O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

Jismoniy tarbiya tamoyillari.
Jismoniy tarbiya tamoyillari shaxsni har tomonlama komil inson qilib 
rivojlantirishga bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari va ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashni birgalikda va har 
tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishga mujassam holda yondashishni ko‘zda 
tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi bunday yondashuv bolalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari, yosh rivojlanish bosqichlari xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida 
asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga 
ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 
Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqlik tamoyili.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida jismoniy 
va sport mashqlariga, o‘yinlarga o‘rgatib, ulardagi bu qiziqish qo‘llab-quvvatlab 



turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o‘tish va kelajakda jismoniy 
tarbiyadan meyoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish 
uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir, shu asosda bolalarda 
O‘zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, 
jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga 
hurmat hissi tarbiyalanadi.
Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan tamoyilining
mohiyati bolalar sog‘ligini 
mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy 
mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog‘lomlashtirishga intilish, 
uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan 
yaxlitlikda rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 
rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy 
yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam 
vrachpedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə