O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

 
Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi.
Jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi:
4.
Gigiyenik omillar.
5.
Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv)
6.
Jismoniy mashqlar.
7.
Xilma-xil faoliyat turlari.
8.
Uqalash (massaj)
Gigiyenik omillarga:
а) mashg‘ulotlar rejimi;
b) dam olish;
v) Ovqatlanish;
g) uyqu;
d) kiyim bosh, poyabzal;
ye) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar… kiradi.
Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri 
samaradorligini oshiradi.
Gigiyenik omillari barcha organ va tizimlarning yaxshi ishlashiga yordam 
beradi. Masalan, muntazam sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining 
faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‘z 
vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning rivojlanishi va o‘sishiga yordam 
beradi. To‘laqonli uyqo‘ nerv tizimiga dam beradi va uning ish qobiliyatini oshiradi.
Xonalar, jismoniy jihozlar, atribut, o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining 
tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Xonalarni to‘g‘ri yoritish ko‘z kasalliklari 
(shabko‘rlik va boshqalar) ning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kun tartibiga 
qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o‘rgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari


22 
Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy 
mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi.
Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar 
jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda 
almashuvi kuchayadi…)
Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past 
temperaturaga moslashuv qobiliyatini oshirishga yordam beradi.
Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi 
organizmi turli xil meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera 
oladigan darajaga keladi.
Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli 
mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasalliklardan (raxit…) saqlaydi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam 
o`rgatishning asosiy shaklidir. 
Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, 
sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan 
iboratdir. 
Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila 
oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan 
holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon 
eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda 
o`tkaziladi. Yoz paytida o`yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya 
maydonchasida o`tkaziladi. 
«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun 
belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil etadi. 
Mazmuniga ko`ra xilma-xil mashg’ulotlarni o`tkazishda vazifalarning aniq va oydin 
bo`lib qolishi, dasturni o`tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh 
va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. 


23 
Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil 
bajarilishidan iboratdir. U qo`yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola 
organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat 
qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. 
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`zaro bog’liq uch qismdan iboratdir: 
1.
Kirish – tayyorgarlik. 
2.
Asosiy qism. 
3.
Yakuniy qism. 
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning har bir 
qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir. 
Mashg’ulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari; 
Jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo`yilgan vazifalar va uning 
asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin. 
Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va 
emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini 
tekshirishdan, ayrim harakat ko`nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini 
asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez 
faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. 
Shu maqsadda bolalarga to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni 
oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo`ljal olish bilan bog’liq, 
bajarilishi ko`p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini 
bajarish taklif etiladi. 
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: 
-
saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; 
-
turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish; 
-
tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna 
va hakozo bo`lib saflanish; 
-
turli ko’rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar 
tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar. 


24 
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to`rttadan bo`lib saflanishi, 
tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg’ulotning asosiy qismi 
boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatishga o`tish uchun xizmat 
qiladi. 
Bu qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o`rta guruhlarda 3 dan 5 
daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 daqiqagacha, davom etadi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə