SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
446
ISSIQLIK HODISALARINI O‘QITISHGA OID UMUMIY METODIK TAVSIYALAR
Nabiyeva Firuza Odil qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya kafedrasi tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7164777
Annotatsiya.
Ushbu maqolada issiqlik hodisalarini o‘qitishga oid umumiy metodik
tavsiyalar, ta’limning ma’ruza usuli va uni tashkil qilish, Zakovat o’yini hamda kubik metodlari
bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Molekulyar – kinetik nazariya, termodinamika, issiqlik hodisalari,
temperatura, bosim, hajm, molekula, metod.
ОБЩИЕ МЕТОДИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОБУЧЕНИЮ ТЕПЛОВЫМ
ЯВЛЕНИЯМ
Аннотация.
В данной статье изложены общие методические рекомендации по
обучению тепловым явлениям, лекционный метод обучения и его организация,
интеллектуальная игра и кубические методы.
Ключевые слова:
молекулярно–кинетическая теория, термодинамика, тепловые
явления, температура, давление, объем, молекула, метод.
GENERAL METHODOLOGICAL RECOMMENDATIONS FOR TEACHING
THERMAL PHENOMENA
Abstract.
this article describes general methodological recommendations on the teaching
of thermal phenomena, the lecture method of education and its organization, The Game of
intelligence and cubic techniques.
Keywords:
Molecular – kinetic theory, thermodynamics, thermal phenomena,
temperature, pressure, volume, molecule, method.
KIRISH
Jamiyatning zaruriy ehtiyoji hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimini yangicha ko‘rinishda va
yangicha mazmunda amalga oshirilishi, ya’ni dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot
texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali ta’lim samaradorligiga erishish davr talabidir.
Darhaqiqat, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshqa fanlar kabi fizika fanida
ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan informatsiya hajmi kengayganligi tufayli o‘quv
materialini
yanada umumiyroq fizik prinsiplar va metodlar atrofida birlashtirish, bilimlarni o‘zlashtirish
yo‘llarini topish muammosi paydo bo‘lmoqda.