlolimizning muhim belgilaridan, ramzlaridan biri ekanligini chuqur 
anglab yetmoqdalar. Bu esa, avvalo ko’p millatli xalqimiz ruhiyatida, Prezidentimiz 
ta‘biri bilan aytganda ma‘naviy tahdidlarga keskin zarba bera oladigan muqaddas 
tuyg’ularning ustuvorligidan dalolatdir. Ayni chog’da, bu omillar yoshlarimizni 
millatlararo totuvlik va fuqarolar hamjihatligi ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Jumladan, 2008 yil, ya‘ni "Yoshlar yili" munosabati bilan 
Respublikamizning qator viloyatlarida va Toshkent shahridagi yetakchi oliy o’quv 
yurtlarining talabalari ishtirokida o’tkazilgan "Maqsad bir, g’oya bir, Vatan yagona" 
mavzuidagi ilmiy-amaliy seminarlarimiz bizning yuqoridagi mulohazalarimizni yana 
bir bor tasdiqladi. Bu seminarlarda rus, ukrain, yahudiy, gruzin, koreys, nemis va 
boshqa qator millatlarga mansub bo’lgan talaba yoshlarimiz so’zga chiqib, sof o’zbek 
tilida o’z fikr va mulohazalarini bayon qildilar. Qalblari Vatanimizga bo’lgan mehr-
muhabbat tuyg’ulari bilan to’lib-toshgan bu yoshlar bugungi kunda davlat tilini 
o’rganish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini ta‘kidlab o’tdilar. Ularning 
deyarli har biri "Tilga e‘tibor – elga e‘tibor", degan o’zbek xalq maqolini keltirib
o’zbek tilini bilish, biz kabi turli millat vakillarini o’z bag’riga olgan bag’rikeng 
o’zbek xalqiga, erkin, demokratik, huquqiy davlat qurilishi yo’lidan dadil ilgarilab 


62 
borayotgan mustaqil davlatimiz va jonajon Vatanimizga bo’lgan e‘tibor va 
ehtiromning yorqin ifodasi, deya barcha tengdoshlarini bu tilni sevib o’rganishga 
da‘vat etdilar. Yoshlarimiz davlat tilini bilishning ahamiyatini chuqur anglab yetgan 
holda bu narsa o’zi yashab turgan yurtning buyuk tarixini, jahonshumul madaniyatini 
va ayniqsa, uning o’ziga xos qirralarini o’rganishda keng imkoniyatlar eshigini ochib 
beruvchi bebaho omil sifatida baholayotgani biz uchun g’oyat quvonchlidir. Milliy-
madaniy markazlarimiz faoliyati bilan yaqindan tanishishga, shuningdek, turli 
millatga mansub yurtdoshlarimizning yurak so’zlarini tinglab, ularning samimiy 
suhbatlarini olishga harakat qilamiz. Bo’lib o’tgan barcha uchrashuvlarda har bitta 
tadbir qatnashchisining shukronalik to’la dil so’zlari, faqatgina ezgulikka yo’g’rilgan 
ulug’ maqsadlaridan, umumiy xonadonimiz – aziz O’zbekistonimiz tinchligi, yurtimiz 
obodligi, turmushimiz farovonligi yo’lida amalga oshirayotgan xayrli ishlaridan 
quvonchlarga to’lib qaytamiz. O’rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta 
suv manbalari - daryo va anhorlar bo’yida yashab keladi. Atrofi cho’l va sahrolar 
bilan o’ralgan, tabiati, iqlimi g’oyat murakkab bo’lgan mintaqa sharoitining o’zi ana 
shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh 
bo’lib, bir-birining og’irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi. Shuning uchun 
ham xursandchilik kunlarida ham, to’y-u ma‘rakalarida ham bir-birlariga hamkoru 
hamdast bo’lib yashash ko’p millatli xalqimizning tabiiy ravishda kundalik turmush 
tarziga aylangan. Ularning barchasi qo’ni-qo’shnichilik, mahalla-ko’ychilik 
udumlariga rioya qilgan holda bir-birlariga o’z dasturxonlaridan nasiba ulashadilar, 
betoblar va yolg’iz qariyalarning holidan xabar oladilar, birovning boshiga ish tushsa 
boshqalari unga qayg’udoshlik va hamdardlik qilib ham ma‘naviy, ham moddiy 
jihatdan qo’llab-quvvatlashga shoshiladilar. Xalqimiz orasidagi o’zaro ahillik, 
ayniqsa, bayramlarda, yurtimizda nishonlanadigan tantanali marosimlar va xalq 
sayllarida o’zining butun bir jozibasi bilan namoyon bo’ladi, bunday kunlarda ular 
turli liboslar, turli tillar va turli ohanglarda o’zlarining shukronalik tuyg’ularini, shu 


63 
muqaddas zaminga, ona O’zbekistonimizga chuqur mehru muhabbatlarini o’zlarining 
kuy va qo’shiqlari bilan ifoda etadilar. Shunday paytlarda yurtdoshlarimiz 
jannatmonand O’zbekistonimizning xaqiqiy tinchlik, do’stlik, bag’rikenglik, birlik va 
hamjihatlik mamlakati ekanligini yana bir bor namoyish etadilar. Bayram kunlarida 
shodu xurramlik bilan turli millat vakillari ishtirokidagi o’tayotgan shodiyonalar 
o’lkamizning barcha hududlarini qamrab oladi. Ana shunday lahzalarda Vatanimiz 
O’zbekiston haqiqiy do’stlik chamanzori sifatida har qanday kuzatuvchining hayrati-
yu havasini keltiradi. Vatanimizda juda katta tantanalar bilan umumxalq bayrami 
sifatida keng nishonlanadigan "Mustaqillik" va "Navro’z" bayramlari, 8 dekabr – 
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 9 may – Xotira va 
qadrlash kuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, qaysi davrda bo’lmasin, har qanday 
yovuz kuchlarga, bosqinchilarga qarshi kurash, bu nainki bir millat yoki din vakillari 
manfaatiga, balki millati, irqi va dinidan qat‘i nazar, butun insoniyat manfaatlariga 
xizmat qiladi. Bu fikr hozirgi globallashuv davri uchun ayniqsa muhimdir. Bu 
jihatdan "Xotira va qadrlash kuni"ning mamlakatimizda barcha millat vakillari 
tomonidan keng nishonlanishi o’zining chuqur ma‘no va mazmuniga egadir. Mazkur 
bayram kunida ayniqsa Ikkinchi jahon urushida Vatanimiz O’zbekiston uchun, ona 
xalqimiz, jonajon yurtimiz va aziz tuprog’imiz uchun jon taslim qilganlarning 
xotiralari takrortakror yodga olinib, ularning xaqlariga duo-yu fotihalar qilinadi. 
Hozirda uylarimizni fayzga to’ldirib, barcha ishlarimizga boshu-qosh bo’lib, 
qatorimizda yurgan urush va mehnat faxriylariga esa cheksiz ehtiromlar ko’rsatilib, 
ularning fidokorona mehnatlari, qahramonona hayotlari biz uchun katta saboq 
maktabi sifatida hamisha yuksak qadr-qimmatga ega ekanligi ta‘kidlanadi. Shuning 
uchun ham bu xotira va qadrlash marosimlarida barcha milliy-madaniy markazlar faol 
ishtirok etadilar. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar va real hayotiy misollar shuni 
yana bir bor shuni tasdiqlaydiki, respublikamizning barcha hududlarida turfa millat 
vakillari o’zaro hamjixatliqda, bir-birlariga faqat va faqat yaxshiliklar tilab, ezgulik va 


64 
yaratuvchilik ishqi bilan tinch-totuv hayot kechirayotganliklari, muhtaram 
yurtboshimiz Islom Karimov ta‘kidlaganlaridek, mustaqil davlatimizning bugungi 
kundagi erishgan eng katta yutug’i, qo’lga kiritgan eng katta boyligidir. Ha, har 
qanday dushmanni dog’da qoldirib, har qanday g’ovlarni bartaraf etishga qodir 
bo’lgan qudratli kuch ham aynan mana shu ahillik va hamjihatlikda 
mujassamlashgandir. Bu esa xalqimizga xos bo’lgan yuksak ma‘naviyatning muhim 
bir belgisidir. Mustaqillik ayni paytda ma‘naviyatning ajralmas qismi bo‘lgan milliy 
til va madaniyatni taraqqiy ettirish,milliy o‘z – o‘zligini anglash, milliy his tuyg‘ular, 
gururni va vatanparvarlikni o‘stirish va mustahkamlashga ham yo‘l ochganini 
takidlash zarur. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a‘zolarining, har bir 
shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma‘naviy komoloti, go‘yalarining kishilar ongiga, 
kundalik hayotiga chuqurroq kirib borishiga bog‘liq.
1
Ma‘lumki, har qaysi xalq yoki 
millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma‘naviy qarashlari o’z-o’zidan, bo’sh joyda 
shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va 
ijtimoiy omillar asos bo’lishini hammamiz yaxshi bilamiz.
2
Binobarin, ma‘naviyatga 
qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy 
manfaatlarini. sog’lom avlod kelajagini ta‘minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga 
aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
3
Prezidentimiz 
I.A. Karimov 9–may kuni Poytaxtimizdagi tabarruk maskanlardan biri – xotira 
maydonida so‘zlagan nutqida ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan 
vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bugun mamlakatimizda buyuk 
tarihiy sana, ya‘ni ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 
kunning 67 yilligi nishonlanmoqda, - deydi Islom Karimov. Bugun safarimizda eson – 
omon, bardam bo‘lib, barchamizga ma‘naviy madad berib, ibrat bo‘layotgan urush 
1
Milliy istiqlol g‘oyasi:asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izoxli tajribaviy lug‘at).- Tошкент: Yangi asr 
avlodi, 2002. –Б. 73. 
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat , 2008. –Б. 7.. 
3
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –Tошкент: Ma‘naviyat , 2008. –Б 12. 


65 
qatnashchilarini chin qalbimdan tabriklash, ularga uzoq umr tilab, o‘zimni samimiy 
hurmatimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi,dedi davlatimiz rahbari. 
Ma‘naviyat tarbiyaning eng ta‘sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, 
bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo’ylik, haqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi. 
Aslini olganda, axloq-ma‘naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, 
xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo, insof va adolat tuyg’usi, imon, 
halollik degani.
1
Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar 
majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. 
Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon 
bo’lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat 
qilmaydi, sadoqatli bo’ladi. Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o’zini 
ayamaydi . Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni 
o’z-o’zini idora etishga, yaxshi xislatlarini ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishga 
chorlagan . Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina 
emas, balki bilimdon, ma‘naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil 
qilishi lozim. Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi 
organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida 
ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom 
munosabatni qaror toptirishimiz, ta‘bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini 
kuchaytirishimiz zarur . Ma‘naviyat, mafkura borasida chetdan ko’r-ko’rona nusxa 
ko’chirib, biron natijaga erishib bo’lmaydi. Chunki bizning dunyoqarashimiz, 
xalqimizning tafakkuri, turmush tarzi nihoyatda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi . 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə