Fanning maqsad va vazifasi


O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/23
tarix26.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#131124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ҳай.морф.ишчи.даст.2016

O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
“Hayvonlar morfolgiyasi” fani biologiya fanining bir yo’nalishi bo’lib, o’quv rejadagi “Hayvonlar anatomiyasi”, “Hayvonlar fiziologiyasi”, “Ginetika”, “Biologik kimyo”,”Akusherlik”fanlariga uzviy bog’liqdir. Fanni o’rganishda Umumtalim, akademik lisey va kasb-hunar kollej" larida “Botanika”, “Zoologiya”, va “Kimyo”fanlaridan olgan bilimlari “Sitologiya, gistologiya va embriolgiya” fanining asosini tashkil qiluvchi – gistologiya, hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi va genetika fanlari bilan birgalikda zootexniyaning bazasini tashkil etadi.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog`liq; ta’lim sifatini belgilovchi xolatlar qo`yidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan, fikirlashtiruvchi muammolarni talabalar oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish talab qilinadi.
“Hayvonlar morfolgiyasi” kursini o’rganishda qo`yidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yunaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z moxiyatiga ko`ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa fanni o’zlashtirishda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogliq o’qish maqsadidan kelib chiqqan xolda yondoshishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini uzaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yunaltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv.Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va ko’rsata bilishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baxolashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim.Ta’lim mazmunini muammoli tarzda talqin qilish asosida ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni xal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllaitirish va rivojlaitirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qullashni va mustaqilijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari vausullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo`llash.
O’qitishning usullari va uslublari. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va labarator va mustaqil ishlash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot xamkorlik va uzaro urganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o`qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni), gisto preparatlarni mikroskoplarda o’rganish, rasmlar chizish bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-surov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’ulot bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashgulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baxolash: belgilangan o’quv yili davomida, o’quv mashg’ulotlarida bilim berish va talabaning bilim olish natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. O’quv yili oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
"Hayvonlar morfologiyasi" fanini o’qitish jarayonida elektron variantdagi gistologik preparatlar, mikroskopiya, anatomik va patanatomik preparatlar, rangli jadvallar va rasm chizish usullaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular buyicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. "Internet" tarmogida fanga taluqli malumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi xamda tayanch so`z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
Hayvonlar morfolgiyasi" fanidan 5410600 - Zootexniya (tarmoqlar bo’yicha) mashg’ulotlarning mavzulari va soatlarinitaqsimlanishi:


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə