O’zbekiston Respublikasida soliqlar va yig’imlar tizimi



Yüklə 1,06 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#143114
БХА52 2 гур Ф Боймуратов Солиқ ва Солиққа тортиш (1)

O’zbekiston Respublikasida soliqlar va yig’imlar tizimi

  • BHА 52-2 guruh talabasi Boymuratov Farxod

Reja:

  • Soliq haqida umumiy tushincha.
  • 16-modda. Soliq va yig’imlar
    • 17-modda. Soliqlarning va yig’imlarning turlari

Nima uchun soliq to‘lash kerak?

Soliq to‘lash - bu hammamiz birgalikda tanlagan, davlatning ishlashini ta‘minlaydigan va har kimga ijtimoiy kafolatlar beradigan ijtimoiy shartnoma hisoblanadi.

  • Soliq to‘laganimizda, biz kelajak haqida, yaʼni farzandlarimizning kelajagini yaratamiz. 
  • O‘zbekiston umumiy iqtisodiyotini boshqarishga sarflanuvchi byudjet, ya’ni yo‘llar, shifoxonalar, maktablar va boshqa harajatlar soliq tushumlari hisobidan qoplanadi. Qolaversa, biz qiyin ahvolda qolganimizda, davlat to‘lagan soliqlar hisobidan bizga yordam beradi. Shu bilan birga, har birimiz umumiy pul miqdorining to‘planishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz juda muhimdir. Bu O‘zbekistonda iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasini ta‘minlash va qo‘llab-quvvatlashning yagona yo‘lidir.

Soliq Kodeksi 16-modda. Soliqlar mohiyati.

  • Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Soliq Kodeksi 16-modda. Yig’im mohiyati.

  • Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.

Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.

Soliqlar

Yig‘imlar

17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i;
  • aksiz solig‘i;
  •  foyda solig‘i;
  •  jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  • mol-mulk solig‘i;
  • yer solig‘i;
  • ijtimoiy soliq.

17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari

  • Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.

17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari

  • Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 600-son 6.01.2000
  • DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA
  • Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan
  • 5-bob 31-modda.

69-modda. Soliqlarning elementlari

  • Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.

70-modda. Soliq solish obyekti

  • Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.

70-modda. Soliq solish obyekti

  • Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi.
  • Etiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə