O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

Musobaqa metodi – 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim 
berishda u faqat pedagogik rahbarlik sharoitida qo‘llanilishi mumkin. Bu metoddan 
katta gruhlarda foydalanish mumkin. Musobaqalar bolalar kuchiga mos bo‘lishi, 
axloqiy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek o‘z yutuqlarini va boshqa 
bolalarning muvaffaqiyatlarini tinglovchilarga ongli munosabatda bo‘lish asosida 
to‘g‘ri baholash musobaqaning majburiy shartidir. Tashabbuskorlik, qa’tiylik, 
sabotlilik, dadillik, jasurlik, oliyjanoblik, o‘rtoqlik kabi irodaviy hamda axloqiy 
hislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati g‘oyat kattadir. Lekin, 
shuni unutmaslik kerakki, birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy 
xususiyatlarni (xudbinlik, hasad qilish, dag‘allik…) tarkib topishga imkon berishi 
mumkin. Shu sababli musobaqa metodiga mohirona pedagogik rahbarlik qilingan 
taqdirdagina u ma’naviy tarbiya sohasidagi o‘z rolini oqlay oladi. Pedagogik 
jarayonda ta’lim metodlaridan mujassam holda foydalaniladi.
Ko‘rgazmali yoki og‘zaki metodlardan so‘ng darhol bolalar amaliy 
harakatlarga, harakatlarni mustaqil bajarishga o‘tishlari lozim. Har bir metod 
vazifalarni hal etishga yordam beradigan bir qancha usullar majmuasidan iboratdir.
Usul – 
metodning bir qismi, uni to‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismidir.
 
Ko‘rgazmali metodga oid usullar
Bolalarni harakatlarga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikning turli usullaridan 
foydalaniladi. Yaqqol ko‘rish usullari harakat yoki ayrim xarakat elementlarining 
tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot 
ko‘rinishlariga taqlid qilishdan; masomoduli to‘g‘ri bosib o‘tishda mo‘ljal olishdan 


16 
foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar, teleeshittirishlar, fotografiyalar, suratlar… 
foydalanishdan iboratdir.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə