Fanning maqsad va vazifasi


Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/23
tarix26.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#131124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ҳай.морф.ишчи.даст.2016

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar:
Talabalar “Hayvonlar morfologiyasi” fanini o’rganish jarayonida - organlarning joylashishi (topografiyasi), tanani qismlarga bo’linishi, o`lik xayvonlarni anatomik kesib preparovka qilish, ichki organlarning rangi, shakli va joylashishi, to’qima va xujayralarning mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishlarini umummorfologik uslublardan foydalanib o’rganishi va uni amalga oshirish uchun quyidagi umum biologik ma’lumotlar bilan tanishadilar va “Hayvonlar morfologiyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida “Zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti, “Zotexniya” va “Zootexniya kasb talimi” bakalavr yo’nalishi talabalari bilishi va o’zlashtirishi kerak:
- makroskopik va mikroskopik anatomiya fanini o’rganish obekti, zootexniya soxasidagi tutgan o’rni;

  • hayvonlar organizmini tashkil qiluvchi to’qimalar, to’qimalar tarkibidagi hujayraviy va hujayramas tuzilmalarni;

  • otalangan tuxum hujayra (zigota) dan yangi organizm hosil bo’lishini;

  • hujayralar va to’qimalar taraqqiyotining barcha bosqichlari, ularning tuzilishi, normal yashashi va faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sharoitlarni;

  • organ (a’zo) lar, organlar tizimlarining biologik, anatomo-gistologik tuzilishining qonuniyatlari, embriogenezda o`larning hosil bo’lishi va rivojlanishini;

- organizmning bir butunligi bilishi va tashqi ekologik muxitga bog’liqligini o’rganishi;
- organizmning tuzilishiga ta’sir kursatadigan evolyutsion omillar o’zgaruvchanlik, fenotip, genotip, zot, tur, yoshga bog’lik tafovutlarning ahamiyatini gnetika faniga bog’liq xolda o’rganish;

tuzilmalari haqida tushunchaga ega bo’lish.
- to’qima va organlarning taraqqiyoti xamda tuzilishida norma, o’zgarish variantlari va boshqa fiziologik xolatlarning ahamiyatini mikroskopik usulda o’rganish;
- zootexniya kasb talimida - mutaxassislarining shakllanishida, chorvachilikning rivojlanishi, inson salomatligi va tabiatning ekologik xolatini saqlashda makro va mikroanatomiya fanlarining tutgan o’rni bilishi;
- xayvon organizmining taraqqiyoti, tuzilishi va morfofunksional xususiyatlariga ta’sir qiluvchi ekologik, ichki va tashqi omillar tasurotlarini bilishi va tasavur qila olishi;
- filo - ontogenez haqida tushuncha, uning qonuniyatlari va hayvonlarning individual va tarixiy o’zgaruvchanligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni chuqur bilishi;
- morfologiyadagi xozirgi zamon ilmiy-tadqiqot uslublari va ularni chorvachilikdagi rivojlanishini adabiyotlar, internet malumotlar asosida o’rganish;
- xalqaro anatomik va gistologik nomenklaturaning “Zootexnik injener” va “Zootexnik pedagog”mutaxassislarini shakllanishida tutgano`rnini bilish.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə