“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-1, May - 2022
136
FIZIKADA DARSLARIDA INNOVATSION METODLARNI
QO'LLASH
Shoira Ibrohimova Samiyevna
Samarqand viloyati Payariq tumani 92-maktab fizika fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fizikani o'qitishda
zamonaviy innovatsion
metodlarni qo'llashning ahamiyati va afzalliklari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar:
Axborot, texnologiya,
kompyuter, model, jarayon, tamoyil,
dastur, harakat, taqdimot, audio, video, annimasiya.
Fizika fanini ko’pchilik qiyin fanlar sarasiga kiritishadi. Qiyin fan yoq, faqat
qiyin bayon qilish bor deb bejizga aytilmagan. Hozirgi kunda ilg’or pedagogik
texnologiya elementi bo’lgan interfaolusullardan keng foydalanilmoqda. Agarda
fizika darslarida interfaol metodlardan foydalanish samaradorlikni va
o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Interfaol –inglizcha“inter”
so’zidan olingan bo’lib, “orasida” , “o’rtasida” degan ma’noni anglatadi, ya’ni
ikki o’qituvchi va o’quvchio’rtasidagi faollik degan ma’noni bildiradi.
Interfaol
metod –ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni
oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy
sifatlarini rivojlantirish. Ta’limda interfaol metod –bu o’quvchi bilan o’qituvchi
o’rtasida ta’limni o’zlashtirish
munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish
demakdir. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida
dars samaradorligini
oshirishga yordam beradi. Ular o’quvchilarni mustaqil fikrlashga
undaydi.Interfaol degani bu -berilgan mavzuni o’qituvchi va o’quvchilar orasida
o’zaro hamkorlik asosida
dars samaradorligini oshirish, mustaqil fikr berish
ko’nikmasini
shakllantirish, fikr-mulohaza, bahs orqali o’rganish demakdir. Har
bir o’quvchi qo’yilgan maqsadga mustaqil o’zi faol
ishtirok etgan holda yakka,
juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so’zga chiqadi,