O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə1/3
tarix25.05.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#112805
  1   2   3
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI

5111700-boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
maxsus sirtqi bo’limi 3-bosqich 303-guruh talabasi Nurtayeva Nafisaning ,,Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi’’ fanidan
Ko’p xonali sonlarni raqamlashni o’rganish mavzusida

KURS ISHI


Samarqand - 2020
REJA:

KURS ISHI 1

KIRISH
Ma’lumki, fundamental fanlaming yutuqlari, tadqiqot darajasi va ularni amaliyotga joriy etish sur’atlari mamlakat rivojining asosini tashkil etadi. Shu munosabat bilan matematika ta’limining republikamizdagi holati va uni takomillashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masala hisoblanadi.
Matematika bolalarni tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi shuningdek, matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi ularning o'z fikrlarini aniq to'g'ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi.
Respublikamiz birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yosh аvlоdni bilimli kоmil insоn qilib tаrbiyalаsh to,g,risidаgi, kеlаjаk yosh аvlоd qo,lidа ekаnligi ular bi r necha jihatga ega bo'lish lozimligini ta'kidlaydi, ya'ni: “ - o'z haq-huquqini taniydigan bo'lsin, buning uchun kurashsin; - o'z kuchi va inkoniyatlariga tayanadigan bo'lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko'rsin...” degan fikrlarni aytib o'tgan.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!
Barkamol inson tarbiyasida boshlang'ich sinf o'qituvchilariga katta ma'sulyat yuklaydi.
Boshlang ‘ ich sinf matematika darslarini fanning oxirgi yutuqlaridan foydalanib tashkil etishda, kam vaqt va kam kuch sarflagan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o ‘ zlashtirish imkonini beruvchi bu jarayonda o ‘ qituvchi va o ‘ quvchi faol sub’ekt sifatida qatnashadilar. Dars jarayonida o ‘ qituvchi muammoli vaziyatlardan, didaktik o ‘yinlardan, darsning samarali yangi usullaridan hamda axborot va kompyuter texnologiyalaridan etarli darajada foydalanmas ekan, o ‘quvchi uchun uning darsi zerikarli bo ‘lib qolaveradi.
6-10 yosh- bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang ‘ ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang ‘ ich ta’lim metodikasining vazifalaridan biri o ‘ qitishning etarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o ‘qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan talim-tarbiya boyicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur" ’.
Boshlang ‘ ich sinflarda matematika o ‘ qitishning maqsadlaridan biri maktab oldiga qo ‘ yilgan “ O ‘ quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish, ularda yuqori darajada ijtimoiy onglilikni shakllantirish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o ‘rgatish kabi vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iboratdir. Shunday qilib boshqa har qanday o ‘ quv predmeti kabi, matematikaning boshlang ‘ich kursi ham ta’limiy, ham amaliy vazifalarni hal qilishi kerak.
Shu munosabat bilan biz bitiruv ishimizni umumta’lim maktabi va o ‘ rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanini o ‘qitishning hozirgi davrdagi dolzarb masalalardan bo ‘ lgan boshlang ‘ ich sinflarda son tushunchasini shakllantirishda o ‘ qitishni uslubiy jihatdan takomillashtirishga bag ‘ ishladik.
Mavzuning dolzarbligi: Bolalami 6-7 yoshdan o ‘qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o ‘rganish, qo ‘shish va ayirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (yuz ichida)-boshlang ‘ ich ta’limning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Biroq bu yagona vazifa bo‘lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o ‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama sanoqqa tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo ‘ lib qoladi. U uchta asosiy yo‘l bilan belgilanadi:

  1. pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo‘llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash

  2. matematika yo ‘li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni , eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o ‘rganishga tayyorlash orqali.

v ) Bolalarni matematikani o ‘ rganishga tayyorlashda, ishni boshlashda yangicha yechim orqali.
Bugungi kunda asoslanishi lozim bo'lgan holat-o'quvchiga pedagogik yordam ko'rsatish va o'quv biluv jarayonida uni pedagogik qo'llab quvvatlashning qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir.
Mavzuni o ‘ rganilganlik darajasi : Shu kungacha mavzuga xos ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. L.P.Stoylova, A. M.Pishkalo, N.U.Bikbaeva, L.SH.Levenberg, M.E.Jumaevlarning ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarida o rganilayotgan ish yuzasidan bir qancha tadqiqotlar qilingan bo ‘ lsa-da, aynan hozirgi kun talabidan kelib chiqib, ushbu mavzuga oid yaxlit ilmiy ish olib borilmaganligi mazkur mavzuni alohida o ‘ rganishni taqozo etdi.
Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqot ishida boshlang ‘ ich sinf matematika darslarida to ‘ plamlar asosida o ‘ quvchilarda son tushunchasini shakllantirish, hamda bo ‘ lajak boshlang ‘ ich sinf o ‘ qituvchilarida o ‘ quvchilarga singdirilayotgan sonning butun tarkibini to ‘plam asosida bajarishlari kerakligini ongli tarzda tushunib etishlariga erishish ko ‘ zda tutilgan.
Tadqiqotning vazifalari:

  1. Son tushunchasini kiritish usullari ko ‘ riladi:

a )to ‘plam nazariyasi asosida (sanoq sonlar nazariyasi);
b) peano aksiomalari asosida (tartib sonlar nazariyasi);
v) miqdor tushunchasi asosida (miqdor sonlar nazariyasi).

  1. Sonlarni raqamlash metodikasini mazmun mohiyatini ilmiy hamda amaliy jihatdan asoslash.

  2. Arifmetik amallarni o‘rgatishda og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ishlab chiqish.

Tadqiqotning ob’ekti. Samarqand shahriga qarashli 64 umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
Tadqiqotning metodlari:

  • manbalarni o ‘ rganish,tahlil qilish, umumlashtirish

  • kuzatuv

  • suhbat

  • tajriba-sinov

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Son tushunchasini to ‘plamlar asosida kiritish.
Amaliy ahamiyati: Tadqiqot ishi maktabgacha ta’lim muassas alarida, maktab va kollejlarda, Boshlang‘ich ta’lim ixtisosliklari bo‘yicha o‘qituvchilari dastur, ma’ruza matn va metodik qo ‘ llanmalar tuzishda son tushunchalarini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining mazmuni:kurs ishida arifmetika haqida, haqiqiy
sonlar, natural sonlar, butun sonlar, o’nli sanoq sistemasi va raqamlar, arab raqamlari , rim raqamlari to’g’risida tushunchalar berildi. Katta sonlarning o’qilishi va yozilishi qulay jadval qilib berildi. Arifmetik amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) ga ta’rif berilib, ularni bajarish tartiblari ham sodda qilib ko’rsatildi. Shuningdek raqamlarning o’quvchi daftariga qanday yozilishi namuna qilib ko’rsatildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yoddan yecha olishi zarur bo’lgan 6 ta (noma’lum qo’shiluvchi, noma’lum kamayuvchi, noma’lum ayriluvchi, noma’lum ko’paytuvchi, noma’lum bo’linuvchi, noma’lum bo’luvchi) larni topish qoidalari aniq misollar yordamida berildi. Fanda o'qitish nazariyasi ushbu fanni o'qitish bo'yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Noma’lum qo’shiluvchini topishni uch xil usuli yechib ko’rsatildi. Sonlarni katta yoki kichikligini aniqlashda eng qulay chizma va qoidalardan foydalanildi. Tengsizliklar va ularni yechish, javoblarini yozish namunalari ko’rsatildi. Eng oxirida esa o’qishda va hayotda juda ko’p uchraydigan vaqt, uzunlik, massa, hajm va yuza o’lchov birliklari berildi. Hamda uy joy, tomarqa olishlarda, gulzorlar tashkil etishda eng katta yuzaga ega bo'lish va o'quvchi talabalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish usullari ko'rsatildi.



  1. Sonlar haqida umumiy tushuncha

Arifmetika-sonlar haqidagi fandir. “Arifmetika” degan nom “son” ma’nosini bildiradigan grekcha “aritmos” (boshqacha aytilishi “arifmos”) so’zidan olingan. Arifmetikada sonlarning eng sodda xossalari va hisoblash qoidalari o’rganiladi.

Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə