O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


  1.2. Jismoniy tarbiya tamoyillari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

 


11 
1.2. Jismoniy tarbiya tamoyillari 
Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy usullarini birgalikda qo‘shib 
olib borish tamoyili. 
Bilish faoliyati – hissiy bilish jarayonlarini amaliyot bilan 
birligidir. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas qismlari o‘zaro 
aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq qo‘yilgan vazifaga qarab ularning izchilligi har-xil 
bo‘ladi: bolalarni harakatga o‘rgatish ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni 
og‘zaki tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatda bajarilishi bilan 
boshlanishi mumkin.
Yangi harakatlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik tamoyili harakatlarni 
tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rgazmalilik onglilik bilan chambarchas bog‘liqdir: og‘zaki berilgan 
topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan bajarish bilan amalda 
sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Bundan 
tashqari ko‘rgazmalilik bilan obrazli so‘zning o‘zaro aloqadorligi katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi.
Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili 
bolaning yosh 
xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni, hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning 
kuchiga yarashga topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi.
Tushunarlilikni asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy mashqlarni 
tobara murakkablashtirib borish hisoblanadi. Bola imkoniyatlari muayyan birlikdagi 
omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlik meyorlari bo‘yicha sinash, vrach 
tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.
Yakka yondashuv bolaning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini hisobga 
oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tutadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, 
organizm jismoniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham 
turlicha).
Yakka yondashuvning maqsadi tug‘ma fazilatlarni rivojlantirish, yangi ijobiy 
sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo‘lganda nerv tizimining tipologik 
xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishdan iboratdir.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə