Fanning maqsad va vazifasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/23
tarix26.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#131124
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ҳай.морф.ишчи.даст.2016





Kirish
Respublikamizda zootexniya mutaxassislari tayyorlash “ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dan kelib chiqqan holda olib borilib, talabalarga yuksak bilim berish va ularni taraqqiy etgan mamlakatlar mutaxassislari bilan raqobatlashish darajasida tayyorlash va talabalarga chuqur bilim berish ko’zda tutiladi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Zootexniya” ta’lim sohalarida o’qitiladigan "Hayvonlar morfologiyasi" fani dasturi zootexniyada zarur bo’ladigan: hayvonlar anatomiyasi, sitologiyasi, gistologiyasi va embriologiyasi tushunchalarini o’z ichiga olgan bo’limlaridan tashkil topgan.

Fanning maqsad va vazifasi.


Fanning maqsad. “Hayvonlar morfologiyasi” fanining maqsadi va vazifalari, mutaxassis tayyorlashda, chorvachilikni rivojlantirishda ahamiyati kattadir. Hayvonlar morfologiyasi – xayvon organizmining paydo bo’lishi, xujayra va to’qimalarning taraqqiyoti, organlarning hosil bo’lishi, anatomik tuzilishi, fiziologik xususiyatlarini ekologik muhit ta’sirida to’qima va organlarning funksional o’zgarishlarini o’rganadigan fandir.
Talabalarga xujayra, to’qima va organlarning mikroskopik hamda submikroskopik tuzilishini, bu tuzilmalarning embrional taraqqiyot jarayonida o’zgarishlarini o’rgatish.
Bu esa mutaxassisni shakllantirishda fundamental fan bo’lib, fiziologiya, biokimyo, akusherlik, oziqlantirish, xususiy zootexniya, zoogigiyena, va boshqa fanlarni o’rganishda asos xisoblanadi.
Fanning vazifalari. “Hayvonlar morfologiyasi” fani biologik fanlar jumlasiga kirib, organizm taraqqiyoti va tuzilishini zamonaviy konsepsiyalarga asoslangan ma’lumotlar asosida o’rganiladi. Organ, to’qima va hujayralarning tuzilishi va ularning maxsuli organizmning biologik xususiyatlari, xosil bo’lgan sistemalarning o’zaro bog’liqligi, individual va tarixiy taraqqiyot jarayonlarida kechadigan murakkab o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan organizmning tub moxiyatini morfologiya fani ochib beradi va zarur bo`ladigan tayanch bilimlarni beradi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə