O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI 
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI MAKTABGACHA 
TA’LIM TARBIYANI TASHKIL ETISH FANIDAN 

KURS ISHI 
Mavzu: 
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish 
usullari
 
Bajardi:
XAYDAROVA SHAXLO 
Kurs ishi rahbari: D.GAFUROVA 
 
 
Samarqand-2023 



MUNDARIJA: 
Kirish
……………………………………………………………………………..3
 
I. BOB. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY 
TARBIYA BERISH USULLARI 
1.1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti va sosiy 
tushunchalari…………………………………………………………….………..6 
1.2.Jismoniy tarbiya tamoyillari………………………………………..…….….11 
II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY 
TARBIYA BO’YICHA ISHLAR 
2.1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari…………14 
2.2.MTM da Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi…………………...28 
XULOSA
……………………………………………………………………..….35
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
………………………....36
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi:
Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar 
hisoblanadi: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har 
tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish 
hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni 
tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni 
xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida 
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni 
maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish 
hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-
kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni 
uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; 
bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; 
bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish
bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda 
qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Ta’lim 
muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, 
ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va 
salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu 
asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha 
ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik 
jarayonlardan jiddiy farq qiladi. 
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning 
umumiy nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda 
ko‘chirish mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga 
xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak.E’tirof etish joizki, ta’lim 
tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini 
hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos 
yo‘nalish sifatida qabul qilingan.Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan 



mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat 
taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Zero,Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, 
«bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa 
qolmoqda». Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga 
yetkazish masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan 
maqsad − yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi 
bolalarnin bilim doirasini kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan 
iboratdir. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib 
borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof 
etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yuksak e’tibor berish zaruriyatini 
kun 
tartibiga 
olib 
chiqadi. 
Mustaqilligimizning 
ma’naviy asoslarini 
mustahkamlashda har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ona Vatanga mehr-
muhabbat, istiqlolga sadoqat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini singdirish, 
dunyoqarashini kengaytirish, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama yetuk, 
barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifalardan biridir.Zero, birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Biron-bir jamiyat ma’naviy 
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay 
hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”
3

Ma’lumki, bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim – tarbiya uning butun 
hayoti davomida muhim o‘rin tutadi. Respublikamizning kundan-kunga jahon 
hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallab borishi, rivojlangan 
davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka erishishi, nafaqat ota-
onalar, balki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari zimmasiga bolani 
yoshiga munosib tarzda har tomonlama tarbiyalab borish zaruriyatini yuklamoqda. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda 
qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv 



borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. 
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini hisobga olsak, shu davrda 
ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiya ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari paydo bo‘la 
boshlaydi. Ayni shu vazifani amalga oshirish esa, bizning mamlakatimizda milliy 
sharqona tarbiya poydevori hisoblangan oilada, xususan ota-onalar va shu bilan 
birga ta’lim muassasalari– maktabgacha va maktab ta’limi tarbiyachisi hamda 
pedagoglari zimmasidadir.Bolalar fantaziyasi olami, ularning qiziqishi va xohishi 
qadar keng va chegarasizdir. Shuning uchun ertaklar azal-azaldan kishilardagi 
yaxshi sifatlarni kamol toptirib, go‘zallikni xis etish qobiliyatini o‘stiradi, vatan, el-
yurt obodligini, osoyishtaligini ta’minlash ishqi bilan yashashga o‘rgatadi. 
Ertaklarda xalq aql-zakovatining qudratli parvozi, xalqning orzu-istaklari, 
mingyillik donoligi, tajribasi majoziy timsollar zamiridagi mangu hayot 
muammolarini bilishga intilishini aks ettiradi. Inson bor ekan, ertak bilan o‘sib 
ulg‘ayadi, o‘zining qalb qo‘rini ertak bilan boyitadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni 
ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta. Ayniqsa, 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota onalar bilan ishlashni tashkil etish 
qaralayotganligi bugungi kunda ko‘pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham 
ayon emas.Shu boisdan mazkur ishda aynan bola shaxsi shakllanishiga ta’sir etuvchi 
muhim omillardan biri sifatida ilmiy, pedagogik-psixologik adabiyotlar asosida va 
tajriba sinov ishlari orqali o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, masalaga oid tegishli 
tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə