O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


I.2. I.A.Karimov asarlarida millatlararo munosabatlarning yoritilishi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix30.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#164564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kitob 5678 uzsmart.uz

I.2. I.A.Karimov asarlarida millatlararo munosabatlarning yoritilishi. 
Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli 
risolasida jamiyatdagi barqarorlik, tichlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, 
sarhadlarimiz daxlsizligini va mamlakatimiz yahlitligini ta‘minlash masalasi oltinchi 
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Bu borada siyosatimizning asosiy tamoyillari 
quyidagicha:
-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
-xalqaro hamkorlikni tobora rivojlantirish;
-dunyo mamlakatlari bilan teng huquqlilik asosida sherikchilik qilish;
-barcha muammo va mojarolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy vositalar bilan 
xal etish.


39 
Bu tamoyillar siyosatda oshkoralikka, ochiqlikka, tenglikka va huquqiylikka 
tayanib ish yuritish taqazo qiladi. Ammo qo‘shni respublikalardagi va 
mintaqamizdagi vaziyat mamlakatimiz suverenitetiga taxdid soluvchi tajovuzkor 
kuchlardan saqlay oluvchi mustahkam va barqaror xavfsizlik tizimini yaratish 
zaruriyatini tug‘diradi. -Mintaqadagi ahvol, dunyoning boshqa hududlarida 
vaziyatning keskinlashuvi O‘zbekistonning suverenitetiga, izchil va barqaror rivojiga 
xavf solishi mumkin bo‘lgan kuchlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik 
tizimlarini yaratishni taqazo etmoqda»- deb ta‘kidlaydi I. Karimov. Bu jamiyatni 
boshqarishga yangicha tafakkur usuli bilan qarashni talab qiladi. Xo‘sh, yangicha 
tafakkur usuli nima? Milliy mafkura vositasida yurt birlashadi, o’z oldiga buyuk 
maqsadlar qo’yadi va ularni ado etishga qodir bo’ladi. Chunki ta‘lim-tarbiya – ong 
mahsuli, lekin ayni vaqtda, ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. 
Binobarin, ta‘lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. 
Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va 
obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Biz bir narsani yaxshi anglab olishimiz kerakki, 
umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakuri har xil-izmlar»dan ozod, 
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan 
insonlargina fuqarolik jamiyatini barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga 
qodir bo’ladi
1
. Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, 
endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or 
texnologiyalar har qiluvchi ahamiyat kasb etadi. I.Karimovning quyidagi so‘zlarini 
eslab o‘tish o‘rinli bo‘lar edi: …hozirgi vaqtda dunyoda dunyoda ikki qarama – qarshi 
qutb barham topgan bo‘lsada, turli xil maqsad – manfaatlarini ifoda etuvchi 
mafkuralar tortishuvi to‘xtagani yo‘q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan 
ko‘zlangan asosiy maqsad –inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan 
mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi – 
1
Karimov I A. Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin. VII jild, -Тошкент: Ўзбекисон , -Б. 102. 


40 
tuyg‘ulariga ta‘sir o‘tkazish, o‘z dunyoqarashiga bo‘ysundirish, ma‘naviy jihatdan 
zaif va tobe qilish». Bugungi kunda Er yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, 
elatlar, turlicha dinlar, mazxablar o‘rtasida bir –birini tushunishga, bir – birini 
anglashga, bir – birini qo‘llab – quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir – birining 
nuqtai nazarlari bilan hisoblashga, bir – biriga nisbatan toqatli bo‘lishga da‘vat etadi. 
Bu siyosiy tolerantlik demakdir. Bir masalaga turlicha nuqtai nazardan qarash, nuqtai 
nazarlar xilma –xilligi esa plyuralizm demakdir. Bugungi kunda umuminsoniyat 
kelajagiga xavf – xatar solib turgan umumbashariy muammolar avj olgan bir davrda 
yashamoqdamiz. Bunday muammolarni echishga bitta davlat yoki bir mintaqada 
yashovchi axolining qurbi etmaydi. Shunday vaziyatda ko‘pchilik davlatlarning 
hamkorligi va ittifoqi kerak bo‘ladi. Mamlakatlar o‘rtasida, davlatlar va xalqlar 
o‘rtasida umumiy ofatlar: xalqaro terrorizm, narkomaniya, uyushgan jinoyatchilik, 
ekologik ofatlar va boshqalarga qarshi kurashish uchun jahon miqyosidagi umumiy 
hamkorlikni qaror toptirish zarur. Bunday yondashish globalistik yondashishdir. 
Ijtimoiy jarayonlarga ko‘p tarmoqli, ko‘p bosqichli, ko‘p yo‘nalishli rivojlanuvchi 
hodisalar sifatida qarash lozimki, ularni tahlil etish uchun dialektik yondashish etarli 
bo‘lmay qoldi. Shu sababli ularga endi sinergetik metodologiyani tatbiq etish mazkur 
jarayonlarning barcha qirralarini qamrab olishga imkon beradi. Bu esa, o‘z navbatida, 
voqeilikka kengroq miqyosda, ochiq sistema nuqtai nazaridan, olamning xilma – 
xilligi va rang – barangliligi, jarayonlarning o‘zaro tartibli va tartibsiz iplar bilan 
murakkab, ko‘p tarmoqli bog‘lanib ketganligini hisobga oluvchi sinergetik tafakkurga 
ehtiyoj tug‘diradi.
1
Jamiyatni atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarga ham – ohang 
boshqarishda yangicha tafakkurga o‘tishning, tafakkurni hukmron va zo‘ravonlikka 
asoslangan mafkuraviy tazyiqlardan ozod qilishning, jamiyatda fikr, tafakkur 
erkinligini qaror toptirishning ahamiyati kattadir. Prezidentimiz I. Karimov 
―Tafakkur» jurnali muharririning savollariga bergan javoblarida shunday deydi: 
1
Karimov I. A.. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda –Tошкент: Ўзбекистон, 2000, -Б. 329. 


41 
―Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan 
ham ko‘ra dahshatlidir». Shunday qilib, ozod tafakkur jamiyatni ijodiy 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, yangicha tafakkurning asosiy belgilaridan 
biri bo‘lib qoladi. Ma‘lumki, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda 
revolyutsion va evolyutsion uslublar mavjud. Bu xaqda falsafada quyidagicha fikr 
ilgari surilgan: ijtimoiy jarayonlar revolyutsion va evolyutsion, ya‘ni inqilobiy va 
bosqichma bosqich tarzda boradi. Ijtimoiy revolyutsilar jamiyatda keskin, talato‘pli 
o‘zgarishdir, evolyutsiya esa yangi sifatga asta sekin, bosqichma – bosqich, 
talofatlarsiz o‘tishdir. Revolyutsion o‘tishda jamiyatning asosiy tayanch nuqtalari 
singdiriladi, bu esa jamiyatdagi barqarorlikni tubdan o‘zgartiradi, ya‘ni barqarorlik 
beqarorlik bilan almashiladi. Bunday holat halqning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoliga 
jiddiy zarar keltiradi, qurbonlar beriladi, ijtimoiy va iqtisodiy talofatlarga duchor 
qiladi. O‘zbekiston rahbariyati jamiyatni o‘zgartirishda evolyutsion uslubni tanladi va 
―yangisini qurmasdan eskisini buzmaslik», jamiyat azolarini birdaniga himoyasiz 
qilib qo‘ymaslik, keskin qashshoqlashtirmaslik yo‘li bilan yangi jamiyatni bunyod 
qilishga kirishdi. Evolyutsion uslubda jamiyatdagi asosiy ishlab chiqarish vositalari 
o‘zgarmasdan qolaverdi, ishlab chiqarish usuli esa bosqichma – bosqich o‘zgartirilib 
boriladi. Bunday sharoitda yangicha ishlab chiqarish ilgari erishilga tajriba va 
yutuqlarni saqlab qolgan holda, eskirgan tomonlarni asta – sekin yangisiga 
almashtirish yo‘li bilan siljib boradi. Bunday sharoitda xalq kutilmagan sharoitga 
tushib qolmasdan, jamiyatdagi o‘zgarishlarga hamohang ravishda o‘zgarib boradi. 
Evolyutsion uslub eng avvalo xalqning tafakkurida o‘zgarish bo‘lishiga imkoniyat 
yaratadi. Sodda qilib aytganda, elu yurtimizning osoyishtaligi, osmonimizning 
musaffoligi, sarhadlarimizning bexatarligi, bugungi kunimizdan rozilik, ertangi 
hayotga ishonch, onalarimiz va farzandlarimiz yuzidagi tabassum, bu – men o’z 
faoliyatimda intiladigan eng oliy maqsaddir. Xalqimizning osoyishtaligi va 
farovonligi men uchun hamma narsadan afzal . Bu dunyoda inson o’z mehnati, aql-


42 
g’ayrati bilan ko’p narsaga erishishi mumkin. Boylikka ham, shon-shuhratga ham, 
ilmiy, ijodiy kashfiyotlarga ham, oila, sevgi baxsh etadigan saodatga ham. Faqat 
buning uchun, avvalo, insonning uyida, mahalla-kuyda, yurtida, qisqacha aytganda, 
odamning ko’nglida tinchlikxotirjamlik hukm surishi kerak
1
. Tinchlik-omonlik 
bo’lsa, hamma narsa bo’ladi-islohot ham, bozor iqtisodiyoti ham, jamiyatimizning 
yangilanishi ham. Aslida hayotimizdagi bugungi barcha islohot, demokratik 
o’zgarishlardan ko’zlangan maqsad- yurtdoshlarimizning turmushini farovon qilish, 
ularning haq-huquqlari, manfaatlarini himoya etish . O‘zbekiston Respublikasidagi 
ijtimoiy siyosiy vaziyat barqarorligi ba‘zi hukmronlik mavqeini saqlab qolishga 
intilayotgan siyosiy kuchlar va mamlakat ichkarisidagi ekstremistik unsurlarning 
tajovuz ob‘ektlaridan biridir. Shu sababdan, sodda xalqni avrash va chalg‘itish orqali 
millatlararo mojarolarni sun‘iy ravishda vujudga keltirish hamda yurtimizda istiqomat 
qiluvchi turli millat va din vakillari o‘rtasida do‘stlikka raxna solish yo‘li bilan 
mamlakatimizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urunish O‘zbekiston Respublikasi 
milliy xavfsizligiga taxdid soluvchi potensial va real manbalardan biri ekanligini 
hisobga olmay bo‘lmaydi, albatta. Chunki turli millatlar, elatlar, turli hil din vakillari 
yashaydigan joyda, ular orasida manfaat va maqsadlar hilma – hillgidan turli 
darajadagi kelishmovchilik va ziddiyatlar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Bunday 
vaziyatlarni hisobga olish, vujudga kelgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish 
ijtimoiy barqarorlikni saqlashning muhim omilidir.
2
O‘zbekiston Prezidenti I. A. 
Karimov ta‘kidlaganidek, ko’p millatli davlatda etnik guruhlar o’rtasidagi va millatlar 
o’rtasidagi munosabatlar milliy xavfsizlik tushunchasini shakllantiruvchi ta’sirchan 
omillardan biri ekanligi aniq bo’la boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, millatlararo 
munosabatlarda ro‘y beradigan xilma –xil ziddiyatli holatlarni, mojarolarni ilmiy 
tahlil etishni talab qiladi. Bu borada ayniqsa, uzluksiz sotsiologik so‘rovlar olib borish 
1
Karimov I A. Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin. VII jild, -Тошкент: Ўзбекисон , -Б. 84.
2
Karimov I.A. O‘zbekston XXI asrga intilmoqda. –Tошкент: Ўзбекистон, 2000. –Б. 331. 


43 
vaziyatni aniqroq tahlil etish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday so‘rovlar qaysi joyda 
qanday ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish kerakligiga yo‘llanma beradi. Ma‘lumki, 
sobiq SSSRda nizolar hal etilmay, etti qulf ortiga yashirilar, ko‘zga ko‘rinmas holda 
tobora yig‘ila borar va chuqurlashardi. Turg‘unlik yillari ―nizosizlik nazariyasi» 
hukm surar, keskin ijtimoiy ziddiyatlar va millatlararo munosabatlarda mavjud 
bo‘lgan mojarolarni o‘rganish hamda tahlil etish taqiqlanardi. Muammolar mavjud 
bo‘lsa ham, rahbariyat ularni ko‘rmaganlikka olar edi. Shu bilan birga ihtiyoriy yoki 
ixtiyorsiz ravishda nazorat qilib bo‘lmaydigan nokonstitutsiyaviy jarayonlarning 
rivojlanishi rag‘batlantirilar edi. Bunga sobiq ittifoqdosh respublikalardagi iqtisodiy 
taraqqiyotning nomutanosibligi, ba‘zilarning faqat hom ashyo bazasiga va 
bazilarining esa sanoat markazlariga aylanganligi, milliy maktablar sonining kam 
bo‘lganligi, ish yuritishning hamma joylarda rus tilida olib borilganligi, ba‘zi bir 
milliy urf – odat, rasm – rusm va an‘analar o‘tkazilishining man etilganligi kabi 
millatlararo munosabatlarda mavjud bo‘lgan salbiy jixatlar misol bo‘la oladi. 
Aholining millatlararo muomila madaniyatini shakllantirishga etarli e‘tibor 
berilmaganligi ziddiyatli vaziyatlarning yuzaga kelishiga olib kelar edi. O‘tmishdan 
farqli o‘laroq siyosiy o‘zgarishlar tizimining samaradorligi, jamiyat taraqqiyotida 
evolyutsion uslubga asoslangan yangicha tafakkurga tayanish,siyosatning oshkorligi, 
voqeilikka boyligi tufayli O‘zbekistonda umuminsoniy, umummilliy totuvlik va 
birdamlikka erishilmoqda. Millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi asosiy 
sabablardan biri millatchilik va shovinizmdir. Millatchilik boshqa xalqlarni 
mensimasli, ularga nisbatan murosasizlik va ishonchsizlikda namoyon bo‘lib, bir 
millatni boshqa millatdan ustun qo‘yish psixologiyasi, g‘oyasi, fikri va siyosati, o‘z 
millatini yuqori qo‘yish, milliy adovat va irqiy nafrat urug‘ini sochishdir. Qator 
hollarda millatchilik va diniy zamin, ―diniy afzallik»larga tayangan. Millatchilikning 
O‘zbekiston Respublikasining milliy havfsizligiga solinayotgan taxdidlardan biri 
sifatida baholar ekan, mamlakatimiz Prezidenti siyosiy va boshqa maqsadlarda 


44 
―millatchilik o‘yinini» o‘ynashga intilayotgan, siyosiy donolik va sog‘lom aql 
tushunchalaridan yiroq bo‘lgan kuchlar odamlarning keyinchalik jangari 
tajovuzkorlikka aylanuvchi ichki his tuyg‘ularning yuqori safarbaligiga ishonadilar, 
deb ta‘kidlaydi. Millatchilikning yana bir xavfli tomoni shundaki, ulug‘ davlatchilik 
shovinizmi uchun zamin yaratadi. Albatta uning qarama – qarshi tomoni ham 48 
mavjuddir. Millatlararo nizolar yahudiylar vaarablar, turklar va kurdlar, serblar va 
xorvatlar, bosniyaliklar va albanlar, armanlar va ozorbayjonlar, moldavanlar va 
gagauzlar, gruzinlar va abxazlarga qanchadan – qancha g‘am – tashvish, azob – 
uqubatlar olib kelmoqda. Bu ro‘yhatni uzluksiz davom ettirish mumkin. 
Respublikamiz hamda yaqin qo‘shnilarimizni ham bu ofat cheklab o‘tmadi: Farg‘ona, 
Bo‘ka, Parkent, O‘sh – xalqimiz xotirasidan fojiya sifatida o‘rin olgan. Inson 
millatchi bo‘lib ham, jinoyatchi bo‘lib ham tug‘ilmaydi, balki unga aylanadi. 
Oilalarda va maktablarda bolalarga milliy mafkuramiz ruhida ta‘lim berish va 
tarbiyalashga etarli e‘tibor berilmas ekan, inson millatchiga yoki milliylikdan begona 
-manqurt»ga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov -
Turkiston» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida shunday deydi: … Shu 
o‘rinda mustaqillik va istiqlol yo‘lida birinchi qadeam qo‘yayotgan davrda yagona 
oila bo;lib yashayotgan ko‘p millatli xalqimizning dolzab shioriga aylanga so‘zlarni 
eslamoqchiman. Shu aziz vatan barchamizniki, uning farovon kelajagi va iqboli 
uchun yashash, kurashish biz uchun eng katta baxtdir. Ishonchim komilki, 
barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlikka chorlayotgan bunday shior milliy 
g‘oyamiz va tafakkurimizning asosiy mezoniga aylanib qolsa, nafaqat bugungi, balki 
kelajak avlodlarimizni ham asraydigan ezgu orzularimizni ro‘yobga chiqaradigan asos 
bo‘lib xizmat qilar edi».
1
Tarix saboqlaridan xulosa chiqarish vaqti ham keldi. 
Moddiy qiyinchiliklar og‘ir sinov bo‘lsa ham, uni mehnat va sabr – toqat bilan engish 
mumkin, albatta. Bu g‘oya har bir ota – ona, o‘qituvchi, murabbiy, mahalla oqsoqoli 
1
Karimov I.A. O‘zbekston XXI asrga intilmoqda. –Tошкент: Ўзбекистон, 2000. –Б. 333–334. 


45 
va faoli qalbida so‘nmas mash‘al kabi yonib, yosh avlod uchun aniq va tushunarli 
bo‘lishi kerak, va faqat shundagina tinchlik va barqarorlik, ezgu maqsadlar va buyuk 
kelajakka erishish mumkin bo‘ladi. Yana bir narsani ta‘kidlash zarur. Yoshlarning 
ta‘lim – tarbiyasiga nisbatan rasmiyatchilik bu ishni umuman olib bormagandan ko‘ra 
zararlidir. Ayrim manfur kimsalarning siyosiy shuhratparastlik, boylik ortirish ilinjida 
yoshlar ongiga o‘z xalqining qoni evaziga diniy murosasizlik, millatchilik, 
separatizm, fashizm,mahalliychilik,jinoiy sheriklik kabi-g‘oya va g‘oyacha»larni 
tiqishtirishga harakat qilishini anglashimiz muhimdir. Ular o‘zlarining bu jirkanch 
niyatlarini qanday amalga oshirishlarini hammamiz 1999 yil 16 fevralda ko‘rdik. 
Jinoyatchilar, albatta, jazolanadilar. Lekin, bunday fojialarning qaytarilmasligi 
g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmasligi uchun hammamiz ham bor imkoniyatlarimizdan 
foydalanishimiz, qo‘ldan kelgancha harakat qilishimiz lozim. Yangicha tafakkur 
tizimidagi evolyutsion uslub asosida milliy mafkura va uning asosiy o‘zagi bo‘lgan 
milliy g‘oya yotadi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, milliy g‘oya – bu faqatgina o‘zbek 
millatinigina birlashishga chaqiruvchi mavhum shior bo‘lmasdan, balki uni yanada 
kengroq jabhada butun aholini qamrab oluvchi, barchani jipslashtiruvchi omil sifatida 
ham olib qarash lozim. Biz bu joyda millatidan qat‘i nazar, butun O‘zbekiston xalqini 
va ularning har birining shaxsiy, butun jamiyat va davlat miqyosidagi manfaatlarini 
nazarda tutmoqdamiz. 1994 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti -Insonning 
xavfsizligi» dasturini e‘lon qildi. Uning asosiy g‘oyalari quyidagilardan iborat: 
insonning xavfsizligi bo‘lmasdan, u butun xalqning xavfsizligi demakdir; bu 
faqatgina qurolga egalik qilish orqali erishilgan xavfsizlik bo‘lmasdan, u rivojlanish 
evaziga erishilgan xavfsizlikdir; bu faqatgina davlatlar o‘rtasidagi mojarolardan 
himoya bo‘lib qolmasdan, u xalqlar o‘rtasidagi mojarolardan ham himoyadir. XXI asr 
arafasida shaxs, uning farovonligi va xavfsizligi milliy va xalqaro xavfsizlikning 
o‘zagi bo‘lib bormoqda. Aniqroq aytganda, bu odamlarning yangi maqsad va ideallar 
bilan ommaviy – siyosiy uyg‘onishida ifodalanmoqda, bu esa shaxsning rivojlanishi 


46 
va insonlarning bir – biri bilan kelishishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Jamiyatga yuksak 
ideallar, g‘oyalar va maqsadlar kerak va bu maqsadlarda uni amalga oshirish 
texnologiyasi va xarakat dasturini shakllantirish kerak. Davlatimiz raxbari 
ta‘kidlaganidek, hozirgi vazifa ―…yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa va kasb – 
korga mansub bo‘lgan keng ommani ogoxlikka chaqirish, mavjud xavf va 
taxdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular xaqida jamoatchilik fikrini uyg‘otish, eng 
muhimi milliy g‘oya, milliy mafkura asosida xalqimizni birlashtirish , yanada 
jipslashtirishdan iboratdir». -Biz, - deb yozadi Prezident, - xalqni birlashtiruvchi, 
yuksak marralar sari chorlovchi mafkura – milliy g‘oyaning xayotdagi ahamiyati, 
uning mazmun – mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik. Endi ijtimoiy soha 
olimlar, mutahassislar, ilg‘or fikrli ziyolilar bu boradadagi izlanishlarni 
chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy hulosalar ishlab chiqishlari, qisqa aytganda, 
mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda 
ifodalab berishlari lozim.»
1
Bugungi kunda milliy mafkurani jamiyatda kishilarning 
xavfsizligi va farovonligi, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatligini idrok etish, 
umumjamiyat tamoyili bilan ijtimoiy evolyutsiya yo‘lidan borish g‘oyasi orqali 
shakllantirish mumkin. Bir – biriga yon bosish, toqatlilik, hamdartlik, umumiy ish 
uchun har birimizning mas‘ulligimiz eng ulug‘ qadriyatlar bo‘lishi lozim. Bizning 
siyosatimizning bosh yo’nalishini O’zbekiston xavfsizligi tashkil etadi. Albatta, 
hozircha turmushimiz biz orzu etgan darajada emas. Hali yetishmovchiliklar, 
qiyinchiliklar va yo’limizda to’siqlar ham oz emas. Ammo shunday murakkab bir 
vaziyatda 
odamlar 
omonligi, 
mamlakatimiz 
tinchligini 
ta‘minlashga 
erishayotganimiz, o’ylaymanki, bizning eng katta yutug’umizdir1 . Ma‘lumki, 
jamiyatda barqarorlik, xavfsizlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni hamda 
sarxadlarimiz daxlsizligi va yaxlitligini ta‘minlash masalalari davlatimiz raxbari 
1
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. VII jild.-Тошкент: 
Ўзбекистон., -Б. 102. 


47 
tomonidan mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab kun tartibiga qo‘yilgan edi. 
Bu borada ulkan yutuqlarimiz bugungi kunda birgina xalqimiz tomonidan qadrlanib 
ezozlanibgina qolmasdan, balki xalqaro jamiyatning diqqat markaziga tushdi. 
Mustaqillikni biz bilan barobar qo‘lga kiritgan yangi mustaqil davlatlar orasida 
O‘zbekistonning bu sohada erishgan yutuqlarini barcha tan olmoqda. Shu tufayli ham 
yurtimiz jahon siyosatida jiddiy mavqega ega bo‘lib bormoqda. Lekin 16 fevralda 
mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtirilgan to‘ntarishga 
urunish bugun ko‘pgina vazifalarni qayta ko‘rib chiqishni, yangi amaliy 
yondashuvlarni taqazo etmoqda. Jumladan, baqarorlik, xavfsizlik, millatlar va 
fuqarolararo totuvlikni hamda sarhadlarimiz daxlsizligi va hududimiz yahlitligini 
ta‘minlash muammolari ham o‘zgacha ahamiyat kasb etmoqda, ularga nisbatan 
yangicha yondashuvlar, amaliy takliflar ishlab chiqish zamon amri, xalqimiz hohish 
irodasiga aylanmoqda. 16 fevral voqealaridan keyingi bosqich yangi milliy manfaatlar 
tizimi, yangi rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilishini taqazo etmoqda. Jumladan, 
hayot – mamot ahamiyatiga ega bo‘layotgan milliy manfaatlar majmui bevosita diniy 
ekstremizm niqobi bilan mamlakat tashqarisi va ichkarisida birlashgan siyosiylashgan 
terrorchilik kuchlariga qarshi kurash bilan bog‘liq. Shu bois, endilikda barqarorlik va 
xavfsizlik tushunchalari o‘zining ilgari sezilmagan boshqa qirralarini namoyon 
qilmoqda. Ya‘ni hayot – mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan milliy manfaatlar va 
xavfsizlik strategiyasiga yangi ustuvorlik kirib keldiki, bu, o‘z navbatida, 
davlatimizning tegishli muassasalarining mas‘uliyatini beqiyos oshiradi. Biz barpo 
etayotgan davlat, eng avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida 
boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi lozim
1
. Biz 
shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz . Biz 
fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma‘nosi shuki, davlatchiligimiz 
1
Karimov I.A. O‘zbekistonnng siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. III jild.-Тошкент: 
Ўзбекистон, -Б. 7.


48 
rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, 
ya‘ni o’zini-o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir
1
. Jahon 
davlatlari tajribasidan kelib chiqib, XXI ars bo‘sag‘asida milliy manfaatlarimiz 
ustuvorliklarini joy – joyiga qo‘yishga harakat qilsak, quyidagi holat vujudga kelishi 
mumkin: Hayot – mamot ahamiyatiga ega ustuvorliklar: milliy davlatchiligimizni 
shakllantirish jarayonini muttasil bosqichma – bosqich davom ettirish; davlatimizni 
tanlagan demokratik mustaqillik yo‘lidan og‘dirish, konstitutsiyaviy soyosiy tuzumni 
barbod qilishga va qonuniy saylangan rahbariyatga tajovuz qolishga qaratilgan siyosiy 
terrorchilikka, diniy ekstremizmga zarba berishdan; mamlakatda siyosiy barqarorlikni 
ta‘minlash; iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy ravnaqi; uning kuch – qidrati va 
salohiyatini mustahkamlash uchun rivojlangan demokratik davlatlar tizimidan joy 
olish; xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni uzoq muddat davomida ta‘minlash ishiga 
hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, o‘zaro teng sherikchilikka ko‘maklasha oladigan 
barcha davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan jiddiy, oshkora hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish; davlatimizning xalqaro hamda mintaqaviy manfaatlari mos kelgan davlatlar, 
xalqaro mintaqaviy ittifoqlar, tashkilotlar bilan xavfsizligimizni ta‘minlash nuqtai 
nazaridan aloqalarni mustahkamlash; yaqin mintaqalarda mavjud bo‘lgan siyosiy 
mojarolarga barham berishning samarali yo‘llari, mehanizmini shakllantirish; 
mamlakatda millatlar va fuqarolararo totuvlik jarayonini yanada kuchaytirish; qo‘shni 
davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik tizimini 
shakllantirish; har qanday xavfni o‘z vaqtida bartaraf qila oladigan xavfsizlik tizimini 
yaratishdan iboratdir.
2
Eng muhim manfaatlar ustuvorliklari asosini esa, siyosiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish; xalqaro 
xavfsizlik va olam yaxlitlik ishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan mintaqaviy 
xakamlikka da‘vo qilish, gegemonizm, va g‘oyalariga qarshi ma‘rifiy kurash olib 
1
Karimov I.A. O‘zbekistonnng siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. III jild .-Тошкент: 
Ўзбекистон, -Б. 11. 
2
Karimov I.A. O‘zbekston XXI asrga intilmoqda. –Tошкент: Ўзбекистон, 2000. –Б. 339. 


49 
borish; eng qudratli hamda etakchi davlatlar tomonidan mintaqamizning o‘z ta‘sir 
doirasiga kiritilishining oldini olish; turli – tuman tashkilotlardan o‘z siyosiy
manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilish tendensiyalariga o‘z vaqtida zarba berish; 
mustaqil demokratik ma‘rifiy tashqi va ichki siyosat olib borish singari yo‘nalishlar 
tashkil etadi. Agar iqtisodiy o’sish, taraqqiyot – jamiyatimizning tanasi bo’lsa, 
ma‘naviyat-ma‘rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli va jonidir
1
. Yana bir 
haqiqatni takrorlab o’tishga to’g’ri keladi: mustaqillik, tanlangan istiqlol yo’li, 
avvalambor, har qaysi inson, fuqaro butun jamiyat kelajagi uchun munosib hayot, 
farovonlik, barqarorlik baxsh etgan taqdirdagina xalqimiz uchun ma‘qul bo’lishi 
muqarrardir
2
. Bu borada ko‘zlangan marralarni qo‘lga kiritishning bosh kafolati esa 
davlatimiz ishlab chiqqan demokratik zamonaviy tashqi siyosiy doktrinadir. Bir so‘z 
bilan ifodalaydigan bo‘lsak, mamlakatimizda milliy manfaatlar va ustuvorliklarni 
maqbul darajada amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha shart – sharoitlar; 
ma‘rifiy tinchliksevar, tashqi siyosiy hamda harbiy konsepsiyalar, siyosiy 
rahbariyatning sobitqadamligi va nihoyat ko‘tarinki siyosiy ruh shakllangan. Bu, o‘z 
navbatida, mamlakatimizning barqarorlik, tinchlik, taraqqiyoti hamda millatlararo 
totuvlikni taq‘minlash ishi tashqi siyosiy ustuvorliklarga qay darajada bog‘liq 
ekanligidan guvohlik beradi. Yutrboshimiz Oliy Majlisning XIV sessiyasida qilgan 
ma‘ruzasi hamda keyingi turli nufuzli darajalarda chiqishlarida mintaqada, va 
umuman, dunyoning boshqa qismlarida vaziyatning keskinlashganligi O‘zbekiston 
Respublikasi xalqining umumiy kayfiyatiga ta‘sir qilishini inobatga olib, ba‘zi bir 
aniq chora – tadbirlar tizimini ishlab chiqish zarurligini uqtirgan edi.
3
Jahon 
miqyosida voqealarning borishi shundan dalolat beradiki, insoniyat hamon osoyishta 
yashash imkoniyatlariga ehtiyoj sezib turmoqda. Ammo, kunda – kunora uning 
tinchligi va osoyishtaligi, kelajakka umid to‘la ko‘z bilan boqa olishiga xalaqit 
1
Karimov I. A. Ilmu fan mamlakat taraqqiyotiga hizmat qilsin. II jild. –Тошкент: Ўзбекистон, -Б. 261.
2
Karimov I. A. Ilmu fan mamlakat taraqqiyotiga hizmat qilsin. II jild. –Тошкент: Ўзбекистон, -Б. 268. 
3
Karimov I.A. O‘zbekston XXI asrga intilmoqda. –Tошкент: Ўзбекистон, 2000. –Б. 340–341 


50 
berayotgan turli – tuman nohush jarayonlar, kishilarning umriga zomin bo‘layotgan 
to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Dunyoning turli joylarida har hil sabab va bahonalar 
bilan harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda. ―Kichik miqyosdagi» urushlar 
ko‘paymoqda. Umuman, qaysi g‘oyaga, me‘yorlarga tayanmasin, urushning har 
qanday turi insonning tabiiy haq – huquqlariga ziddir. Millatning xavfsizligini 
ta‘minlash nuqtai nazaridan urush xarakatlarining birontasini oqlash mumkin emas. 
Hatto, dunyodagi eng demokratik, qudratli davlat yoki davlatlar ittifoqiga ham tinch 
aholiga qurbonlar keltiruvchi harbiy urunishlarni amalga oshirish huquqi berilmagan. 
Lekin, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning etarli darajada kafolatlanmasdan 
kelinayotganligi, yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, -bizdan mavjud va potensial xavf – 
xatarlarning oldini olish, chegaralarimiz daxlsizligi va huqudimiz yahlitligini 
ta‘minlashga qodir bo‘lgan xavfsizlik tizimini barpo etishni talab qilmoqda». Qurolli 
Kuchlarni, chegara va ichki qo‘shinlarimizni davlat siyosatiga monand holda 
takomillashtirish va chuqur, bosqichma – bosqich isloh qilish ishi davlatimiz 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarilmoqda O‘zbekiston suveren 
davlat sifatida o‘z milliy manfaatlariga sodiq qolgan holda, sarhadlarimizni etarli 
darajada himoya qilish va saqlashga yo‘naltirilgan zarur chora – tadbirlarni ishlab 
chiqadi va amalga oshiradi. Bu ishlarning barchasi mamlakatimizda ijtimoiy – 
iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga oshirish, kishilarning tinch va bunyodkorlik 
mehnatini, ijtimoiy barqarorlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni ta‘minlashga 
yo‘naltirilgan. Prezidentimiz fikriga tayanib aytish mumkinki, bugun mustaqillik 
davrida, 2700 yillik tarixga ega o‘zbek davlatchiligi tom ma‘noda qayta 
tiklanayotgan, ravnaq topayotgan bir paytda Vatanimiz hudud va sarxadlari yanada 
yangi ma‘no kasb etmoqda. Prezidentimiz nazdida bugun O‘zbekistonliklarning 
ongida davlat hududi va chegara alohida iftihor tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilmoqda. 
Sarhadlarimiz daxlsizligi va hududimiz yahlitligi umumjamiyat, umummillat 
qadriyatlari safidan o‘rin olib, mamlakatdagi barqarorlik, xavfsizlik, millatlar va 


51 
fuqarolararo totuvlikning bosh tayanchiga aylanmoqda.
1
Agar biz o’z kuch, 
salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan 
mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan tepa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, 
yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab, beshafqat hayotning pastu baland, 
tangu tor ko’chalaridan Alloh bergan aql-zakovati bilan to’g’ri yo’lni adashmay topa 
olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirsak, o’ylaymanki, o’z 
maqsadimizga to’la erishgan bo’lamiz. Respublikaning har bir fuqarosi respublika 
taqdiridagi tarixiy o’zgarishlarda ishtirok etayotganligini, kelajak uchun shaxsiy 
mas‘uliyatini haqiqiy his etgan taqdirdagina xalqimiz chinakam erkin va baxtiyor 
kuchli davlat qurishi mumkin. Agar yurtimizning dardlarini anglamasak, 
ajdodlarimizning ozodlik haqidagi muqaddas vasiyatlarini amalga oshirmasak, 
aytinglar, aziz birodarlar, biz nima degan odam bo’lamiz? Agar yurtimizning chin 
ma‘noda mustaqil bo’lishini ta‘min etolmasak, keyin qanday bosh ko’tarib yuramiz
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.-Тошкент: Ўзбекистон, 2000. –Б. 344.


52 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə