O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#116939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya berish usullari

Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi 
didaktik-ta’limiy tamoyillar qo‘llaniladi: 
-tizimlilik va izchillik,
-onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik,
-ta’limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib 
borish;
-tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili;
-ta’limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi;
-talablarni tobora oshirib borish tamoyili.
Tizimlilik va izchillik tamoyili.
Jimoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, 
chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha 
tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamligi, 
rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi 
asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning 
izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir.


10 
Har kuni muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni 
(ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashgulotlari, sayr paytidagi harakat 
faoliyati…) tizimli tarzda muntazam bajarish, chiniqtirish tadbirlari bolalarni 
belgilangan sog‘lomlashtirish-tarbiyalash tartibiga o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini 
talab etadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina harakatlar shakllanadi.
Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari
bolaning o‘z faoliyatiga ongli 
va faol munosabatda bo‘lishga tayanishni ko‘zda tutadi, u yoki bu maqsadni amalga 
oshirish uchun nimani qanday bajarish kerakligini aniq tasavvur kilish lozim.
Bolaning mustaqil faol faoliyati berilgan vazifaga bo‘lgan qiziqishga, uni 
ongli idrok etishga, vazifa maqsadini amalga oshirish yo‘llarini tushunishga bog‘liq 
bo‘ladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə