O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

Kurs ishi tuzilishi:
Kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va tavsiyalar, ilovalar 
qismidan iborat bo’lib, jami 41 betni tashkil etadi. 
 
 
 
 



I.BOB. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY 
TARBIYA BERISH USULLARI 
1.1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti va 
asosiy tushunchalari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim 
dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har 
tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi. Jismoniy tarbiya metodikasi 
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini 
ochib beradi.
Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bog‘likdir. Jismoniy tarbiya 
metodikas – jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o‘rgatish tamoyillarini, 
usul va metodlarini ochishga, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga va jismoniy 
sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya
harakatli uyin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga 
katta e’tibor beradi.
Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari
1.
Jismoniy rivojlanish.
2.
Jismoniy tayyorligi.
3.
Jismoniy kamolot.
4.
Jismoniy tarbiya.
5.
Jismoniy tayyorgarlik.
6.
Jismoniy ta’lim.
7.
Jismoniy mashqlar.
8.
Harakat faoliyati.
9.
Sport.



10.
Jismoniy madaniyat.
11.
Jismoniy harakatlar.
Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish 
jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda, u 
antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og‘irligi, ko‘krak 
qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddiqomatining holati) va boshqalar.
«Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo‘llanganda unga jismoniy sifatlar 
(tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, 
kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy 
sifatlarning me’yoriy ko‘rsatkichidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha 
asosiy jismoniy mashq turlari bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish 
sifatiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Ular «Bolajon» tayanch dasturida 
ko‘rsatib berilgan.
Jismoniy
kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan 
darajasi va sog‘liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama 
jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir.
«Jismoniy kamolot» o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, 
shuningdek kishilar ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi 
amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligidir 
(aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U 
konkret kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, 
vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va 
malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar – harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining 
murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal 



etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir 
necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan, u yoki bu jismoniy 
mashq turida eng yuqori natijaga
erishishga yo‘naltirilgan 
maxsus 
faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning 
ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi 
moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, 
tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, 
shuningdek kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi.
Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari 
(adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi 
darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan 
maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat 
va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ko‘zda tutadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə