O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 423,1 Kb.
səhifə1/5
tarix26.09.2017
ölçüsü423,1 Kb.
#1918
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
OLMON TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

5141400 xorijiy tillar va adabiyoti (olmon tili) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun 403-A guruh talabasi Maftuna Boyqo’ziyevaning “Kasb-hunar kollejlarida chet tili o’rgatishda kasbiy yo’nalishlarini hisobga olish masalalari”

(terminologik minimumlar asosida ) mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbari: dots. T. Nurmatov

Andijon 2012



I.Kirish
1.1.Mavzuning dolzarbligi

1.2.Mavzuning ishlanganlik darajasi

1.3.BMI ning amaliyotda ishlanganligi

1.4. BMI ning maqsad va vazifalari

1.5. BMI ning metodologik asosi

1.6. BMI ning bajarishida metodik tavsiyalar
1.7. BMI ning ilmiy yangiligi

1.8. BMI ning amaliy ahamiyati

1.9. BMI ning strukturasi
II.Asosiy qism

2.1.Kasbiy ta’lim yo’nalishlarida ta’limni rivojlantirish muammolari

2.2. Kasb-hunar kollejlarida chet tilini o’rgatishda lug’atlardan foydalanish usullari

2.3. 1.2.3. Bosqich kasb-hunar kollejlari uchun ajratilgan leksik minimumlar taxlili
III. Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar
I.KIRISH
1.1. Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha javhalarini rivojlantirishga, ayniqsa, yosh avlodni milliy tiklanishni mafkurasi ruhida tarbiyalashda juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish, o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz o’zining “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida shunday deb ta’kidlaydi: “Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahraman qilish haqiqiy vatanparvar haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, avvalo tarbiyachilarning o’zi ana shunday talabalarga javob berish, ana shunday fazilatlarga ega bo’lish kerak. Bu tezis, o’z navbatida, o’qituvchi-tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy vazifalar egasi bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi oldiga qo’yilgan vazifalarning o’ta murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda sharaflidir”1.

Rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan Respublikamiz, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg’or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilimoqda. Hozirgi paytda oliy ta’lim muassasalarida va axborot kasb-hunar kollejlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash va zamonaviy o’quv – uslubiy majmualarni ishlab chiqish muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirishmoqda shuningdek, ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning kasbiy ta’lim tajribalaridan foydalanilmoqda, ushbu ishlarni amalga oshirish ta’lim sohasida xalqimizning boy merosi, buyuk mutafakkirlarimizning g’oyalari va davrimizning ilg’or yangiliklarini o’zida mujassamlashtirgan metodik tizimning yaratilishiga asos bo’lmoqda.

“O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’zda tutilgan asosiy vazifalardan biri ta’lim tizimini zamonaviy o’quv adabiyotlari va yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashdan iboratdir o’qitish jarayonining vazifasi ta’lim-tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim oluvchilarning qobiliyati bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy bilimlarini chuquralshtirish muammosi bunday ham muhimroq, bu xusisiyatlar kelajakda ta’lim oluvchilar qobiliyatini rivojlantirishda o’z kasblariga qiziqish va mas’uliyatni oshirishga yordam beradi”2.

O’qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini oshirish muammosi murakkab va ko’p qirrali, shuning uchun ta’lim oluvchilarining ilmiy–nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo’lgan qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ayniqsa, kasb – hunar kollejlarida o’qitish jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini oshirish va ularning amaliy ko’nikma malakalarini shakllantirish uchun ta’lim jarayoniga yuqori darajali malakaga ega bo’lgan pedagoglar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi va ularning ishlash tamoyillari bilan tanishtirish zarur, shunda, kasb–hunar kolljeklarining yo’nalishi va ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ta’lim tizimi ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’lanish lozim. Buning uchun kasbiy ta’lim o’qituvchilari maxsus fanlarni o’qitish uslubiyatini, kasbiy pedagogik mahoratini va amaliy ko’nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Hozirgi kunda kadrlar tayyorlash milliy dasturimizda va jahon andozalariga moslashish ehtiyojidan kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim o’qituvchi kadrlarning asosiy qismi yangi texnik va texnologiyani chuqur bilish hamda tahlil qila olishi yangilik yaratish darajasiga ega bo’lish juda muhim. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va faol ta’lim omillaridan foydalanish yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tatbiq qilish talablarini ko’proq mustaqil ishlashga undash ilg’or tajribalardan saboq berishning turli yo’llardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yana bir mihim jihati, kasb – hunar kollejlarida ta’lim olayotgan, bilim va ko’nikmalari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallashlari uchun maxsus fonlarini o’qitishni samarali tashkil qilishdan iboratdir.

“O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyolash Milliy dasturi, “O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risida ” gi qonunlarining qoidalariga muvofiq holda milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy siyosiy hayotida mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal erishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir”.1

Maxsus dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demakratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratishdir.

Prezidentimiz “Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot yo najot, yo halokat, yo saodat,yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman” deganlar.2 Chunki, ta’lim – tarbiya ong maxsuli lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan amaldir.

Binobarin, ta’lim tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni qurib bo’lmaydi”.

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng xorijiy mamlakatlar bilan bo’lgan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarning o’sishi xorijiy tillarni o’rganishda bo’lgan extiyojini keltirib chiqardi. Bu esa o’z navbatida o’quv dasturlariga o’zgartirishlar kiritishni til o’rgatishni yangi samarador usullarini ishlab chiqishni hamda turli kasb-hunar kollejlarida xorijiy til o’qitish darslarini tashkil qilishning avvaldan qo’llanib kelayotgan usullardan o’zgacharoq bo’lgan yanada samaraliroq shakllarini topishini talab etmoqda.

Til o’rgatish bilan bog’liq bo’lgan zamon talabi keng jamoatchilikning ham xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan munosabatini o’zgartirib yubordi, hozirgi paytda xorijiy (chet) tillaridan nemis, ingliz, fransuz tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqish tabora ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida nemis tili o’rgatishning kichik yoshdagi bolalarni o’qitishdan boshlash kerakligini, hamda chet tili o’qitishning jadallashgan usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Yana shuni ham aytib o’tish joizki, Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi, xorijiy (chet) mamlakatlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonolari firmalari savdo yarmarkalarining keng miqyosida tashkil etilishi va tijorat ishlarining yo’lga qo’yilishi tadbirkor va ishbilarmonlarimizning xorijga tez-tez borib turishlari ham xorijiy tillarni bilish bilan bog’liqligi hech kimga sir emas. Tilning o’rganish jarayoni murakkabdir.

Til o’qitishning jadallashgan (intensive) usullarini amalda qo’llashga bo’lgan xarakat anchagina o’sdi va bunda bir qancha ijodiy natijalarga erishildi. Zamonaviy usullar pedagogika, psixologiya va lingvistika qonuniyatlari asosida yuzaga keldi va ushbu fanlardagi har qanday yangilik til o’rgatish usullarrini yanada samarali qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

(Ushbu usul chet tilidagi nutq faoliyatini shakllantirishning va o’stirishning ilmiy jihatdan asoslangan manbalariga suyangan holda ish olib boradi).

“Mamlakatimiz Prezident I.A. Karimov 2010-yil dekabr oyida Samarqand viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida qilgan nutqida chet (xorijiy) tillarning vatanimiz ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotidagi rolini alohida ta’kidlab o’tdi. Chet tillarini o’qitish jarayonini yangi sifat bosqichini tashkil etish va amalga oshirish boyicha qator qimmatli fikr mulohazalarini bildirdi va topshiriqlar berdi. Bugungi talab chet tillarini, kompyuter texnologiyalarini mustahassisligi bo’yicha mukammal bilim va malakalariga ega, jahon andozalari darajasida erkin va ijodiy fikrlay oladigan yuksak ma’naviy jihatlarga ega fidoiy mutahassislar tayyorlashdir. Globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda xorijiy tillarni mukammal o’rgatishga talab va qiziqishlarning kundan-kunga ortib borayotgani tabiiy hol albatta”.3

O’zbekiston Respublikasining jahon miqyosida obro’-e’tibori ortib uning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy aloqalari kundan-kunga kengayib borayatganligi chet tilini o’rganishga bo’lgan talabni ham tabora kuchaytirmoqda. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohatlar chet (xorijiy) mamlakatlar bilan diplomatik, savdo-sodiq, sayyohlik va madaniy aloqalarning rivojlanishi xalq xo’jaligining har qanday sohasida band bo’lgan kishilardan hech bo’lmaganda bir-ikki chet tilni bilishni taqazo etmoqda.

1.2. Mavzuning ishlanganlik darajasi. Amaldagi dasturga muvofiq xorijiy tillarni o’qitish kursi kasb-hunar kollejlarida uch bosqichga bo’linib, ular o’rtasida uzviy bog’liqlik bo’lishi zarur. Birinchi bosqich o’z ichiga o’quv yilining birinchi semesterdagi 36 soat auditoriya mashg’uloti va ikkinchi semesterda ham 36 soat auditoriya mashg’ulotini o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich tarkibida 3-4-semesterlardagi 68 soat majburiy mashg’ulotlar kiradi. Uchunchi bosqichda 5-6 semesterlardagi 56 soat majburiy mashg’ulotlar nazarda tutilgan. Ta’lim kursi 6-semesterda davlat attestatsiyasi bilan yakunlanadi.

G. Pan, SH. Karimov, D, Ismatillayeva “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma” T. 2007 Dadaxodjayeva M.S. S.D. Novikova, S.A. Ziyayeva “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma” T. 2007 bular 1-2-3 bosqich kollejlar uchun maxsus o’quv qo’llanmalari ishlab chiqqanlar.4



1.3. BMIning amaliyotda ishlanganligi. Bitiruv malakaviy ishi materiallari va bu ish davomida chiqarilgan xulosalar Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti nemis tili yo’nalishi 4-bosqich talabalari Boyqo’ziyeva Maftuna va Sobirova Muxayyo Axmadaliyeva Shaxlo muallimlik amaliyoti davomida Farg’ona viloyatlari va shaxarlarida joylashgan kollej va maktablarda amaliyotga tadbiq etildi.Bunda men Farg’ona viloyati O’zbekiston tumaniga qarashli 37.umumta’lim maktabida amaliyot o’tadim. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir pedagog o’zining metodik mahoratiga asoslanib amaliyot o’taydi. Men o’zim dars bergan 8 9 sinflarda o’quvchilarning chet tiliga bo’lgan qiziqishlarini ko’rib, o’zimda, bu sohaga bo’lgan qiziqishim yanada ortdi.Yanada ko’proq o’zim ustimda izlanishga, yangi yangi ma’lumotlar topishimga va o’zimdagi barcha bilimlarni o’quvchilarga berishga harakat qilaman.

1.4. BMIning maqsad va vazifalari. Til bevosita tafakkur bilan chambarchas bog’liqdir. Tafakkur faqat insonga hosdir. U kishilarning mehnati va nutq faoliyati bilan bog’liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi.

Til kishilarning bir –birlarini bilishlari do’stlashishlarida beboha vosita ekanligini yana bir bor aytish mumkin. Maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida ikkinchi til tushunchasi, o’zbekcha o’qiydiganlar uchun rus tili, ruscha ta’lim oluvchilar uchun o’zbek tili demakdir.

Chet tili bu chet (xorijiy ) mamlakatlari tilidir. Respublikamizda g’arbiy yevropa va sharq tillari o’qitilmoqda.

Chet (xorijiy) til o’qitishdan asosiy maqsad, xorijiy tilni amaliy egallash o’zgalar nutqini tushunish va o’z filrini erkin bayon etishdir. Xorijiy tilni o’rganishning axamiyati juda katta. Chunki boshqa xalqlar bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirish, o’zbek tilida yaratitilgan asoslarni xorijliklarga tanishtirishda til bilishlik muhim ro’l o’ynaydi. Ayniqsa chet mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy aloqalar o’rnatishda, vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shishda tilning o’rni beqiyosdir. Biz hozir XXI asr ya’ni “axborot texnologiyalar ” asrida yashamoqdamiz. Kompyuter texnologiyalari va xorijiy tilni bilmay turib yetuk mutaxassis bo’lish va vatan ravnaqiga hissa qoshish qiyin.

“Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro’yobga chiqariladi. Bunda birinchi bosqich 1997 – 2001 yilni, ikkinchi bosqich 2001-2005 yilgacha, uchunchi bosqich esa 2005 yil va unda keyingi yillar o’z ichiga oladi, shundan biz uchunchi bosqichda ta’lim muassalarini resurs kadrlar va axborot bazalari yanada mustaxkamlanadi, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq taminlanadi “milliy” (elita) oliy ta’lim muassalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi”1.

Kasb-hunar ta’limi muassasalarini mustaqil faoliyat yuritishi va o’zini-o’zi boshqarish shakllari mustaxkamlanadi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzliksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinadi deyilgan maskur bosqichda. Bunda uzluksiz ta’lim mohiyati - kadrlar tayyorlash tizimining asosidir. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni taminlovchi shaxs, jamiyat va davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy extiyojlarini qonduruvchi ustuvor sohadir. Uzliksis ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakaviy raqobatbardosh kardlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Uzliksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim istandartlari asosida, turli darajalarida ta’lim dasturlarining izchiligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

Maktabgacha ta’lim;

Umumiy o’rta ta’lim;

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

Oliy ta’lim;

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta toyyorlash;

Maktabdan tashqari ta’lim

Shundan, o’rta maxsus kasb- hunar ta’limi

Umumiy o’rta ta’lim negizida muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzliksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turidir. O’rta maxsus kasb–hunar ta’limi yo’nalishi, akademik litsey yoki kasb-hunur kolleji o’quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.



Sharx; akademik litsey- davlat ta’lim standartiga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beradi. O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual kasbga yonaltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Kasb-hunar kolleji - tegishli davlat standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi beradi. O’quvchilarning, kasb-hunarga moyilligi , bilim va ko’nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir nechta ixtisoslikni egallash imkonini beradi.

Tilning vazifasi shulardan iborat. Xozirgi paytda til o’qitish uslubiyati fanni oldiga qo’yilayotgan vazifalaridan biri bu tilni aloqa vositasi sifatida o’rgatishdan iboratdir. Darxaqiqat, avval til o’qitishdagi asosiy vazifa tilni sistema sifatida o’rgatishdan iborat bo’lgan hozirda esa tilni aloqa vositasi sifatida o’rgatishda zarurati va shu bilan bog’liq talab kelib chiqmoqda.

Masalan Kopushanskiy G.V ning fikricha til o’qitishning jadallashtirilgan Yani “intensiv” usuli o’zida xos usul bo’lib, u til materialarini tanlash va o’qitishni tashkil qilishda nutqiy materialga hamda til materialiga alohida munosabatni ishlab chiqdi. Intensiv metod bilan ishlashdagi eng muhim til o’rganuvchiga bo’lgan munosabatlar, uni oddiy ya’ni an’anaviy o’qitish jarayonida foydalanilmay qolayotgan ichki imkoniyatlaridan, shaxsning xissiyoti, qiziqishiga asoslangan kechinmalaridan to’laroq foydalanishga qaratilgan faoliyatdir.



1.5.BMIning metadalogik asosi. “Avvalo shu takitlash joizki, bundan 15 yil oldin qabul qilingan ‘‘Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi’’ deb nom olgan ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma –bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohatlarning biz tanlagan “O’zbek mo’deli ” o’z taraqiyot yo’limizning ajralmas tarkibi qismidir. Unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustaxkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur hayotda o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy girajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan, har tamonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi”.5

Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy-majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelining prisipial xususiyati shundaki, umuta’lim maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb – hunur kollejlari va akademik litseylarda taxsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozarida talab qilinadigan ikki- uchta mutaxasislik bo’yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. Shu bilan birga, yana bir jihatni nazarda tutish lozim. Ya’ni, bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan dastur bu boshqa modellarni qandaydir takrorlash yoki ulardan nusha ko’chirish emas. Aksincha, birinchi navbatda ,rivojlangan demokratik davlatlarda to’plangan tajribani o’zida mujassam etgan va ayni payitda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan dasturdir.



1.6.BMIning bajarishida metodik tavsiyalar.Bu degani, o’qituvchi va tahsil oluvchilarning yagona maqsadga erishish borasidagi o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlardir. Chet tilini o’rgatish jarayoni murakkab va ko’p qirrali bo’lib,nihoyatda xilma –xil va turli harakterdagi omillarga bog’liq. Shuning uchun biz pedagoglar talabalarga chet tilini o’rgatishda turli metodlardan foydalanamiz.Masalan; Tasviriy metod -bu metod asosida tilning fonemalar sistemasi, morfema tuzilishi, gramatik kategoriyalar, so’z manolari va gap turlari o’rganiladi, tahlil qilinadi, tilning ichki qurilishi, til sistemasini tashkil etgan elementlar orasidagi munosabatlarni o’rganishga katta e’tibor beriladi. Kommutatsion analiz metodi- bu metod til birliklaridan mazmn plani va ifoda plani munosabatlarini o’zaro almashtirish jarayonida ularni tovush birliklaridan ajratishni o’zining asosiy maqsadi qilib qo’ygan. Bunga nemis tilida Tuch-Buch, o’zbek tilida esa yur-yuz-yut so’zlarining boshi va oxiridagi tovushlar almashtirilsa, boshqa so’zlar hosil bo’ladi. Transformatsion analiz metodi –bu metod hozirgi zamon tilshunosligida xususan, sintaktik va stilistik tadqiqotlarda eng ko’p qo’llaniladigan metod hisoblanadi.masalan; nemis tilida las- hat gelesen-von j-m wurde gelesen, o’zbek tilida esa o’qigan, o’qib chiqgan, tamoman o’qib bo’lgan bo’ladi.

1.7.BMIning ilmiy yangiligi. Bu degani, har bir kollej ya’ni pedagogika,meditsina,yengil sanoat, sanoat qishloq xo’jaligi, bank-iqtisodiyot kollejlari uchun alohida soha lug’atlari ishlab chiqilishi kerak. Shunga asosan biz quyida yani asosiy qismda pedagogikaga oid, sanoat qishloq xo’jaligiga oid va meditsinaga oid terminologik lug’atlar va maqollar berdik. Shundan kelib chiqgan holda ko’plab lug’atlar ishlab chiqarilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.

1.8.BMIning amaliy ahamiyati. Bunda kollejlar va akademik litseylar uchun alohida soha minimumlari shuningdek, har bir kollej sohasi uchun alohida lug’atlar 6tuzilsa ,u bir tilli bo’ladimi yoki ko’p tilli bo’ladimi shunga qarab talabalarning og’zaki va yozma bilim saviyasi rivojlanadi. Quyida yani asosiy qisimda so’zlarni quriq yodlab emas, balki harakatlari orqali ifodalanishini va sanoat qishloq xo’jaligi to’g’risida shuningdek, meditsina sohasi bo’yicha terminologik minimumlar berganman.Yana “Biz ta’lim tizmida o’quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko’nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlarida tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi kunda dunyoda ro’y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yagilik va o’zgarishlardan atroflicha habardor bo’lishi, jahondagi ulkan intelektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o’rganishlari uchun katta ahamiyat berilmoqda”5
Yana shuni qayt etish kerakki, O’zbekistonda ta’limning barcha bosqichlari uchun o’quv dasturlari ko’p million nusxada darsliklar va o’quv qo’llanmalari chop etilmoqda, o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiyalari va interfaol usullari keng qo’llanilyati. O’quv yurtlarida turli o’quv adabiyotlari fondida jumladan elektron shakldagi qo’llanmalarga ega axborotlar resurs markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bularning barchasi yoshlarga sifatli, chuqur va har tomonlama bilim olish uchun sharoit yaratilmoqda.

1.9.BMIning strukturasi. Bitiruv malakaviy ishim uch

qismdan iborat bo’lib, bunda birinchi qism Kirish bo’lib,unda mavzuning dolzabligi, mavzuning ishlanganlik darajasi, BMIning amaliyotda ishlanganligi,BMIning maqsad va vazifasi, BMIning metadalogik asosi, BMIning bajarishda metodik tavsiyalar, BMIning ilmiy yangiligi, BMIning amaliy ahamiyati, BMIning strukturasi berilgan. Ikkinchi qism Asosiy qism bo’lib, unda Kasbiy ta’lim yo’nalishlarida ta’limni rivojlantirish muammolari; Kasb-hunar kollejlarida chet tilini o’rgatishda lug’atlardan foydalanish usullari; 1-2-3-bosqich kasib-hunar kollejlari uchun ajratilgan leksik minimumlar tahlili kabi mavzular kengaytirilib, batafsil yoritib berilgan, bunda yana yangi terminologik lug’atlar ham berilgan.Uchinchi qismda esa Xulosa berilgan bo’lib, unda yuqoridagi mavzularga asosan yahlit fikirlar mujassamlashtirilgan.So’ngra Foydalangan adabiyotlar ro’yhati berilgan.

2.1.I.BOB. KASBIY TA’LIM YO’NALISHLARIDA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
Kasb-hunar kollejlari jihoslanganlik darajasi pedogogik tarkibini tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil etilish jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.

Akademik litseylar va kasb – hunar kollejlarida ta’lim olish o’quvchilarga o’z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklarga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Ma’lumki iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlanib borishini e’tiborga olgan holda o’rta mahsus kasb-hunar ta’limini tayyorlov yo’nalishlari va ixtisosliklar, tasniflariga binoan kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim: gumanitar fanlar va san’at ijtimoiy fanlar, biznes va qurilish tarmoqlari; qishloqxo’jaligi; so’gliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot va xizmatlar kabi 8 ta bilim sohasi bo’yicha 300 dan ortiq tayyorlov yo’nalishlari uchun kichik mutaxassislar tayyorlash amalga oshiriladi.

Kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va rivojlantirish shart-sharoitlari, kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va rivojlantirish shart – sharoitlari quyidagilardan iborat:

Kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatishining me’yoriy asoslarini takomillashtirish va joriy etish;

Kasb – hunar kollejlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash;

Davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

Kasb-hunar kollejlari uchun umumta’lim va kasb-hunar dasturlari, o’quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

Geografik – demakratik sharoitlar va mutaxassislarga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olib, kasb – hunar kollejlarini tashkil etish va ularni imkon qadar oilasidan ajratmay qamrab olish;

Kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash va boshqalar.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. Kasb-hunar ta’limini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi”*.

Kasb–hunar ta’limining uzliksizligini ta’minlash;

Kasb–hunar ta’limi uchun pedagogik va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, isloh qilish va takomillashtirish;

Kasb–hunar ta’limida samarali ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni amalgam oshirish;

Kasb-hunar ta’limida iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash;

Kasb – hunar ta’limi tizimini oqilona boshqarish;

Kasb-hunar ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;

Kasb-hunar ta’limi tizimini yetarlicha moliyalash;

Kasb – hunar ta’limining moddiy-texnika taminotini yaratish;

Kasb-hunar ta’lim tiziminining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;

Kasb –hunar ta’limi xizmat ko’rsatish bozorini rivojlantirish;

Kasb- hunar ta’limining ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash;

Fan bilan kasb-hunar ta’limi jarayoni aloqadorligini rivojlantirish;

Ishlab chiqarish va kasb-hunar ta’limi integratsiyasini rivojlantirish;

Kasb – hunar ta’limi va karlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi muammolar kiradi.


Yüklə 423,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə