O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

Harakat ko‘nikmasi
– bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda 
xarakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zining barqarorligi 
bilan ajralib turadi.
Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal tizimlarining 
o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga kelish jarayonidan iboratdir.
Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil 
qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish,
yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari 
mavjuddir.
1.
Sog‘lomlashtirish vazifalari.
2.
Ta’limiy vazifalar.
3.
Tarbiyaviy vazifalar.
Sog‘lomlashtirish vazifalari
hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, 
jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, 
chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini 
va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va 
yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan 
tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda 
sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir: 
-
suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining 
shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining 
mustahkamlanishiga yordam berish;
-
tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla-nishiga
suyaklar o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;
-
barcha mushaklar gruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka 
kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, 
nafas olish va boshqa mushaklar);


18 
-
ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar gruxining rivojlanishiga 
e’tibor qaratish lozim.
-
yurak-qon 
tomirlari 
va 
nafas 
olish 
tizimlari 
faoliyatini 
takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning 
qisqarish ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish 
qobiliyatini rivojlan-tirish;
-
ko‘krak qafasi harakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning 
ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas 
olishni yaxshilash;
-
ichki organlarning (oaqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) 
to‘g‘ri ishlashga yordamlashish;
-
termoregulyatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘mak-
lashish;
-
markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zg‘alish 
va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga
shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam 
berish.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə